Qo'qonda
Muqimiy (1850-1903), Furqat (1859-1909), Zavqiy (1853-1921), Muhayyir
(1845-1918), Usmoxo'ja Zoriy (1839-1916) kabilar adabiy davra tashkil etdilar. Qo'qon adabiy
maktabining vakillaridan Umidiy-Havoiy (1835-1905), Kattaqo'rg'onlik Ochildimurod Miriy (1830-
1899), epik janrlar taraqqiyotiga xususan,
dostonchilik
ka katta hissa qo'shdilar. Umidiy-Havoiy
"Maktubchai xon", "Jangnoma", "Badavlatnoma yoki tarixi Xo'qand" kabi tarixiy dostonlar yozdi.
Miriy esa "Ra'no va Zebo" (1884), "Qissai Salim Javhariy" (1887), "Rustam va Suhrob" (1897),
"Majididdin va Faxruniso" (1899) kabi dostonlari, "Gulnoma", "Choynoma" singari doston-
masnaviylar bilan o'zbek epik poeziyasi taraqqiyotiga katta hissa qo'shdilar.
Namanganda
Nodim (1844-1909), Ibrat (1862-1937), So‘fizoda (1880-1937)
Andijondan
Abdurazzoq Bimiy (1847-1918),
Xo'janddan
Toshxo'ja Asiriy (1864-1916),
Sayramdan
Yusuf
Saryomiy (1840-1912),
Toshkentdan
Karimbek Kamiy (1865-1922) kabilar Qo'qondagi adabiy
suhbatlarda tez-tez ishtirok etib turdilar.
Xivada
xonning o'zi Muhammadrahimxon Soniy Feruz (1844-1910) saroyda adabiy muhit
maydonga keltirdi. 1864-yilda 20 yoshida taxtga chiqib salkam 47 yil hukmronlik qilgan bu xon uni
yaqindan bilgan ko'pchilik tadqiqotchilar fikricha, O'rta Osiyo xonlari orasida eng aqlligi, eng
ziyolisi edi. U "usuli jadid"ga yo'l berdi, ruslar kelmasdan ancha ilgari Xivaga toshbosma topib
keldi. Uning topshirig'i bilan Ahmad Tabibiy (1869-1911) "Majmuatush shuaroyi Feruzshohiy"
(Feruzshoh shoirlari antologiyasi) ni tuzadi. 30 shoirning she'ridan namuna beradi. Ular orasida
Komil Xorazmiy (1825-1899), Muhammad Rasul Mirzo (1840-1922), Avaz O'tar (1884-1919) kabi
xilma-xil ko'lam va qudratdagi shoirlar bor edi.
Buxoro
amirlaridan Abdulahadxon (1882-1911) ham she'r yozar edi. Hisor hokimi
Avliyoqulibek "Husayniy" taxallusi bilan devon tartib qilgan edi.
Samarqandda
Abdulazim Sipandiy (1829-1909), Siddiqiy Ajziy (1864-1927), Saidahmad
Vasliy (1870-1925) kabi shoirlar ijod etdilar.
Bu davr adabiyoti yangilanish davri adabiyotidir. Unda qadim davrlardan kelayotgan adabiy
turlar saqlanadi. Devon adabiyotida she'riyat (poeziya) asosiy o'rin egalladi. Aruz asosiy vazn
bo'ldi. G'azal, ruboiy, tuyuq, tarix, muammo, muxammas, musaddas, musamman va ayniqsa
masnaviydan keng foydalanildi. Sayohat xotiralarini ifodalovchi sayohatnoma janri maydonga
keldi.
Keng ma'noni qamrab oluvchi ishq mavzui bu davrda ham she'riyatning markaziy mavzui
bo'lib qoldi. Lekin ilohiy ishq,
tasavvuf
g'oyalari kuchaydi. Yusuf Saryomiy (1840-1912),
Ziyovuddin Haziniy (1867-1923) kabi shoirlar ko'proq diniy-tasavvufiy she'rlari bilan shuhrat
topdilar. Badiiy adabiyotda
hajviyot
rivoj topdi. Adreslik tanqid kuchaydi.
Realistik tasvir
keng
o'rin ola boshladi. Kundalik
matbuot va bosmaxonalar
ning maydonga kelishi bilan she'riyat va
o'quvchi orasi yaqinlashdi. Yangi janrlar (masalan, publitsistika, ocherk kabi) paydo bo'ldi.
Ikkitillik (zullisonayn) an'anasi davom etdi. Madrasa ko'rganlarning deyarli hammasi arab, fors
tillaridan xabardor edilar. Shoirlarning ko'pchiligi o'zbek tili bilan bir qatorda tojik tilida ham ijod
eta olar edilar. Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Shayx Sa'diy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon
Jomiylar bu davr o'zbek shoirlari uchun ham ilhom berdilar. Shu bilan birga tabiiyki, shoirlarimiz
Muhammad
Do'stlaringiz bilan baham: |