51
rangi bilan boshqa minerallardan ajralib turadi. Bu guruh minerallaridan tabiatda
eng ko’p uchraydiganlari gips va angidriddir.
Gips
– asosan oq rangda bo’lib, tarkibida qo’shimcha moddalar bo’lgan
taqdirda uning rangi o’zgaradi. Yaltiroqligi shishasimon, yorqin tovlanib turuvchi,
tolasimon, gohida xira yaltiroqlikka ega, ulanish tekisligi mukammal, qattiqligi 1,5
– 2, zichligi 2,3 gr/sm
3
. Gips dengiz,ko’llarda sho’r suvlardan tuzlarning cho’kishi
yo’li bilan hosil bo’ladi. Gips suvda eriydi va cho’kindi tog’ jinslarida qavat
shaklida ohaktosh, gilli slanetslar oralig’ida uchraydi. Gips sement sanoatida va
bog’lovchi olishda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: