Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/781
Sana06.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#321685
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   781
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

Davlatning ichki 

funksiyalari

3-§.


110

Odilqoriyev X.T. 

Davlat va huquq nazariyasi

Hozirgi zamon demokratik davlatining iqtisodiy faoliyati quyidagi 

yo‘nalishlarga ega:

A. 


Butun jamiyat iqtisodiy hayotiga davlatning ta’siri.

 Bunday ta’sir 

davlat tomonidan budjetning shakllantirilishi va budjet sarf-xarajatlari ustidan 

nazoratning amalga oshirilishi, mamlakat miqyosida iqtisodiy rivojlanish dastur-

lari ishlab chiqilishi, sanoat va ilmiy tadqiqot dasturlarining moliyalashtirilishi 

hamda ishlab chiqarishni rag‘batlantirish uchun moddiy boyliklar yaratuvchi-

larga subsidiyalar berishda o‘z ifodasini topadi. Iqtisodiy jarayonlarning davlat 

tomonidan tartibga solinishida davlat hokimiyatining yuqori va mahalliy or-

ganlari, shuningdek ixtisoslashtirilgan muassasalar ishtirok etadi. 

Mahalliy davlat organlari ham iqtisodiyotga rag‘batlantiruvchi ta’sir 

ko‘rsatadi. Ular mahalliy budjet uchun ko‘proq mablag‘ olish maqsadida o‘ziga 

qarashli hududda kapital oqimi va biznesni rivojlantirishni ta’minlaydi. Mahalliy 

hokimiyat organlari tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, o‘z hududlariga yangi kom-

paniyalarni jalb etish orqali infratuzilmani rivojlantiradilar, ishsizlik muammo-

sini hal etadilar. Bunday vazifalarni amalga oshirish uchun soliqlar va mahalliy 

yig‘imlar mexanizmidan foydalaniladi, qurilish uchun yer maydonlari ajratiladi, 

yangi ishlab chiqaruvchilarni moliyalashtirish uchun obligatsiyalar chiqariladi. 

Davlatning iqtisodiy funksiyasi asosan tartibga solish, rag‘batlantirish, tavsiyalar 

berish kabi harakatlardan iboratdir, biroq bu boradagi faoliyat uchun taqsimlash 

yoki taqiqlash mexanizmlarini ishlab chiqish mutlaqo yotdir. 

Davlatning iqtisodiy faoliyati iqtisodiyotning davlat sektorida (davlat 

korxonalari, muassasalari va idoralarida) bevosita xo‘jalik rahbarligining amalga 

oshirishda ham o‘z ifodasini topadi. Bu o‘rinda davlatning o‘zi ishlab chiqarish 

vositalarining mulkdori, moddiy boyliklar va xizmatlarni yaratuvchi sifatida 

faoliyat ko‘rsatadi. Iqtisodiyotning ushbu sektorida tarkib topadigan iqtisodiy 

munosabatlarga davlat tomonidan ta’sir ko‘rsatish uslublari mamlakatda iqti-

sodiy jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solishning umumiy uslublaridan 

jiddiy farq qilmaydi.

B. 

Moliyaviy nazorat funksiyasi

 ishlab chiqaruvchilarning daromad-

lari davlat tomonidan aniqlanishi va hisobga olinishida o‘z ifodasini topadi. 

Qonunga binoan bunday daromadlarning muayyan qismi ijtimoiy va boshqa 

umumdavlat ehtiyojlarini qondirish uchun davlat budjetiga soliqlar tarzida 

yo‘naltiriladi. Davlat soliqlarning to‘g‘ri sarf qilinishi ustidan nazoratni amalga 

oshiradi. Daromadlar va xarajatlar ustidan oliy darajadagi moliyaviy nazorat 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Prezidenti huzuridagi Hisob palatasi 

vakolatiga kiradi. Joylarda ushbu vazifalarni mahalliy davlat hokimiyati or-

ganlari bajaradilar. Moliya vazirligi bunday nazoratni amalga oshirishda zarur 

huquqlarga ega. 




Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   781




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish