www.ziyouz.com
кутубхонаси
29
O'rdak o'z so'zlarini shunday boshladi:
— Ey saodatli zot! Mening hayotim suv bilan tirik. Undan ayriliqqa tushsam, xuddi
suvdan yiroq tushgan baliq kabi qayg'uga botaman. Zotim suv ichida taskin topib keldi,
shuning uchun ham o'zimni pok tutib yurishni odat qilib olganman. Suv tufayli poklikni
qozondim, shuning uchun ham vasfiga husn egasi loyiq bo'ldi. Agar bir lahza tiniq suv
ichida bo'lmasam, uning furqatida yuz mojaro qilgim keladi. Suv ichida mavjdan
joynamoz solaman va o'sha ko'zguda maqsadim yuz ko'rgizadi. Mening asl maqsadimga
yetmoqlik suvdadir, bas, shunday ekan, boshqa yoqqa uchib ketmoqlik men uchun
xatodir.
LXX
Hudhudning O'rdakka javobi
Hudhud shunday dedi:
— Aytgan so'zlaringning hammasi xatodan iborat. Sening aqlingni suv mutlaqo yuvib
ketibdi. Suvda joynamoz soldim deding, Boyo'g'li holidan balki g'ofil edingmi?! Men
suvda
doimo pokman deb lof urma! Suvda o'zingni gunohlardan holi deb ham hisoblama! Agar
chindan ham pok bo'lsang, unda nega kecha-kunduz suvga sho'ng'iysan?! Kimki o'z
nafsi uchun fisq tuxmini sepsa, ulardan qutulmoq uchun suvga sho'ng'iydi. Axir bu
qanday gap, qanday holki, sen tun-kun suvga sho'ng'iginu pok bo'lmasang. Agar haqiqiy
er bo'lsang, oldingda fano (yo'qlik) dengizi turibdi, unga sho'ng'iginu o'zingni yorga
oshno qil!
LXXI
Hikoyat
Hind dengizida bir savdogar bor edi. U savdo-sotiq ishlarida juda mohir edi. Uning
dimog'iga savdo moyasi o'rnashib olib, suvga g'arq bo'lish xayoliga ham kelmasdi. Bir
mamlakatda o'n kun turmas, savdosi tugagach, yana suv sari yo'l tutar edi. U dengizni
har xil ofatlardan holi deb o'ylab, yillar shu yanglig' safar qildi. U Makka atrofini suvda
necha bor aylanib o'tgan bo’lsa-da, uning yaqiniga yetgach, o'z farziivi ado etmay
qaytardi. Kishilar unga hajni ham bajarish kerak, deb aytar edilar. Ammo pul hirsi
savdogarni u tomon borishga yo'l qo'ymas edi. ,
Bir kun dengizda bo'ron ko'tarildi. U tushgan kema goh osmonga sapchir, goh pastga
tushib ketar edi. Savdogar savdo ishlariga g'arq bo'lganidek uning kemasi ham dengizda
g'arq bo'ldi. Dengizda suzish xayoli haj sari yo'l bermadi. Oxir-oqibatda u katta bir
baliqqa yem bo'ldi.
LXXII
Xo’roz uzri
Xo’roz o'z uzrini shu tarzda oshkor etdi:
- Ey qushlar ichra rais va toj egasi! lkkalamizga ham haq toj nasib etgan bo'lsa-da,
lekin har birimizga boshqa-boshqa ishni belgilagan. Senga u rahbarlikni ato qilib,
qushlarga raisu peshvo qildi. Menga esa elni tong va oqshomda muttasil toat qilishga
chorlash uchun dilkash kuy berdi. Butun yovvoyi hayvonlar va qushlarni yaratuvchi meni
bir yerda muqim turadigan, seni esa sayr qilib yuradigan qildi. Chunki xo'rozning erlikda
omadi yurishib, bu sohada ilg'or bo'lganidan haq unga bir necha go'zal kelin ato etdi
Lisonut-tayr. Alisher Navoiy
Do'stlaringiz bilan baham: |