B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Darsga  tayyorlanish
  –  o’qituvchi  tomonidan  muayyan  sharoitlarda  yuqori 
yakuniy  natijaga  erishishni  ta’minlaydigan  o’quv  jarayonini  tashkil  etish 
choralarining  ishlab  chiqilishi.  O’qituvchining  darsga  tayyorlanishi  quyidagi  to’rt 
bosqichda  kechadi:  1)  ma’lumotlarni  yig’ish;  2)  ma’lumotlarni  umumlashtirish  va 
tahlil qilish; 3) bashoratlash; 4) loyihalash (rejalashtirish). 
 


 
44 
Darslik 

 
muayyan  o’quv  fani  bo’yicha  ta’lim  maqsadi,  o’quv  dasturi  va 
didaktik talablarga muvofiq belgilangan ilmiy bilimlar to’g’risida ma’lumot beruvchi 
manba.  U  mazmuni,  tuzilishiga  ko’ra  o’quv  dasturiga  mos  keladi.  O’qitish 
vositalaridan  biri  sifatida  darslik  ta’lim  mazmuniga  qo’yiladigan  barcha  talablarga 
javob  bera  olishi,  ma’lumotlar  o’quvchilar  uchun  qiziqarli,  iloji  boricha  qisqa, 
tushunarli, ko’rgazmali, estetik xususiyatga ega bo’lishi bilan birga quyidagi didaktik 
vazifalarni  bajaradi:  rag’batlantirish  (o’quvchilarni  fanni  o’rganishga  yo’naltirish, 
ularda  fan  asoslarini  o’zlashtirishga  nisbatan  ijobiy  munosabat  va  qiziqishni 
shakllantirish);  axborot  uzatish
 
(o’quvchilarga  axborotlarni  yetkazish,  samarali 
usullar  yordamida  ularning  bilimlari  hajmini  kengaytirish);  nazorat-tuzatish  (mashq 
qilish;
 
ta’lim  jarayoni,  uning  natijalarini  tekshirish,  o’quvchilarda  o’zini  baholash, 
tuzatish  layoqati  va  zarur  ko’nikma,  malakalarni  shakllantirish  uchun  mashqlarini 
tavsiya etish); muvofiqlashtirish (material ustida ishlash jarayonida ta’limning boshqa 
vositalari  (xaritalar,  ko’rgazmali  materiallar,  diapozitiv  va  h.k.)ni  jalb  etish); 
rivojlantirish-tarbiyalash
 
(darslik mazmunining o’quvchilarga ma’naviy-axloqiy ta’sir 
ko’rsatishi,  kitoblar  bilan  ishlash  jarayonida  ulardan  mehnatsevarlik,  faol  fikrlash, 
ijodiy  qobiliyat  kabi  sifatlarni  shakllantirish);  o’qitish  (darslik  bilan  ishlashda 
mustaqil bilim olish uchun zarur bo’lgan konspekt yozish, umumlashtirish, asosiysini 
ajratib ko’rsatish, mantiqiy eslab qolish kabi malakalarni rivojlantirish). 
Darslikni yaratishda quyidagi shartlar inobatga olinishi lozim: 1. Har bir o’quv 
predmeti  uchun  yaratiladigan  darslikda  ilmiy  bilimlar  tizimi,  uning  hajmi  tegishli 
o’quv  dasturi  talablariga  va  u  mo’ljallangan  o’quvchilarning  yosh  xususiyatlariga 
mos  kelishi  kerak.  2.  Darslikda  bayon  qilingan  ilmiy  bilimlar  nazariy,  g’oyaviy 
jihatdan  tizimli,  izchil,  keltirilayotgan  dalil,  isbotlar  ishonchli  bo’lishi,  ular  to’g’ri 
tahlil  qilinishi,  aniq  ta’rif  etilishi,  mavzular  yuzasidan  zarur  xulosalar  chiqarilishi 
asosida  ta’lim  oluvchilarda  dunyoqarash,  ma’naviy-axloqiy  sifatlar  hamda  e’tiqodni 
tarbiyalay  olishi  lozim.  3.  O’quv  darsliklarida  bayon  etilayotgan  bilimlar  amaliyot 
bilan bog’lanishi, jamiyat hayotining barcha – ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy sohalarida 
erishilgan  yutuqlarni  tavsiflaydigan  dalillar  bilan  boyitilishi,  ularning  tahlili  bilan 
asoslanishi  zarur.  4.  Darsliklarda  bayon  qilinayotgan  mavzular  o’quv  materialining 
xarakteriga bog’liq holda tegishli qoida va ta’riflar berilishi, dalillar keltirilishi, ba’zi 
materiallar rasm, surat, sxema, diagramma va  b. tasvirlar bilan boyitilishi maqsadga 
muvofiqdir.  5.  Bayon  qilinayotgan  materiallar  o’quvchilarga  tushunarli  bo’lishi, 
lo’nda,  ixcham  jumlalar  asosida  yoritilishi  kerak.  6.  Darslikning  tashqi  ko’rinishi, 
bezagi  muayyan  yosh  davri  ta’lim  oluvchilarining  estetik  didlariga,  psixologik 
xususiyatlariga  mos  kelishi  lozim.  7.  O’quv  darsliklarining  tegishli  yosh  davri 
o’quvchilari uchun joriy qilingan gigiena qoidalariga muvofiq bo’lishi talab qilinadi. 
8.  Darsliklar  fanda  isbot  qilinmagan,  ma’lum  ta’rif  va  qoidalarga  ega  bo’lmagan, 
muammoli masalalardan  holi bo’lishi zarur. 
Namunaviy  o’quv  dasturlari  asosida  yaratilgan  darsliklar  tegishli  ravishda 
Respublika  Oliy  va  o’rta  maxsus  ta’lim  yoki  Xalq  ta’limi  Vazirliklari  tomonidan 
muayyan ta’lim muassasalari uchun tavsiya etiladi. 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish