Huquq ijodkorligida qonuniylik prinsipi.
Ushbu prinsip huquq ijodkor-
ligi subyektlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihasini tayyorlash, muhokama
etish, qabul qilish va e’lon qilish borasidagi xatti-harakatlari Konstitutsiyaga va
boshqa qonunlarga asoslanishidan kelib chiqishi lozim. Huquq ijodkorligidagi
qonuniylik ikki jihatni nazarda tutadi:
birinchidan,
davlat organlari tomonidan
qabul qilinadigan har bir hujjat ularning vakolatlari doirasida va tegishli hujjatlar
uchun belgilangan taomil (tartib) asosida chiqarilishi shart;
ikkinchidan,
norma-
tiv-huquqiy hujjatning mazmuni ham qonuniylik talablariga javob berishi shart.
1
Qarang: Оdilqoriyev Х.Х. O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik tizimi. – T.: TDYuI, 2008. – 31-bet.
2
Karimov I.А. O‘zbekiston buyuk kelajak sari. – T.: «O‘zbekiston», 1998. – 560-bet.
3
O‘sha joyda.
Do'stlaringiz bilan baham: |