Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet348/781
Sana06.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#321685
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   781
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

242

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

siyosat qonun ijodkorligiga tatbiqan differensiatsiyalashadi, degan tezisni quv-

vatlaydi. Mazkur tezisni davlatning «qonunchilik siyosati» yoki «qonun ijodkor-

ligi borasidagi huquqiy siyosati» kategoriyalari yordamida talqin etish mumkin. 

Suveren davlat hokimiyati o‘zining mustaqil qonunchilik strategiyasiga, qo-

nun ijodkorligiga doir huquqiy siyosatiga, ya’ni o‘z qonunchilik siyosatiga ega 

bo‘ladi. Qonun ijodkorligi borsidagi huquqiy siyosatni shakllantirish va rasmiy-

lashtirishda qonunchilik strategiyasi instituti muhim metodologik ahamiyat kasb 

etadi. Xo‘sh, qonunchilik strategiyasi qanday ma’noni anglatadi? Fikrimizcha, 

qonunchilik strategiyasi

 – bu mamlakat butun huquqiy tizimining, alohida 

tarkibiy qismlari, huquq hamda qonunchilik sohalari va institutlarining hozirgi 

va kelgusi taraqqiyoti yo‘nalishlarining belgilanishidir. Qonunchilik strategiya-

si qonunlarni tayyorlashning, uni rejalashtirish va amalga oshirishning nazariy 

va amaliy masalalarini o‘z ichiga oladi. U davlat siyosati bilan chambarchas 

bog‘liq. Shuningdek, qonunchilik strategiyasi siyosatni huquqiy munosabatlar 

mazmuniga singdirish, qonunlarni muntazam ravishda takomillashtirib borish 

vositasidir.

Davlat irodasining qonun ijodkorligi jarayoniga ta’siri qonunchilik siyo-

sati orqali amalga oshadi. Shu bois, davlatning qonunchilik siyosatini ilmiy 

va amaliy jihatdan tahlil etib, unga yuridik fan nuqtayi nazaridan tavsif 

berish alohida dolzarblik kasb etadi. 

Qonunchilik siyosati

 – davlat huquqiy 

siyosatining bir bo‘lagi bo‘lib, unda ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga 

solishning asosiy yo‘nalishlari, prinsiplari, maqsad va vazifalari o‘z ifodasini 

topadi

1

. Qonunlarni shakllantirish, qabul qilish va hayotga joriy etish maqsad-



lariga yo‘naltirilgan maxsus siyosiy-yuridik ta’sir etish vositalari va choralari 

yig‘indisi qonunchilik siyosati voqeligini tashkil etadi. Boshqacha aytganda, 

qonun ijodkorligi davlatning huquqiy (qonunchilik) siyosatini shakllantirish, 

ifodalash, rasmiylashtirish hamda amalga oshirishning muhim vositasi hisobla-

nadi. Qonunchilik siyosati ijtimoiy boshqaruv san’atining maxsus turidir. Qonun-

chilik siyosati qonun ijodkorligining bosh mazmunini, asosiy yo‘nalishlarini, 

tendensiyalarini, uni takomillashtirish strategiyasi hamda taktikasini va 

modernizatsiyalash mantig‘ini belgilaydi.

Qonunchilik siyosatining eng muhim sifati – qonunchilikni takomil-

lashtirish maqsadiga yo‘naltirilganlik, huquq ijodkorligi va huquqni ijro etishni 

tashkil qilishning ratsional tizimini ishlab chiqishdir. O‘zbekiston mustaqil dav-

lat sifatida hech kimga tobe bo‘lmagan qonunchilik siyosatini yuritadi. Yuksak 

nufuzli insonparvar, adolatli hamda demokratik qonunlar yaratish, qonunni 

inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash vositasiga aylantirish, jamiyat 

Оdilqoriyev H.T. O‘zbekiston Respublikasida qonun chiqarish jarayoni. – T., 1995. – 33-bet.





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   344   345   346   347   348   349   350   351   ...   781




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish