B abdullayeva, M. Usmonbayeva, O’. Asqarova, F. Ehsonova, S. Hakimov



Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/478
Sana05.01.2022
Hajmi2,85 Mb.
#319548
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   478
Bog'liq
pedagogik-luat-izoxli-lugat

 
Avloniy,  Abdulla 
(1878-1943  y.y.)
 

 
taniqli  adib,  muallim,  jadidchilik 
harakatining rahbarlaridan biri va davlat arbobi. Yosh Abdulla dastlabki xat-savodni 
7  yoshida  O’qchi  mahallasidagi  maktabda,  so’ngra  shu  mahallada  joylashgan 
madrasada  chiqargan.  Biroq,  1891  yildan  boshlab,  tirikchilik  og’irlashganligi  bois 
o’qishni biroz davom ettirib, ishlashga majbur bo’ldi. Keyinchalik o’qishni butunlay 
tashlashga  to’g’ri  keldi.  Adabiyotga  havas  ana  shu  yillarda  tug’ildi.  Sharq  mumtoz 
adabiyoti vakillarining asarlarini, fors tilini katta ishtiyoq bilan o’rgandi. A.Avloniy 
dastlabki  she’rini  1894  yilda  yozgan  bo’lsa-da,  biroq,  uning  1905  yildan  keyin 
yaratgan asarlari saqlanib qolgan.  
1904 yilda A.Avloniy Mirobodda yangi usulda faoliyat ko’rsatadigan maktabni 
ochgan  (maktab  1908  yilda  yopilgan).  1907  yilda  uning  muharrirligida  “Shuhrat” 
gazetasining  birinchi  soni  chop  etilgan.  Gazeta  sahifalarida  aholini  savodli  qilish, 
eskicha  yashash  tarzidan  voz  kechgan  holda  ilm-ma’rifatni  o’rganish  asosida  yangi 


 
27 
hayotga  erishish,  yangi  usuldagi  milliy  maktablarni  ochish  g’oyalari  targ’ib 
etilganligi  sababli  hukmron  hukumat  (Turkiston  general-gubernatorligi)  tomonidan 
berkitilgan. 1909 yilda “Jamiyati xayriya” tashkilotini tashkil etdi. “Jamiyati xayriya” 
tashkiloti  mahalliy  xalq  bolalarining  ta’lim  olishi  uchun  mablag’  to’plab,  u  bilan 
maktablarni ta’minlar edi. 
Shu  yili  A.Avloniy  Degrez  mahallasida  maktab  ochadi.  Muallimlik  faoliyati 
jarayonida  darsliklarni  yaratishga  nisbatan  katta  ehtiyoj  borligini  his  qilgan  adib 
1909-1917  yillar  davomida  o’ndan  ortiq  darsliklarni  yaratishga  muvaffaq  bo’ldi. 
Ular: “Birinchi muallim” (1909 yil), “Ikkinchi muallim” (1912 yil), “Turkiy guliston 
yoxud  axloq”  (1913  yil),  “Maktab  gulustoni”  (1916  yil),  “Adabiyot  yoxud  milliy 
she’rlar” (1909-1915 yillar) darslik va to’plamlarni yaratdi.      
1913  yilda  tashkil  etilgan  “Turon”  jamiyatining  tashkilotchilaridan  biri  bo’ldi. 
Jamiyatning  maqsadi  aholi  o’rtasida  sahna  tomoshalari  orqali  madaniy  turmushni 
targ’ib  etish,  moddiy  va  ma’naviy  aholni  yaxshilashga  da’vat  etishdan  iborat  edi. 
Jamiyat negizida “Turon” nomli truppa ham tashkil etilgan bo’lib, adib truppa uchun 
“Advokatlik  osonmi?”,  “Pinak”,  “Biz  va  Siz”,  “Ikki  sevgi”,  “Po’rtugaliya  inqilobi” 
kabi pyesalarni yozgan. “Qotili Karima”, “Uy tarbiyasining bir shakli”, “Xiyonatkor 
oilasi”,  “Badbaxt  kelin”,  “Xo’r-xo’r”,  “Jaholat”,  “O’liklar”  kabi  sahna  asarlarini 
tatarcha, ozarbayjonchadan tarjima qilgan.  
A.Avloniy  1917  yilda  “Turon”  gazetasini  nashr  etgan  bo’lsa,  1918  yilda 
“Ishtirokiyun”  gazetasini  tashkil  etishda  faol  ishtirok  etib,  unga  muharrirlik  qilgan. 
Adib  1919-1920  yillarda  Sho’ro  hukumatining  Afg’onistondagi  elchisi  lavozimida 
ishlagan.  1921  yilda  “Kasabachilik  harakati”  jurnalida  bosh  muharrir,  1923-1924 
yillarda Toshkentning Eski shahrida joylashgan xotin-qizlar va erlar bilim yurtlarida 
mudir,  1924-1929
 
yillarda  esa  harbiy  maktabda  o’qituvchi,  1930-1934  yillarda  esa 
O’rta  Osiyo  davlat  universitetining  “Til  va  adabiyot”  kafedrasida  rahbar 
lavozimlarida faoliyat olib borgan.  
1914-1915  yillarda  A.Avloniy  advokat  U.Xo’jaev  bilan  “Sadoyi  Turkiston” 
gazetasida  hamkorlikda  muharrir bo’lib  ishlagan.  1917  yil  Fevral  inqilobidan  keyin 
“Turon”  gazetasi  chiqishini  yo’lga  qo’ygan.  Tez  orada  gazetadan  katta  ta’ziqlar 
tufayli  ishdan  ketishga  majbur  bo’lgan  alloma  1933  yilda  VII  sinf  uchun  o’qish 
xrestomatiyasini yaratib, chop ettirdi.        
A.Avloniy  1930  yilda  O’rta  Osiyo  davlat  universiteti  (O’ODU  –  SAGU) 
“Pedagogika”  fakultetining  “Til  bilimi”  kafedrasi  professori  ilmiy  unvonini  olgan. 
Shu  yillarda  ilmiy  xodimlar  seksiyasida,  O’zdavnashrda,  Respublika  terminologiya 
komitetida, Davlat ilmiy kengashida masul vazifalarda ishlagan.  
Mahoratli  adib,  mohir  pedagog  A.Avloniy  1927  yilda    “Mehnat  qahramoni”, 
1930  yilda  esa  “O’zbekiston  xalq  maorifi  zarbdori”  faxriy    unvonlari  bilan 
taqdirlangan. A.Avloniy 1934 yilning 25 avgustida vafot etgan. 
Allomaning  fikricha,  tarbiya  bizlar uchun  yo  hayot  –  yo  mamot, yo  najot  –  yo 
halokat, yo saodat – yo  falokat masalasidur. Dars ila tarbiya orasida bir oz farq bor 
bo’lsa  ham,  ikkisi  bir-biridan  ayrilmaydurgan,  birining  vujudi  biriga  boylangan  jon 
ila tan kabidur. 
A.Avloniy  so’zlashuv  odobiga  katta  ahamiyat  qaratadi.  Uning  fikricha,  so’z 
insonning  axloqiy  yetuklik  darajasini  belgilab  beradigan  o’lchov  asbobidir.  So’z 


 
28 
insonning daraja va kamolini, ilm va fazilini o’lchab ko’rsatadurgan tarozusidir. Aql 
sohiblari  kishining  tilidagi  fikr  va  niyatini,  ilm  va  quvvatini,  qadr  va  qiymatini 
so’zlagan so’zidan bilurlar: “Quruq so’z quloqqa yoqmas”, - demishlar. Agar so’z aql 
va  hikmatga  muvofiq  bo’lib,  o’ziga  yoki  eshituvchiga  bir  foyda  chiqadurgon 
bo’lmasa, asalarilari orasida g’ung’urlab yurgan qovoqari kabi quruq g’ung’urlamoq 
faqat  bosh  og’rig’idan  boshqa    narsa  emasdur.  Boshimizga  keladurgan  qattiq 
kulfatlarning  ko’pi  yumshoq  tilimizdan  keladur.  Shuning  uchun:  “Ko’p  o’yla,  oz 
so’yla”, - dermishlar. Tillarning eng yaxshisi so’zga usta til, so’zlarning eng yaxshisi 
bilub va oxirini o’ylab so’ylangan so’zdur. 
Go’zallik yuzda emas, ey birodar, 
So’zi shirin kishi har kimga yoqar. 
So’zing oz bo’lsinu ma’noli bo’lsun, 
Eshitkanlar qulog’i durga to’lsun. 
So’zing bo’lsa kumush, jim turmak oltun, 
Misi chiqg’ay, so’zing ko’p bo’lsa, bir kun. 
Ko’paygan so’zni bo’lg’ay to’g’risi oz, 
Shakarning ko’pidan ozi bo’lur soz. 
Adub  “Turkiy  guliston  yohud  axloq”  asarining  “Axloq  tarbiyasi”  bo’limida 
bolalarda  axloqiy  fazilatlarni  tarbiyalashda  o’qituvchining  roli  beqiyos  ekanligini 
aytadi.  Shuning  uchun  uning  o’zi  tarbiyali,  bilimli  bo’lishiga  nisbatan  yuksak 
talablarni qo’yadi.  ...  Tarbiya  qiluvchi  muallimlarning o’zlari  ilmlariga  omil  bo’lib, 
shogirdlarga  bergan  darslarini  amal  ila  choqushturub  o’rgatmaklari  lozimdur.  Bu 
ravish  ta’lim  ila  berilgan  dars  va  ma’lumot  shogirdlarning  diliga  tez  ta’sir  qilub, 
mulloyi boamal bo’lurlar. 
Rasuli  akram  nabiyyi  muhtaram  sallallohu  alayhi  vasallam  afandimiz:  “Eng 
yomon  kishilar  ilmiga  amal  qilmaydurgan  kishilar”,  -  dermshlar.  Agar  tarbiya 
qiluvchi muallif o’zi olim bo’lib, amalsiz bo’lsa, buning ham shogirdlarning axloqiga 
zo’r ta’siri bo’ladur. “Domlaning o’zi falon joyda falon ishni qildi. Ammo bizlarga 
qilmanglar,  haromdur,  deb  va’z  aytadur”,  deb  fikr  va  xayollariga  bo’yla  shak  va 
shuhba tushub qoladur. 
Minbar uzra jilva aylab va’z etarlar qilma deb,  
O’zlarin xilvatda ko’rsang, oni qilmoqda emish. 
Ilma suv derlar biza oltun-kumush asbobda,  
Bilsamiz maqsudlari qo’ltiqg’a urmoqda emish. 
O’z  asarlarida  alloma  har  bir  mutaxassis  o’z  vazifasini  sidqidildan  ado  etishi, 
kasbiga  fidoiy  bo’lishi,  agar  u  murabbiy  bo’lsa,  o’z  shogirdlarining  ko’ngliga 
ma’rifat  ishqini solishi, xalq o’rtasiga ma’rifat tarqatishi zarurligini uqtiradi. 
 

Download 2,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   478




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish