she`rlariga javob aytubdur va yaxshi aytibdur. 99 yashadi... bu faqir borasida ko`p fotihalar
o`qibdur. Umid ulkim, chun darvesh kishi erdi... Mavlononing qabri shahr navohisida
Dehikanordakim, o`z maskani erdi andadur»
.
Lutfiy haqida D.Samarqandiyning «Tazkirat ush-shuaro», Xondamirning «Habibus-siyar»,
«Makorimul axloq», Qobuliyning «Tazkirat ut-tavorix», Vozehning «Majmuai mansur va
manzum», Shamsiddin Somening «Qomus ul-a`lom» asarlarida ham ma`lumotlar uchraydi. O`zbek
adabiyotshunosligida Lutfiy merosini o`rganish bo`yicha ancha ishlar amalga oshirildi. Bu jihatdan
N.Mallaev, E.Rustamov, Hodi Zarif, Sodir Erkinov, E.Ahmadxo`jayev, A.Hayitmetov, H.Rasulov
va boshqa olimlarimizning tadqiqotlari xarkaterlidir.
Lutfiydan juda katta adabiy meros qolgan. Qadimgi manbalarda uning 20 dan ortiq asar yozgani
qayd etiladi. Ammo ular bizgacha hali noma`lum qolmoqda. Lutfiy Shohruh Mirzoning taklifi bilan
Ali Yazdiyning
«Zafarnoma»
asarini tarjima qilishga ham kirishgan edi.
Lutfiy merosining kattagina qismini uning turkiy tildagi
devoni
tashkil etadi. F.f.doktori, prof.
S.Erkinov Lutfiy haqidagi tadqiqotida qadimgi Sharq manbalarida Lutfiyning axloq-odob
mavzusida «Mashkun ul-haqoyiq» nomli asar yozganligi eslatilishini qayd etadi. Shuningdek,
xo`tanlik Mulla Ismatullaning «Tarixi musiquyun» asarida Lutfiyning musiqa tarixi bilan ham
shug`ullanganligi, kuylar bastalaganligi qayd etiladi. 100 yilga yaqin umr ko`rgan shoir barakali
ijod qilgani aniq.
1987-yilda nashr etilgan
«Sensan sevarim...»
to`plami keyingi o`n yilliklarda nashr etilgan
devondir. Devon sharq she`riyatida yetakchi janr hisoblangan g`azallar, ruboiylar, qit`a va fardlarni
o`z ichiga oladi. Devon an`anaga ko`ra hamd, na`t she`rlari bilan boshlanib,so`ngra boshqa janrlar
be riladi. Devonda Shohruh Mirzo, ba`zi nusxalarida esa Boysung`ur Mirzo nomiga bag`ishlangan
qasidalar ham uchraydi.
Shoir asarlari uning o`sha davrda keng tarqalgan
tasavvuf g`oyalari
ta`sirida bo`lganligini
ko`rsatadi. Olloh dunyoni mukammal go`zallik timsoli sifatida yaratgan. Shoir she`riyatida Olloh
bilan bog`liq g`oyalar tasavvufiy ma`no va timsollar maxsus tadqiqni talab etadi.
Lutfiy lirik
qahramoni
, avvalo oshiq insondir. U go`zallikda yagona, husn va latofat timsoli bo`lmish
ma`shuqani chin yurakdan sevadi. Yor ham Olloh timsoli, ham inson sifatida namoyon bo`ladi.
Lirik qahramon ta`kidicha, uning haqdan yagona o`tinchi diydordir:
Haqdin, ey ko`ngul, o`zga nima qilma tamanno,
Sen xastaga ul erdaki, diydor topilsa.
Oshiq ma`shuqaning e`tiborsizligidan, mastona ko`zlari bilan uni bexud, devona qilganidan
ajablanadi:
Boqmas menga jonona, ajab holat emasmi?
Bo`ldi yana begona, ajab holat emasmi?
Bexudliku savdo bila qildi meni mashhur,
Ul ko`zlari mastona, ajab holat emasmi?
Lirik qahramon ayriliq onlarini musibat sifatida qabul qiladi. Firoq uning joniga azob, iztirob
keltiradi. Oshiq bu alamlarga sabr bilan chidaydi. Ma`shuqasidan visol va vafo umid qiladi:
Ayo dilbar vafo qilmasmusen sen,
Bu dardimga davo qilmasmusen sen?
Qilich birla judo bo`lgancha mendin,
Boshim tandin judo qilmasmusen sen?
Oshiq yorning vafosizligidan gina qiladi:
Ayttimkim: Bu Lutfiyga jafo qilma vafo qil,
Ayturki: bizning davrda ul rasm qolibdur.
Lirik qahramon o`z holatini aniq bayon etadi. Lutfiy uning holatini berishda jonli so`zlashuvdan,
erkalash, yupatish, istehzo, qochiriq mazmunidagi iboralardan mahorat bilan foydalanadi. Oshiq
ma`shuqa ozorlaridan zorlanadi:
Lutfiyni kim qarg`adi: «Yo rab, balog`a uchra» deb,
Kim, seningdek toshbag`irlik dilraboga uchradi.
Lutfiy she`riyatida
Do'stlaringiz bilan baham: |