Nazorat savollari.
1.
Terrorizm nima va uni kelib chiqish omillari nimadan iborat?
2.
O’zbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash to’g’risi”dagi
qonuni qachon qabul qilingan va u qanday qismlardan iborat?
3.
SHubhali buyum topib olsangiz nima qilasiz?
42
4.
Garovga tushub qolgan odam qanday harakat qilishi kerak?
5.
Axborot xavfsizligi haqida nima bilasiz?
ZILZILA VA ULARDA HARAKATLANISH TARTIBI. ZILZILA
OQIBATLARIDAN MUHOFAZALANISH USULLARI
1.
Zilzilalar (yer qimirlashlari) tavsiloti to’g’risida tushunchalar.
Yer qimirlashi, bu yer osti qudratli tektonik kuchlar va energiya hisobiga
paydo bo’ladigan seysmik hodisalardir. Yer osti ichki energiyasi seysmik to’lqin
uzunasiga yoki kundalang tarzda tarkalib, buning natijasida yer qobiqi
katlamlarining buzilishi (shikastlanishi) kuzatiladi. Tebranish ta’sir kuchi ko’pincha
yer ostining 20-30 km, bahzan 100 km chuqurligidan chikadi.
Tebranish to’lqining ta’sir qilish kuchi odatda ballarda o’lchanadi.
O’zbekistonda 12 balli shkala qabul kilingan. Yer silkinish, uning tabiatiga ko’ra
turlicha bo’ladi.
Ya’ni yer qahridagi tog’h jinslari ko’chishi jarayonida vujudga keladigan
tektonik yer qimirlashi.
Vulkonlar otilishi natijasida paydo bo’ladigan vulkonli yer qimirlashi.
Tog’ jinslari joylashgan qatlamlar orasidagi bo’shliklarda ishkor hosil
bo’lishi va uning ta’sirida emirilish jarayonlari oqibatida hosil bo’ladigan yer
silkinishlari uchraydi.
Sayyoramizda yer qimirlash deyarli harkuni harxil darajada ro’y beradi. 1
yilda 1000 martagacha yer silkinishlari sodir bo’lib, shundan 8-10 tasi uta xavflidir.
Ta’sir qilish darajasiga qarab silkinishlar, kuchsiz (3 balgacha), o’rta (4 bal), kuchli
(5 bal), juda kuchli (7 bal), vayron qiluvchi (8-10 bal) va nixoyat halokatlarga olib
keluvchi (11-12 balgacha) turlari mavjud.
SHu narsa ma’lumki, yuqorida ta’kidlaganimizdek, yer qimirlashlari ko’p
talofatlarga sabab bo’ladi. Katta zarar keltiridi, vayron qiladi, odamlarni halok
qiladi. Masalan: Yaponiyada 1923 yilning 1- sentyabrida ro’y bergan bir necha
sekundli yer qimirlashi, 19 oy davom etgan “Rus-Ya’on urushi” ga qaraganda 5
marta ko’p zarar keltirgan. Bunda 127000 uy to’la, 126000 uy qisman emirilgan.
447000 uy yonib ketgan, suv to’lqini 868 imoratni yemirdi, 8000 ‘aroxod, kema va
barjalar suvga cho’kib ketgan. 143000 kishi yaralangan, ular orasida o’lganlari ham
ko’p bo’lgan. Keyingi yillarda o’zaro hamkorlik mamalakatlarida bir necha kuchli
yer qimirlashlari kuzatildi.
6 oktyabr 1948 yili Ashxabod shahrida 9 balli yer qimirlab, bunda 50000
kishi halok bo’lgan.
26 aprel 1966 yili Toshkent shahrida 8 balli yer qimirlab, bunda 5000 kishi.
7 dekabr 1988 yili Armanistonda 9 balli yer qimirlab, bunda 65000 kishi
halok buldi, 80000 kishi yaralandi.
1989 yili yanvar oyida Tojikistonda 8 balli yer qimirlab, 12000 kishi halok
buldi.
1975 va 1984 yillarda Buxoroning “Gazli” shahrida 9-10 balli yer
43
qimirlashida Buxoro-Ural gaz kuvuri uzilib ketgan. Yer qimirlash oqibatida butun
shahar kishloklar vayron bo’lib, ulardagi aholi yashaydigan uylar, maktablar,
zavod-fabrikalar, fermalar buzilishlari natijasida odamlar kurbon buldi, yaralandi,
hayvonlar kirildi, tabiiy boyliklarga katta zarar etkazdi, moddiy boyliklar yukoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |