B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet426/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
dasturda
 
o’quv fanining ma’lum ta’lim muassasasi, uning bosqichlarining maqsadi va 
vazifalari,  uzluksiz  ta’lim  tizimining  muayyan  bo’g’inida  o’quvchilar  ning  ong, 
dunyoqarashiga  mos  keladigan  bilim  hajmi  –  fan  asoslarining  yoritilishini  ham 
ifodalaydi.  Ilmiy  bilimlar,  fan,  texnika  va  texnologiya  sohalarining  tobora 
rivojlanishi,  ishlab  chiqarishda  erishilayotgan  yutuqlarga  tayangan  holda  o’quv  va 
mutaxassislik  predmetlari  mazmuniga  ham  o’zgarishlarning  kiritib  borish,  davr 
nuqtai  nazardan  eskirgan  masalalarni  o’quv  fan  tartibidan  olib  tashlash  zarurligini 
ko’rsatadi. 
2.
 
G’oyaviylik  tamoyili.  O’quv  dasturlariga  kiritilgan  materiallarning  ilmiyligi 
o’z  navbatida ularning  muayyan  g’oyalarga  tayanilishini ham  belgilaydi.  SHu  bilan 
birga  zamonaviy  sharoitda  respublika  uzluksiz  ta’lim  tizimi  faoliyatini  ifodalovchi 
o’quv  dasturlari  mazmunan  milliy  istiqlol  g’oyasi  asoslari,  ijtimoiy,  iqtisodiy  va 
madaniy  rivojlanish  yo’nalishlari,  barkamol  avlod  va  malakali  mutaxassisni 
tarbiyalashdan  iborat  ijtimoiy  maqsadni  ham  yorita  olishi  lozim.  O’quv     
dasturlarining  g’oyaviyligi quyidagilar bilan belgilanadi: 1) o’quv materiallari to’g’ri 
tanlangan  bo’lishi,  dalillar  ilmiy  asoslanishi,  umumlashtirilishi,  ijtimoiy  rivojlanish 
maqsadlarga  mos  ekanligini  tavsiflay  olishi;  2)  o’quvchilarni  zamonaviy  bilimlar 
bilan  qurollantirish  asosida  ularning  ilmiy  dunyoqarashlarini  shakllantirish;  3) 
ma’lum  bir  sinf  (guruh)  o’quvchilarining  yosh  xususiyatlari,  bilim  saviyalarini 
inobatga  olgan  holda  ularga  mos  bilimlarni  berish,  yuksak  ma’naviy-axloqiy 
sifatlarni shakllantirish. 
3.
 
Nazariya  va  amaliyot  birligi  tamoyili.  Ushbu  tamoyil  ilmiy  bilimlarning 
zamonaiy  turmushda  tutgan  o’rni  va  ahamiyatini,  nazariy  bilim,  amaliy  ko’nikma, 
malakalarning  o’zaro  aloqadorligini  ko’rsatib  berilishida,  bilimlarni  amaliyotda 
bevosita  qo’llay  olinishini  ta’minlashda  aks  etadi.  Umumiy  o’rta  va  o’rta  maxsus, 
kasb-hunar  ta’limi  mazmunini  ifodalovchi  o’quv  dasturlarida  tabiiy,  ijtimoiy  hamda 
gumanitar fanlar asoslari bilangina tanishtirish ko’zda tutilmaydi, balki ular bo’yicha 
o’quv  xonalari,  laboratoriya,  ustaxonalar,  tajriba  yer  maydonlarida  olib  boriladigan 
amaliy  tajribalarni  o’tkazish,  oila  xo’jaligini  yuritish,  bozor  munosabatlarini  tashkil 
etish  jarayonida  faol  qatnashishga  doir  amaliy  ko’nikma  va  malakalar  bilan 
qurollantirish ham nazarda tutiladi. 
4.
 
Ta’lim  va  tarbiya  birligi  tamoyili.  Bu  tamoyil  uzluksiz  ta’lim  tizimi 
faoliyatini  tashkil  etishda  ta’lim  va  tarbiya  jarayonlarining  o’zaro  ajratilmasligi, 
alohida-alohida  tashkil  etilmasligi,  aksincha,  o’zaro  birlik  hamda  aloqadorlikda  olib 


 
235 
borilishi  lozimligini  anglatadi.  Unga  ko’ra  o’quv  mashg’ulotlari  davrida 
o’quvchilarga  berilayotgan  bilimlar,  ularda  hosil  qilinayotgan  amaliy  ko’nikma, 
malakalar muayyan  ma’naviy-axloqiy,  jismoniy,  mehnat, estetik, ekologik, huquqiy, 
iqtisodiy  va  b.  sifatlarni  shakllantirish,  umumiymadaniyatni  shakllantirishga  xizmat 
qilishi  lozim.  Ma’naviy-ma’rifiy  ishlarni  tashkil  etish  davrida  ham  o’quvchilarga 
berilayotgan  ma’lumotlar  ularning  ongini  boyitishi,  dunyoqarashini  kengaytirishi, 
madaniy hulq-atvor ko’nikmalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi zarur.   
5.
 
Tizimlilik tamoyili.
 
O’quv dasturlari o’quv predmetlarining muayyan tizimini 
inobatga olgan holda ishlab chiqiladi. Mazkur tamoyilga ko’ra umumiy o’rta va o’rta 
maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida  o’qitiladigan  umumiy  va  mutaxassislik 
fanlari  bo’yicha  bilimlarning  oddiydan  murakkabga,  quyidan  yuqoriga,  osondan 
qiyinga sari rivojlanib borishini nazarda tutadi.
  
6.
 
Tarixiylik  tamoyili.  Bu  tamoyil  o’quv  yoki  mutaxassisliklar  fanlarini 
o’qitishda  tanyach  tushunchalar,  ilmiy  bilimlar  tizimining  shakllanishi,  bugungi 
kundagi ahamiyatiga doir bilimlarning berilishini nazarda tutadi. Qolaversa, ijtimoiy 
va  gumanitar  fanlar  bo’yicha  ilmiy  bilimlarning  muayyan  izchillik,  muntazamlik 
asosida yoritilishini ifodalaydi. Tabiiy fanlarda esa ma’lum bir ilmiy hodisa, qoida va 
qonunlarning  paydo  bo’lishi,  ularning  istiqbol  rivojlanishiga  oid  ma’lumotlardan 
o’quvchilarning xabardor etilishi ko’zda tutiladi. 
Tegishli  fanga  oid  voqea,  hodisa  va  dalillar  tarixiy  rivojlanishining  obyektiv, 
haqqoniy  yoritilishi  o’quvchilarda  tabiiy,  ijtimoiy  borliqqa  nisbatan  to’g’ri 
munosabatni  shakllantiradi,  har  qanday  voqelikka  obyektiv  baho  bera  olish 
ko’nikmalarini shakllantiradi.         
7.
 
 O’quv  predmetlarining  o’zaro  bog’liqligi  tamoyili.  Ayrim  o’quv  fanlarida 
ularning  xususiyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  ba’zi  mavzularni  birdek  o’rganishga 
to’g’ri keladi.  Ana  shu  vaziyatda  bir predmet  bo’yicha o’rganilgan  ma’lumotlarning 
ikkinchi predmetda qayta takrorlamagan holda mavjud bilimlarni yanada boyituvchi 
materiallar  asosida  mustahkamlash,  takomillashtirib  borish  maqsadga  muvofiqdir. 
Ushbu tamoyil ana shunga xizmat qiladi.   
8.
 
O’quvchilarning  yosh  xususiyatlarini  hisobga  olish  tamoyili.
 
Har  bir  o’quv 
predmeti  yuzasidan  berilayotgan  materiallarning  o’quvchilar  yosh  xususiyatlariga 
mos  kelishi  ular  tomonidan  bilimlarni  zo’riqishlarsiz,  qiyinchiliklarsiz,  oson 
o’zlashtirilishini 
ta’minlaydi. 
Dastur 
materiallarining 
o’quvchilar 
yosh 
xususiyatlariga  to’g’ri  kelmasligi,  hajmining  haddan  ziyod  oshib  ketishi  
o’quvchilarning zo’riqishiga olib keladi, natijada bilimlarni o’zlashtirish qiyinlashadi. 
Bilimlarni o’zlashtirishda qiyinchiliklarning yuzaga kelishi, ularning doimiy ravishda 
kuzatilishi o’quvchilarda o’quv predmetiga bo’lgan qiziqishni susaytiradi. Bora-bora 
bu  holat  o’quvchida  predmetni  o’zlashtirishga  nisbatan  “sovuq  munosabat”ni 
shakllantiradi.  Shu  sababli  o’quv  materiallarining  tizimi,  hajmi  va  shakli  muayyan 
sinf (yoki guruh) o’quvchilarining yosh xususiyatlariga mos kelishi lozim. 
9.
 
O’quvchilar  tarbiyasining  ijtimoiy  maqsadlarga  mos  kelishi.  Umumiy  o’rta 
va  o’rta  maxsus,  kasb-hunar  ta’limi  muassasalarida  tashkil  etiladigan  o’quvchilar 
tarbiyasi  ijtimoiy  maqsad  –  barkamol  avlod,  malakali  mutaxassisni  tayyorlash 
negizida  amalga  oshirilishi  lozim.  Jamiyat  tomonidan  uzluksiz  ta’lim  tizimi  oldiga 
qo’yilgan mazkur maqsad eng muhim masala bo’lib, unga erishish ijtimoiy, iqtisodiy 


 
236 
va  madaniy  rivojlanishning  asosiy  kafolati  bo’la  oladi.  Shu  bilan  birga  ta’lim 
muassasalarining  pedagogik  faoliyati  bozor  munosabatlari  talablariga,  kuchli 
raqobatga  bardoshli  mutaxassis,  milliy  hamda  umuminsoniy  qadriyatlarga  negizida 
voyaga yetkaziladigan barkamol inson tarbiyasini tashkil etishga yo’naltirilishi zarur.    
O’quv dasturida o’quv materialining muayyan ta’lim bosqichining har bir yili va 
har  bir  guruh  (yoki  sinf),  kurs  bo’yicha  taqsimlanishi  asoslab  beriladi.  Dasturda 
ko’rsatilgan  bilim,  ko’nikma,  malakalarning  o’quvchilar  tomonidan  to’la 
o’zlashtirilishi  o’qitish  jarayonining  muvaffaqiyati  va  samaradorligini  belgilovchi 
asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi. 
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   422   423   424   425   426   427   428   429   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish