Gazlar va changning yonishi.
Yonuvchi gazlar havo bilan birikib portlash
jihatidan xavfli aralashmalar hosil qilishi mumkin. Shu sababli ular portlash
jihatidan xavfli moddalar toifasiga kiradi. Gaz-havo aralashmalarining xavflilik
darajasi ularning alanga olish haroratiga va portlashning miqdoriy chegaralariga
qarab baholanadi.
Gazlar barqaror yonayotganda harorati 1400ºC gacha, portlaganda esa
2000ºC gacha ko’tarilishi mumkin. Yonuvchi gazlarning, shuningdek, suyuqlik
bug’larning portlashiga qarshi kurash tadbirlarini to’g’ri tashkil qilish uchun
ularning havo bo’yicha zichligini bilish zarur, chunki havo bo’yicha zichligi birdan
kichik bo’lgan gazlar xonaning yuqori qismida, zichligi birdan katta bo’lgan gazlar
esa xonaning pastki qismida, quduqlar, o’ralar, handaqlarda to’planadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |