www.ziyouz.com
kutubxonasi
139
niqtadilar. Niqtaganlarida mening harakatlanishimdan Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamning sonimga (boshlarin qo‘yib) uxlaganlari man etardi, xolos. U zot mana shu
hodisa sababli suvsiz qoldilar. Shunda Alloh taolo tayammum oyatini nozil qildi.
Barchalari (tuproqqa) tayammum qilishdi. Boshliqlardan biri Usayd ibn Huzayr: «Ey Abu
Bakr oilalari, bu sizlarning avvalgi barakalaringiz emas (ya’ni, Oisha roziyallohu anho
bundan boshqa hukmlar tushishiga sababchi bo‘lgandilar)», dedilar. Minib olgan tuyamni
qo‘zg‘atgan edik, marvaridni uning ostidan topdik».
638/2. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bu onamiz Asmo roziyallohu anhodan
(taqib turish uchun) marvaridni olganlarida yo‘qotib qo‘ydilar. Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam sahobalaridan bo‘lgan kishilarni u marvaridni qidirish uchun
yuborganlarida namoz vaqti bo‘lib qoldi. Ular (suv yo‘qligi sababli) tahoratsiz namoz
o‘qishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelishganida bu narsani u
zotga shikoyat qilishdi. Shunda tayammum oyati nozil bo‘ldi. Usayd ibn Huzayr
roziyallohu anhu: «Alloh sizni yaxshilik bilan mukofotlasin. Alloh nomiga qasamki, Alloh
sizga nimani tushirgan bo‘lsa, undan chiquvchi yo‘lni ham tayin etib, o‘sha narsani esa
musulmonlar uchun baraka qilgan», deb aytdilar.
639/3. Shaqiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Men Abdulloh va Abu Musolar bilan
birga o‘tirgan edim. Abu Muso roziyallohu anhu: «Ey Abu Abdurahmon, ya’ni Abdulloh,
agar bir kishi junub bo‘lib qolib bir oy suv topa olmasa, namozni nima qiladi?»
deganlarida, Abdulloh roziyallohu anhu: «Agar bir oy suv topmasa ham, tayammum
qilmaydi», dedilar. Abu Muso roziyallohu anhu: «Unda mana bu Moida surasidagi «Agar
suv topa olmasangiz, pokiza tuproq bilan tayammum qilingiz (ya’ni, yuzingiz va
qo‘llaringizni pokiza tuproq bilan silangiz)» oyati haqida nima deysiz?»
degandilar,
Abdulloh
roziyallohu
anhu:
«Agar
ularga
bu oyatdagidek ruxsat berilsa, suv sovuq bo‘lsa
ham, pok tuproq bilan tayammum qilaverishadi», dedilar. Abu Muso roziyallohu anhu
Abdulloh roziyallohu anhuga: «Ammor roziyallohu anhu: «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam meni bir yumush bilan yuborgandilar, men junub bo‘lib qolib, suv topa
olmadim. Va hayvon tuproqqa belangani kabi belanib (ya’ni, tayammum qilib namoz
o‘qiyverdim), so‘ngra Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga borib zikr qilsam,
u zot: «Qo‘lingni mana shunday qilasan, deb aytishing kifoyadir», deb, so‘ngra qo‘llarini
yerga bir zarba urib, so‘ngra chap qo‘llarini o‘ng qo‘llari usti, kaftlarini ichi va yuzlariga
surtdilar», dedilar», deb aytdilar. Abdulloh roziyallohu anhu: «Umar roziyallohu anhu
Ammorning so‘zlaridan qanoatlanmaganlarini ko‘rmaganmisan?» dedilar».
640/4. Shaqiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Abu Muso roziyallohu anhu Abdulloh
roziyallohu anhuga yuqoridagi hadisda aytganlari kabi so‘z aytib hadisning davomida
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Mana shunday bo‘ladi, deb aytshing kifoya
qiladi», dedilar-da, so‘ngra qo‘llarini yerga urib, qo‘llaridagi g‘uborni qoqib, qo‘llarini
yuzlari va ikki kaftlariga surtdilar.
641/5. Said ibn Abdurahmon ibn Abzo roziyallohu anhu otalaridan qilgan rivoyatda
keltirilishicha, bir kishi Umar roziyallohu anhu huzurlariga kelib: «Men junub bo‘lib qolib
suv topa olmadim», deganida, Umar roziyallohu anhu: «Namoz o‘qimagin», dedilar.
Ammor: «Ey mo‘minlar amiri, eslay olmaysizmi? Men va siz bir necha otliq bilan
g‘azotdaligimizda junub bo‘lib qolib, suv topa olmadik. Siz esa namoz o‘qimadingiz.
Lekin men tuproqqa ag‘anab (ya’ni, tayammum qilib) namoz o‘qidim. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Ikki qo‘lingni yerga urib, so‘ngra puflab, keyin ikki qo‘lingni
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
Do'stlaringiz bilan baham: |