32-bob Hojatxonaga kirishni xohlaganda aytiladigan narsalar
652/1. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam
agar hojatxonaga kirsalar (Hushaymning rivoyatlarida «to‘sib qo‘yilgan joyga kirsalar»
bo‘lib kelgan), «Allohumma inniy a’uzu bika minal xubsi val xaboisi», deb aytardilar.
(Manosi: «Ey Rabbim, erkak va ayol shaytonning yomonligidan Sening noming bilan
panoh tilayman».)
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan. Faqat «Sening noming bilan bilan» o‘rniga
«Allohning nomi bilan» bo‘lib kelgan.