O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti


Yosh maktab rahbarlari uchun eslatma



Download 378,9 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/28
Sana06.01.2022
Hajmi378,9 Kb.
#320664
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
boshqaruv uslublarining shaxslararo munosabatlarga tasiri va faoliyat motivatsiyasi

Yosh maktab rahbarlari uchun eslatma. 


 

56 


1.

 

Rahbarlik  faoliyatining  asosiy  xarakterli  belgilari:  prinsipial  bo‗lish,  fan 



va  amaliyot  birligiga  tayanish  shaxsiy  ma‘suliyat  hissi,  vazifalarni  aniq  va  to‗g‗ri 

taqsimlay  olish,  o‗z  ishida  qat‘iy  tartib  bo‗lish,  talabchanlik,  o‗z  vaqtida  xodim 

ishini  baholay  olishi,  uni  rag‗batlantira  olish,  ijroni  nazorat  qila  olish  rahbarlikda 

jamoaviy  yondashish,  xodimlar  ishini  qadrlash,  kamtarlik  va  oddiylik,  jamoa  bilan 

doimiy  aloqada bo‗lish, ularning  qiziqish  va ehtiyojlariga  e‘tiborli bo‗lish. 

2.

 



Rahbarlik  san‘atini  doimo  muntazam  o‗rganib  borish  uni  tadbiq  qilish. 

Chunki  faoliyatni  doimo  takomillashtirib  borish  uni  tahlil  qilish,  kamchiliklarni  o‗z 

faoliyatiga  tatbiq qilib  borgandagina rahbarlik  o‗z samarasini beradi. 

3.

 



Rahbar  kishilarni  o‗ziga  tezda  jalb  qiluvchi,  ular  ishini  tahlil  qilishda 

yuqori darajadagi  ilmiy  nazariy  va amaliy  bilimlarga  ega bo‗lish. 

4.

 

Kishilarni  o‗zingizga  jalb  qilishda  eng  avvalo  xushmuomalali  bo‗lish, 



ularni  hurmat  qilish  jamoa a‘zolariga  bir xilda  muomalada  bo‗lishga harakat  qiling. 

5.

 



Maktab  faoliyatining  samaradorligi  eng  avvalo  o‗z  vaqtida  sharoitda 

hisobga  olib  qabul  qilingan  harflar  bog‗liq.  Bunda  maktab  jamoasi  oldida  turgan 

vazifalarning  aniq maqsadlari  o‗z ifodasini topmoqligi  lozim. 

6.

 



Siz  qabul  qilgan  qarorning  bajarilishi  eng  avvalo  uning  maktabdagi 

ta‘lim-tarbiya  sifatining  qaydarajaga  ko‗tarilishini  har  bir  o‗qituvchi  qalban  his 

qilgandagina  u  jamoa  faoliyatini  yo‗naltiruvchi  kuchga  aylanadi.  Rasmiyatchilik 

uchun qabul qilingan  qarorlar jamoada parrokandachilikni  olib keladi. 

7.

 

Ayrim  hal  qilinish  lozim  bo‗lgan  masalalar  muovinlar  darajasidagi  yoki 



sinf rahbarlar  darajasidagi  masalalar  bo‗yicha qarorlar qabul qilishga  o‗rganing. 

8.

 



Asosiy  holatda  bo‗lganingizda  hech  qanday  qarorlar  qabul  qilmang, 

chunki bu qarorlarning  oqibatini  tuzatish  haddan tashqari mumkin  bo‗lib qoladi. 

9.

 

Ishni  tashkil  qilishda  va  uning  muvaffaqiyatli  yakun  topish  rahbarning 



obruyiga,  vazifalar  taqsimotining  to‗g‗riligiga,  talabchanligiga  xodimlarni  o‗z 

vaqtida  rag‗batlantirishga  zarur  hollarda  u  yoki  bu  choralarni  qo‗llashiga  va 

ayniqsa jamoatchilik  fikriga  tayanishga  bog‗liq. 

10.


 

 Direktor 

obro‗yili  uning  ma‘naviy-axloqiy  yetukligi,  egallagan 

lavozimiga  mosligi,  ishbilarmonligi,  umumiy  madaniysaviyasiga,  o‗zining  ish 




 

57 


faoliyati  bo‗yicha xodimlarga  o‗rnak bo‗lish kabi omillarga  bog‗liq. 

11.


 

 Talabchanlik  maktab  faoliyati  mexanizmining  aniq  va  ravon  ishlashning 

omili  hisoblanadi. 

12.


 

 O‗qituvchi  mehnati  mezonlarini  aniqlash  va  ularni  to‗g‗ri  baholay  olish, 

past sifat ko‗rsatkichlarida  qaytib turib talabchan bo‗lish. 

13.


 

 Talab  hammaga  birday  bo‗lish,  aks  holda  jamoada  konfliktlarga  olib 

keladi  va zarur natijalar  olinmay  qoladi. 

14.


 

Talab hamma  vaqt haqqoniy va ob‘ektiv bo‗lish kerak. 

15.

 

 Ishning  sifatida  qo‗yiladigan  tanlab  o‗qituvchi  imkoniyatlari  doirasida 



bo‗lish zarur. 

16.


 

 O‗qituvchiga beriladigan  topshiriq aniq va tushunarli  bo‗lsin. 

17.

 

 Rahbar qo‗yadigan talab jamoa tolmonidan  qo‗llab quvvatlanish  lozim. 



18.

 

 O‗qituvchi  faoliyatini  tahlil  qilishda  eng  avvalo  uning  shaxsini  hurmat 



qilib  yondashing. 

19.


 

 Shunga  erishingki  beriladigan    jamoat  topshiriqlari  hammaga  birday 

taqsimlanish  lozim. 

20.


 

 Ma‘lumki  o‗qituvchini  o‗rganish  uning  faoliyatini  tahlil  qilishdan 

boshlanadi.  Rahbar  odamlarning  kim  ekanligini  emas  uning  ishga  munosabati 

qandayligiga  qarab baho berish. 

21.

 

 Direktor  o‗qituvchining  darsiga  kirar  ekan  u  eng  avvalo  ikki  maqsadni 



o‗z  oldiga  qo‗yish  lozim:  birinchi  metodik  yordam  berish,  ikkinchisi  uning 

tadribasini  o‗rganish. 

22.

 

 Shunga  erish  kerakki  o‗qituvchingiz  o‗zi  sizni  o‗z  darsiga  kirishga  taklif 



etsin.  Agar  o‗qituvchilar  sizning  darslarga  kirishingizdan  hadiksirashga  shunday 

yo‗l tanlash yoki ularda  ushbu hissiyot yuzaga kelmasin. 

23.

 

 O‗qituvchingiz  faoliyatini  nazoratdan  o‗tkazar  ekansiz  eng  avvalo  uning 



ijobiy  tomonlariga  e‘tiborni  qarating.  Eng  kuchsiz  o‗qituvchining  ham  qandaydir 

ijobiy  tomoni bo‗lish mumkin  aynan  nhshuni aniqlashga  harakat  qiling. 

24.

 

 O‗qituvchi  darsini  uning  hamkasblari  ishtirokida  tahlil  qiling,  agar 



kamchiliklari  bo‗lsa yakkama-yakka  holda faqat o‗ziga ayting. 


 

58 


25.

 

 O‗z  xatosini  bo‗yniga  olmay  qattiq  turib  olgan  holdagina  ko‗pchilik 



oldida tanqid qilish  mumkin.  shunda ham tanqid asosli bo‗lsin. 

26.


 

 O‗qituvchini  hech mahal  o‗quvchi va ota-onalar oldida izza  qilmang. 

27.

 

 O‗tkaziladigan  nazorat  o‗qituvchining  tashabbusini  bug‗masligi  kerak, 



uning  mustaqil  faoliyatini  cheklamasligi  lozim.  Shuni  unutmangki  kuchsiz 

o‗qituvchining  ham albatta  yaxshi tomoni bor. 

28.

 

 Agar  maktab  faoliyati  ko‗ngildagidek  bormayotgan  ekan,  o‗zingizni 



yo‗qotmang  xuddi  behudaga  asabiylashib  xodimlarni  tergayvermang  bu  sizning 

madaniyatsizligingizning  belgisi  hisoblanadi.  Bu  paytda  oqilona  yo‗l  tutib 

faoliyatni  chuqur tahlil  qilib  ishni  ijobiy  yo‗nalishga  qaratish kerak. 

29.


 

 Agar 


xodimingiz 

talabga 


javob 

bermasa 


yotig‗i 

bilan 


tushuntirganingizda  ham  ishining  natijasi  ko‗rinmasa  u  holda  tegishli  ma‘muriy 

jazo  berinshingiz  lozim  bo‗ladi,  lekin  shunda  ham  quyidagi  qoidalarga  qat‘iy  rioya 

qiling. 

а)

 



Asabiylashib  qiziqishib  ketgan holatingizda  jazo bermang. 

б)

 



Kamdan-kam  hollardagina  jazolashga  harakat  qiling,  maktabda  jazolash 

hollari  judayam  kam bo‗lishi kerak, shundagina jazoning  ta‘siri  natijasi  bo‗ladi. 

в)

 

Jazo  berishda  xodimning  ishdagi  kamchiliklarini  ko‗rsatib  unda  e‘tirozga 



o‗rin qolmagandan keyingina  berishingiz  maqsadga muvofiq bo‗ladi. 

г)

 



Har qanday jazo mehnat  qonunchiligini  talablariga  javob berish lozim. 

д)

 



Sizning  bu harakatingiz  jamoa tomonidan maqullangan  bo‗lishi lozim. 

30.


 

 Shunday  hollar  bo‗ladiki  o‗qituvchi  ishlamoqchi  va  shunga  harakat 

qiladi  bunday  paytda  uni  e‘tiborsiz  qoldirmang  va  unga  tegishli  yordamni 

ayamang. 

31.

 

 Direktor  o‗zi  namuna  bo‗lgandagina  u  xodimlarni  o‗rgata  oladi.  Chunki 



yuz gapirgandan  ko‗ra bir marta ko‗rsatgan ma‘qul. 

32.


 

 Maktabda  sog‗lom  muhitni  vujudga  keltirish  o‗qituvchilarning  o‗z 

maktabini  sevish  uning  obro‗yining  oshishga  bo‗lgan  g‗urulanish  hissi  hamda 

jamoada  ijodiy  ishchanlik  vaziyatini  yuzaga  chiqarish  direktorning  muttasil  nazar 

e‘tiborida bo‗lish lozim. 



 

59 


33.

 

 Jamoa  a‘zolarining  o‗zaro  munosabatlarini  doimiy  ravishda  kuzatib 



bering ular  orasida guruhbozlik  holda holatlarning  yuzaga kelishga  yo‗l qo‗ygan. 

34.


 

 Rahbar  jamoa  a‘zolariga  bir  xil  munosabatda  bo‗lsa  shundakina  jamoa 

uyushgan, ishchan sog‗lom fikr yuritadigan  bo‗ladi. 

35.


 

 Uyushgan  jamoaning  vujudga  kelishi  yana  bir  sharti  rahbar  tanqiddan 

qochmasligi  va uni  to‗g‗ri qabul qila olishdadir. 

36.


 

 Bo‗lar-bo‗lmasga  xodimlarni  taziyiq  ostiga  olmang  bu  rahbar  obro‗yiga 

putur  yetkazadi  va  jamoada  keskin  qarama-qarshilik  holatlarini  vujudga  keltiradi 

natijada  muhit  buzila  boshlaydi. 

37.

 

 O‗qituvchi  mehnatini  ilmiy  asosda  tashkil  qiling  uning  vaqtini  va 



kuchini  to‗g‗ri  baholash  olish,  o‗z  ustida  mustaqil  ishlash  uchun  sharoit  yaratib 

bering. 


Yuqorida  berilgan  uch  so‗rovnomadan  iborat  bo‗lgan  diagnostik  tahlil 

shaxsning  rahbarlikka  bo‗lgan  xohish  kuchini  aniqlashga  qaratilgan  bo‗lib,  unda 

shaxsning  rahbarlik  faoliyati  yo‗nalishlarining  qay  birida  unda  bilim  tajriba 

borligini  ko‗rsatib beradi.  




 

60 



Download 378,9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish