www.ziyouz.com
кутубхонаси
30
hamda uning uchun har tomonga kezib yurishni taqiqlab qo'ydi. Shunday bo'lgach,
u kimu Simurg'ni izlab Qof tog'iga borish nima?!
LXXIII
Hudhudning Xo’rozga javobi
Hudhud shunday dedi:
- Agar kishi o'z holidan bayon qilib, bir so'z aytsa, bu besabab bo’lmaydi.
Darhaqiqat, shunday qush ham borki, u qanot qoqib uchmasdan turib, yettinchi
osmondagi sidra daraxtining shoxi ustida makon tutadi. U anjumanni o'ziga xilvatgoh
etadi, lekin sayr etadigan yeri doim o'z vatani bo'ladi. Garchi u zimdan Arshga parvoz
etib, sidra daraxtiga qo'nsa-da, o'zining bu parvozini elga oshkor etmaydi. U Simurg'dan
bir nafas ham ayriliqqa emas, uning vaslidan ko'nglida o'zga olam jilvalanadi. Uning
hajridan joniga shikast yetmaydi, shakli esa uning vaslida doim naqshlanib turadi. Boshi
uzra ehsonli toju o'zi vasl me'rojida jilva qiladi. Vasldan mamnun bo'ladi, ammo damini
ichiga yutadi va o'zgalardan holini yashirin saqlaydi. Vaslning yuz ming durridan
ko'nglida jo'shqinlik sodir bo'lsa-da, og'zi sadaf yanglig' yopiq turadi.
Ammo lekin, sen, ey ovozi yoqimsiz qush, unday qush emassan! Balki har xil yolg'on
va behayo so'zlami so'zlaguvchisan! Kecha-kunduz haddan tashqari fisqu fujurga berilib,
asossiz g'avg'o va qichqirishlar bilan vaqtingni o'tkazasan. Yuz xil yomonliklar
ko'rsatasanu yana o'zingni yaxshilarga nisbat berasan. Bugun esa shunchalik sustkashlik
ayon etdingki, bu ishing bilan, sen, ey makiyon, o'zingni xo'roz deb atama!
LXXIV
Qushlar Hudhuddan o'zlarining Simurg’ga bo'lgan nisbatlarini so 'raganlari
Shunday qilib, har bir qush Hudhudga bir uzr bilan murojaat etdi va Hudhud ularga
tegishli javobni qaytardi. Hudhud so'zlari qarshisida qushlar ojiz qolib, boshqa uzr
aytishga ularda mayl qolmadi. Ularning barchasi Hudhud oldida bechorahol bo'lib, unga
shunday savol berdilar:
- Ey zotiga raislik gavhari, boshiga to'g'ri yo'l ko'rsatish toji loyiq bo'lgan qush! Sen
necha biyobonlarni kezib chiqqansan, maslak yo'lida imkon boricha e'tiqodda mahkam
turgansan va bu yo'lning xavf-xatarini boshdan-oyoq bilasan, xavfning oldini olishda
yuqori darajaga erishgansan.
Biz esa zoru zabun va ojiz bir to'damiz, sho'rpeshonaligimiz sababli qora baxtimiz
hammamizni xor ayladi. Bu sir ko'nglimizga ravshan bo'lmadi, chunki jaholatimiz
ko'pdan-ko'pu ilmimiz ozdan-ozdir. Agar u kamolot osmonidagi porloq quyosh bo'lsa, biz
zarra kabi sargashtayu sarsonrniz, ahvolimiz afsus chekarli bir holatda. U oliy charxdan
ham yuqoriroqda o'rin tutadi; uning dargohi kenglik ichra Arshga qadar bo'lgan olis
masofadan ham kengroqdir! U to'qqiz falakdan ham ortiq turadi, biz esa oddiy bir
xasdan ham kamroqmiz. Biz bilan uning o'rtasidagi nisbat nimadan iborat? Yo bu nisbat
ichra hikmat nedir? U podshoh shohlarning shohi bo'lsa-yu, biz yo’lda yotgan tuproqdek
gadolarning gadoyi bo'lsak. Bizga bu ishlar juda qorong'u: ularni bizga ma'lum et,
aqlimiz uni idrok etishdan ojizlik qilmoqda. Biz bir haqir bo'lsagu u oliy bir zot bo'lsa,
aytgin-chi, qatraning dengizga nisbati ne bo'ladi?
LXXV
Hudhudning qushlarga javobi va Simurg' zuhuridan xitobi
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |