Ergashxodjaeva Sh. Dj., Qosimova M. S


 Tovarning raqobatbardoshligini baholash



Download 3,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/301
Sana05.01.2022
Hajmi3,25 Mb.
#320260
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   301
Bog'liq
1492-Текст статьи-4104-1-10-20200627

9.2. Tovarning raqobatbardoshligini baholash 
 
Hozirgi  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  sharoitida  mamlakatimizni  iqtisodiy 
salohiyatini  mustahkamlash  va  rivojlanishda,  dunyo  bozorida  faol  qatnashishda 


 
153 
tovarlar  sifatini  ko‘tarib,  ularni  raqobatbardosh  tovarlarga  aylantirish  eng  dolzarb 
muammolardan biridir. 
Har  bir  xaridor  o‘ziga  yoqqan  tovarni  sotib  oladi,  iste’molchilar  esa  raqiblar 
tovariga  nisbatan  ko‘proq  ijtimoiy  ehtiyojlariga  mos  keluvchilarini  tanlashadi. 
Shuning  uchun  raqobatbardoshlik  (tanlangan  bozorda  tovarni  sotish  imkoniyati)ni 
faqat  raqiblar  tovarni  solishtirish  orqali  aniqlash  mumkin.  Raqobatbardoshlik  nisbiy 
tushuncha, aniq bozorga va unga kirish vaqtiga bog‘liqdir. 
Tovar  raqobatbardoshligini  o‘rganish  murakkab  va  o‘z  ichiga  quyidagi 
bosqichlarni oladi: 
- tovarni sotish bozorini o‘rganish; 
- raqiblar haqida ma’lumotlar yig‘ish; 
- iste’molchilar talablarini o‘rganish; 
- raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqish; 
- ishlab chiqarish va bozorga sinov sotishlari bilan chiqish haqidagi qaror. 
Bu  masalalarni  hal  qilish  korxonada  tovar  raqobatbardoshligi  darajasini 
baholashning uzluksiz tizimini yaratishni talab qiladi. 
Har  qanday  tovar  bozorga  chiqishi  bilanok  o‘z  raqobat  qobiliyatini  yo‘qota 
boshlaydi,  bu  jarayonni  sekinlatish  mumkin,  bu  iqtisodiy  foyda  va  oldingi  buyum 
raqobat  qobiliyatini  to‘la  yo‘qotish  paytigacha  bozorga  yangi  tovar  bilan  chiqish 
imkoniyatini beradi. 
Tovar raqobatbardoshligini asosiy sharti quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lgan xuddi 
shunday tovarga nisbatan eng katta yalpi foydali samaradan iborat: 
K =  R / S  
     max 
bu erda: R-tovarning foydali samarasi; 
S-tovarni xarid qilish va foydalanishga oid xarajatlar (sotib olish xarajatlari); 
Tovarning raqobatbardoshligini baholash quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
- bozorni tahlil qilib, o‘zimizning tovarimizga o‘xshash namunasini topib olish; 
-  bizning  tovar  bilan  solishtiriladigan  tovarlardagi  asosiy  ko‘rsatkichlarni 
belgilash; 
- o‘zimizning tovarimizdagi integral raqobatbardoshlik xususiyatini aniqlash. 


 
154 
Raqobatning  asosiy  quroli  bo‘lib,  talabni  shakllantirish  va  sotishni 
rag‘batlantirish  vositalari  xizmat  qiladi.  Asosiy  axborotni  xaridorlar  tovar  ishlab 
chiqaruvchilardan  olishadi.  Xaridorlarni  asosan  tovarning  iste’mol  qiymati 
qiziqtiradi.  Raqobat  asosan  quyidagi  ko‘rinishlarda  bo‘lishi  mumkin:  tovarlarning 
xizmatlari  bo‘yicha,  bir  xil  ehtiyojni  qondirishga  qaratilgan  raqobat,  bir  xil  tovarni 
har  xil  firmalar  ishlab  chiqarish  orqali  bo‘ladigan  raqobat;  yoki  bir  xil  firma 
tomonidan har xil modifikatsiyada tovar ishlab chiqarish. 
Hozirgi  davrda  raqobat  o‘ziga  xos  qiyofa  kasb  etmokda.  Narxlar  sohasida 
raqobat  ishlab  chiqarishni  xarajatlar  eng  kam  bo‘ladigan  mamlakatlarda  yo‘lga 
qo‘yishni talab qiladi. 
Narx  bilan  raqobat  o‘tmishda  erkin  bozor  raqobati  bo‘lgan,  bozorda  bir  xil 
tovarlar  har  xil  narxlar  bilan  sotilgan  davrlarda  paydo  bo‘lgandi.  Ishlab  chiqaruvchi 
narxni pasaytirish bilan o‘z tovarini ajratib ko‘rsatishga, unga e’tiborni qaratishga va 
pirovard  natijada  o‘zi  istagan  bozor  hissasini  egallashga  erishgan.  Hozirgi  zamon 
bozor  sharoitlarida  narx  bilan  ochiq  raqobat  amal  qilmaydi,  chunki  ishlab 
chiqaruvchilardan biri  narxni pasaytirishi bilan  uning raqibi  ham shu  ishni qiladi, bu 
esa  firmaning  bozordagi  mavqeini  o‘zgartirmaydi,  balki,  umuman  tarmoqdagi 
foydaning  pasayishiga,  asosiy  fondlarni  yangilash  va  kengaytirish  uchun 
investitsiyalarning  kamayishiga  olib  keladi.  Natijada  kutilgan  yutuq  va  raqiblarni 
surib  chiqarish  o‘rniga  kutilmagan  sinish  yuz  beradi.  SHu  sababli  sanoat 
monopoliyalari  narxlarni  iloji  boricha  uzoqroq  ushlab  turishga,  tannarxni  hamda 
marketing xarajatlarini tobora pasaytirib, foydani ko‘paytirishga intiladi. Fan-texnika 
taraqqiyoti  yutuqlari  tufayli  raqobatning  narx  bilan  bog‘liq  bo‘lmagan  usullaridan 
foydalanishning qulay sharoitlari yuzaga keldi. 
Narxsiz  raqobatda  tovarning  narxi  emas,  balki  uning  yuqori  sifat,  past  iste’mol 
narxi,  zamonaviy  dizayn,  servis  xizmati,  ishlab  chiqargan  firma  shuxrati  raqobat 
kurashining asosiy omiliga aylanadi. 
Narxni  pasaytirib  bozorni  egallash  strategiyasini  o‘rganishda  quyidagi 
savollarga javob topiladi: 
-boshqa tovarlarni raqobatbardoshligini belgilovchi omillar qaysilar? 


 
155 
-raqobatchi-firmalarning  reklama  vositalari  va  sotishni  rag‘batlantirish  usullari 
qanday? 
-qaysi savdo belgilari ishlatilmokda? 
-raqobatchilar  tovarlarining  o‘ramasi-bezaklari,  dizaynida  nimalar  ko‘zga 
tashlanmokda? 
-tovarni  kafolatli  va  undan  keyingi  ishlatish  davrlarida  qanday  servis  taklif 
qilinmokda? 
-milliy savdo tarmoqlari orqali tovar sotilmokdami yoki firma o‘z shahobchasini 
ochganmi? 
-raqobatchilar  qo‘llayotgan  tovar  harakati  (transport,  zahiralar  hajmi,  omborlari 
va ularning joylanishi. 
Rossiyalik  olim  P.S.Zavyalov  fikricha  «Raqobatbardoshlik  deganda,  tovarning 
bozorda xaridorgirligini ta’minlaydigan iste’mol va qiymat tavsiflari majmuini, ya’ni 
o‘xshash raqobatchi tovarlarni ayirboshlashga taklif katta bo‘lgan sharoitlarda xuddi 
shu tovarni pulga ayirboshlanish qobiliyatini tushunmok lozim». 
Xaridorning  xarajatlari  ikki  qismdan  tashkil  topadi,  uning  bir  qismini  xarid 
xarajatlari  (tovar  narxi),  ikkinchi  qismini  uni  iste’mol  etish  bilan  bog‘liq  xarajatlar 
tashkil etadi. 
Raqobatbardoshlik keng tushuncha bo‘lib, unga ko‘plab omillar ta’sir etadi. 
Firmaning  raqobatbardoshligi  darajasini  baholashda  tarmoq  bozorida  raqobat 
kurashi  jadalligini  belgilaydigan  omillar  tahlil  uchun  asos  sifatida  xizmat  qiladi.  Bu 
omillarga quyidagilar kiradi: 
1. 
 
Raqobatchi firmalar soni, va ularni qiyosiy quvvati; 
2. 
 
Raqiblar harakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi;  
3. 
 
Bozordagi talab hajmini o‘rganish; 
4. 
 
Mahsulotni tabaqalashuvi darajasi; 
5. 
 
Iste’molchining bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga ko‘chish harakatlari; 
6. 
 
Bozordan chiqib ketish to’siqlari va ularning darajasi. 
7. 
 
Bozorga kirib kelish va uning darajasi. 
8. 
 
Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat. 


 
156 
9. 
 
Raqiblar strategiyasidagi farqlar. 
Ushbu  bozorda  raqobat  uchun  alohida  sabablarning  bo‘lishi,  raqobat  darajasi 
bozorning  alohida  bir  jalb  etuvchanlik  yoki  aksincha  bezdiruvchanlik  xususiyatlari 
bilan ham belgilanadi. 
J.J.Lamben  raqobatli  ustunliklarni  ikkita  keng  kategoriyalarga  guruhlaydi  – 
tashqi  va  ichki  raqobatli  ustunliklar,  ya’ni  firma  va  tovarni  raqobatdoshligini 
tavsiflovchi  raqobatli  ustunliklardir
15
.  Tashqi  raqobatli  afzallik  tovarni  «bozor 
kuchini  ifodalaydi,  ya’ni  u  bozorni  imtiyozli  raqobatchidagiga  nisbatan  yuqoriroq 
sotish  narxlarini  qabul  qilishga  majbur  qila  oladi  va  mavjud  tovarlardan  norozi 
bo‘lgan  xaridorlarning  istaklarini  aniqlash  va  qondirishdagi  afzalliklarga  tayanadi. 
Ichki  raqobatli  afzallik  firmaning  ishlab  chiqarish  xarajatlari,  raqobatchidan  ko‘ra 
kamroq  tannarxga  erishishga  imkon  beruvchi  va  ishlab  chiqaruvchi  uchun  qiymat 
hosil  qiluvchi  tovarga  asoslangan  hamda  sotish  narxlarining  bozor  yoki  raqobat 
tomonidan pasaytirilishiga ko‘proq darajada bardoshli qiluvchi yuqoriroq unumdorlik 
oqibatidir». 
Tovarni  jalb  etuvchanligi  va  raqobatbardoshligini  ifodalovchi  omillar 
klassifikatsiyasi sxemasini zanjir ko‘rinishida ko‘rsatish mumkin: narx – sifat – servis 
– marketing muhiti. 
Raqobatbardoshlik  sifat  va  qiymat  omillari  bilan  bog‘liqdir.  Ular  sifat, 
iqtisodiyot va marketing ko‘rsatkichlari yordami bilan to‘liq tavsiflanishi mumkin. 
 

Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish