Sahihi Muslim (birinchi kitob). Imom Muslim
www.ziyouz.com
kutubxonasi
125
557/2. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi.
Ummu Sulaym roziyallohu
anho Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ayol kishi ham tushida erkak kishi
ko‘radigan narsani so‘raganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar o‘sha
narsani ayol kishi ko‘rsa, g‘usl qilsin», dedilar. Ummu Sulaym roziyallohu anho: «Bu
narsadan uyalib «Bu narsa bo‘ladimi?» desam, Allohning nabiysi: «Ha, bo‘ladi, unda
(bola ota-onasiga) o‘xshashligi qaerdan bo‘ladi?! Albatta erkak kishi suvi quyuq, oq, ayol
kishining suvi suyuq, sariqdir. Bu ikki suvdan qaysi biri oliy yoki g‘olib bo‘lsa, o‘shanga
o‘xshaydi», dedilar», deb aytdilar.
558/3. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir
xotin Rasululloh sollallohu
alayhi vasallamdan erkaklar tushida ko‘radigan narsani ayol kishi ham tushida ko‘rsa,
nima qilishi haqida so‘radi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar u ayolda
erkaklardagidek (maniy) sodir bo‘lsa, g‘usl qilsin», dedilar.
559/4. Ummu Salama roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Ummu Sulaym Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: «Ey Allohning rasuli! Albatta Alloh haqdan
hayo qilmaydi (ya’ni, haqni bayon etishda pashshani
zarbulmasal qilishdan ham
to‘xtatmaydi). Agar ayol kishi ehtilom bo‘lib qolsa, g‘usl qiladimi?» deganida, Rasululloh
sollallohu alayhi vasallam: «Ha, agar suvni ko‘rsa», dedilar. Ummu Salama: «Ey
Allohning rasuli, ayol kishi ham ehtilom bo‘ladimi?» deganlarida, Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam: «Qurmagur, unaqada farzand qanday qilib onasiga o‘xshaydi?!»
dedilar.
Bu yerda yuqoridagi hadis takror kelgan, faqat «ayollar haqida noqulay gapni aytding»
so‘zi ziyoda qilingan.
560/5. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Baniy Abu Talhaning onalari Ummu
Sulaym Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kirib yuqoridagi hadisda
kelganidek gapirdilar. Hadisning davomida Oisha roziyallohu anho: «Tuf senga!
Ayol ana
shuni ko‘radimi?» dedilar.
561/6. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Bir xotin Rasululloh sollallohu alayhi
vasallamga: «Ayol kishi suv chiqqanini ko‘rib ehtilom qilganini his etganda g‘usl
qiladimi?» deb aytganida, u zot: «Ha, g‘usl qiladi», dedilar. Oisha roziyallohu anho u
ayolga «Qurmagur», dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Qo‘yavergin,
o‘xshashlik mana shu tomondan bo‘ladi. Agar ayolning suvi erining suvidan g‘olib kelsa,
farzand tog‘alariga o‘xshaydi. Agar erkakning suvi xotinining suvidan g‘olib kelsa,
farzand amakilariga o‘xshaydi», dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: