94
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
Hududiy federatsiya
mamlakatni hududiy belgisi bo‘yicha taqsimlash
prinsipiga asoslangan. Bu qoidaga ko‘ra, hududi juda katta bo‘lgan davlatlar-
da, boshqaruvni osonlashtirish maqsadida federatsiya tuziladi. Federatsiyaning
ushbu turini tashkil etuvchi davlat tuzilmalari suveren bo‘lmaydi. Subyektlar
xalqaro munosabatlarda bevosita ishtirok etish huquqidan konstitutsiya bilan
mahrum etilgan bo‘lib, ularning ittifoqdan bir tomonlama chiqishi taqiqlangan.
Qurolli kuchlarni ittifoq idorasi boshqaradi. AQSh, Braziliya, Meksika hududiy
federatsiyalarga misol bo‘ladi.
Milliy federatsiyalarda
subyektlar, ularda yashovchi millatlar mustaqilligi
asosida tuziladi. Qoidaga ko‘ra, milliy federatsiya mustahkam tuzilma bo‘lib
hisoblanadi. Milliy federatsiyanng asosiy xususiyati ko‘ra, federatsiya subyekt-
lari – milliy davlatlar va milliy davlat tuzilmalaaridan iborat bo‘lib, ular asosan
subyektlarning ixtiyoriylik prinsipiga muvofiq birlashadilar. Katta va kichik
millatlar suvereniteti kafolatlanadi hamda oliy davlat idoralari federatsiya
subyektlarining vakillaridan tashkil etiladi. Mazkur federatsiyaga birlashgan
barcha millatlar o‘z taqdirini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ladilar. Sobiq
Yugoslaviya Ittifoq Respublikasi (Serbiya va Chernogoriyaning ittifoqi edi),
Chexoslovakiya (1993-yilda Chexiya va Slovakiyaga ajralib ketgan) ittifoqlari
milliy federatsiyalarga misol bo‘ladi oladi.
Milliy-hududiy federatsiyalar
federatsiyalarning alohida turi hisoblanib,
ittifoqni shakllantirish asosida ham milliy, ham hududiy prinsip yotadi. Milliy-
hududiy federatsiyalarga: Rossiya Federatsiyasi (72 subyekt, ularda yashovchi
millatlar, xususan, subyektda ko‘pchilikni tashkil etmaydigan millatlar asosida
tashkil topgan hamda asosan rus aholisi istiqomat qiladigan 57 subyekt – hududiy
tuzilmadan iborat); Germaniya (aholisi, o‘tmishda nemis millatiga yaqin bo‘lgan
aholidan iborat 16 hududiy tuzilma – yerlardan iborat).
Davlat tuzilish shaklining yana bir turi – bu konfederatsiyadir.
Konfederatsiya
bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya’ni
iqtisodiy, siyosiy, mudofaa masalalari bo‘yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsi-
yada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to‘la
mustaqil davlatlarning ayrim sohalar bo‘yicha tuzadigan ko‘ngilli ittifoqidir.
Konfederatsiya davlat tuzilish shakli hisoblanib, u shartnoma yoki bitim aso-
sida tuziladi hamda muvaqqat xarakterga ega bo‘ladi. Ular keyinchalik asosiy
maqsadga erishganidan so‘ng tarqalib ketishi yoki tuzilgan ittifoqni mustah-
kamlab federatsiyaga o‘tishi, yoxud qo‘shilib unitar davlat bo‘lib ketishi ham
mumkin.
Konfederatsiyaning federatsiyadan farqi shuki, federatsiya alohida dav-
latlarning yagona davlatga birlashish borasidagi ittifoqi bo‘lsa, konfederatsiya
mustaqil davlatlarning cheklangan sohalardagi ittifoqidir, ya’ni konfederatsiya