Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom
Muslim
www.ziyouz.com
kutubxonasi
134
haqida
606/1. Abdurahmon ibn Abu Said Xudriy otalaridan qilgan rivoyatda keltirilishicha, Abu
Said Xudriy roziyallohu anhu: «Dushanba kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan
birga Qubo nomli joyga borish uchun (uydan) chiqdik. Bani Salim qabilasi oldiga yetib
borganimizda u zot Itbon (Ibn Molik)ni eshigi oldida turib chaqirgandilar,
u kishi
ishtonlarini sudrab chiqib qoldilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Bu kishini
shoshiltirib qo‘yibmiz-ku!» degandilar, Itbon roziyallohu anhu: «Ey Allohning rasuli! Bir
kishi xotini bilan qovushgan-u, lekin maniysini to‘kmagan bo‘lsa, nima qiladi?» dedilar.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Albatta suv suvdandir (ya’ni, maniy suvi
uchun g‘usl lozim)», dedilar», deb aytdilar.
607/2. Abulalo ibn Shixxir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bu zot: «Qur’ondagi ba’zi
oyatlar ba’zisini nasx qilgani kabi Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam hadislarining
ba’zisi ba’zisini nasx qiladi», dedilar.
608/3. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh
sollallohu alayhi
vasallam bir ansoriy kishining (uyi) oldidan o‘tayotib, uni chaqirib chiqish uchun odam
yubordilar. U ansoriy chiqqan paytda boshidan suv tomchilab turardi. Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Biz seni shoshiltirib qo‘ydik, shekilli-a?» desalar, u ansoriy:
«Ha, ey Allohning rasuli», dedi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar
shoshiltirilsang, maniyni to‘kmagan bo‘lsang, g‘usl shart emas, balki tahoratning o‘zi
kifoya qiladi», dedilar.
Ibn Bashshor rivoyatlarida majhul ko‘rinishda kelgan.
609/4. Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamdan: «Bir kishi xotini bilan jinsiy qovushsa-da, lekin maniysini to‘kmasa, nima
qiladi?» deb so‘rasam, u zot: «Xotinidan yetgan (suvni) yuvib, keyin tahorat qilib,
namoz o‘qiyveradi», dedilar».
610/5. Ubay ibn Ka’b roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam ahliga jinsiy qovushib, lekin maniysini to‘kmaydigan kishi haqida gapirib: «U
kishi
olatini yuvib, tahorat oladi, (xolos)», dedilar.
611/6. Abu Said Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi
vasallam: «Albatta suv suvdandir, ya’ni maniy suvi chiqsa, suv bilan g‘usl qilish lozim»,
dedilar.
612/7. Zayd ibn Xolid al-Juhayniy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
Bu zot Usmon
roziyallohu anhudan: «Agar kishi xotinini jimo’ qilsa-da, lekin maniysi tushmasa, nima
qiladi?» deb so‘raganlarida, Usmon roziyallohu anhu: «Olatini yuvib, namozga tahorat
olgani kabi tahorat qiladi, men buni Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamdan
eshitganman», dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan.
Foyda: demak maniy tushmasa, g‘usl shart emas, deb aytilgan so‘z nasx, ya’ni amaldan
Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
www.ziyouz.com
kutubxonasi
135
qoldirilgandir. Bizning hanafiya mazhabimizda agar er-xotin jimo’
qilishsa-yu, maniy
tushmasa, baribir g‘usl qilishlari vojibdir.
Do'stlaringiz bilan baham: