1.2. Marketingning asosiy maqsad va vazifalari
Marketing maqsadlari faoliyatining har bir turi biron yaxshi natijaga
erishishga
yo‗naltirilgan
sa‘y-harakatlar
majmuasidir.
Marketing
faoliyatidagi serqirralik aynan shu mazmundagi maqsadlar turini belgilaydi.
Maqsadlar esa marketing jarayonining har bir bosqichi uchun belgilangan
bo‗lib marketing tamoyillari asosida belgilanadi. Jumladan, bozorga kirishda
va unda mustahkam o‗rnashishda qo‗yiladigan asosiy maqsadlar turkumiga
ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulot turlarini bozor talabiga
mos holda rivojlantirib borish, eng kam moddiy, moliyaviy va mehnat
resurslari xarajatiga erishish, zamonaviy va mustahkam moddiy texnika
bazasini bunyod etish va uning ilmiy texnika taraqqiyoti natijalari bilan
muntazam rivojlantirib borish va boshqalardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |