DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI
Fan
O‘quv dasturidagi joyi (tartib raqami)
Dars mavzusi
Davomiyligi
Dars
maqsadi:
Didaktik(ta’limiy)
Rivojlantiruvchi
Tarbiyaviy
Kutilayotgan natija
DARS JIHOZI
Didaktik materiallar
Ta’limning texnik vositalari
DARS MAZMUNI
t/
b
№
Bosqichlar
Vaqt
Metod va faoliyatning tavsifi
Tashkiliy
O‘tilganlarni
takrorlash
Yangi mavzu
Amaliy
topshiriqlar
Nazorat
Dars yakuni
Darsning texnologik xaritasi va dars rejasi (konspekti) mazmuninining ijobiy (+) va
salbiy (-) tomonlarini aniqlang. So‘ngra plyus va minuslar soniga qarab eng maqbul
yondashuvni tanlang. Har bir yondashuv bo‘yicha tadqiqot natijalarini jadvalga
kiriting. Ushbu taqqoslash tahlilini o‘tkazish uchun «qarorlar daraxti» metodidan
foydalaning.
19
Dars rejasi (konspekti)
Darsning texnologik xaritasi
(+)
(-)
(+)
(-)
MENING TANLOVIM:
MAVZU: INTERFAOL TA’LIM, UNING SHAKLLARI VA
ISHTIROKCHILARI.
Interfaol metodlarning ta’lim va tarbiya jarayonidagi o’rni va
imkoniyatlari
Interfaol metod – ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi
faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish,
shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari:
norasmiy bahs-munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va
ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko’pligi,
o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta
guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va
boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini
oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega.
Interfaol mashg’ulot samaradorligi omillari
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan
biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan
o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq
foydalanmoqdalar.
Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil
qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila
bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib,
rivojlanib boradi.
Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional
sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum
taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya-borliqning murakkab tuzilgan
sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari
rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.
Unga ko’ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo’llash, tahlil,
umumlashtirish, baholash darajalarida bo’ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar
hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan:
Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta oladi,
aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga
muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni etkaza
20
olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish,
takrorlash.
Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar, qoidalar,
sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni
taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash,
almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish,
yoritib berish, sharhlash, oydinlashtirish.
Qo’llash darajasidagi tafakkurda o’quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy
emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to’g’ri qo’llaydi. Bu
tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish,
namoyish qilish, foydalanish, o’rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish,
tatbiq qilish, hal etish.
Tahlil darajasidagi tafakkurda o’quvchi yaxlitning qismlarini va ular o’rtasidagi
o’zaro bog’liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko’radi, faktlar va
oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu
tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish,
tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash,
tekshirish, guruhlash.
Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o’quvchi ijodiy ish bajaradi, biror
tajriba o’tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi.
Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga
muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish,
rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, kombinastiyalashtirish, yaratish, tuzish,
loyihalash.
Baholash darajasidagi tafakkurda o’quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya
qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko’radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga
mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu
tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, o’lchash,
nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash.
Interfaol usullar ko’p turli bo’lib, ularning hammasi ham har qanday progressiv
usullar kabi eng avvalo, o’qituvchidan mashg’ulot oldidan katta tayyorgarlik
ko’rishni talab qiladi.
Shu mashg’ulotlarni tashkil qilishda interfaol darsning asosiy xususiyatlarini
uning an’anaviy darsga nisbatan ayrim farqlarini ko’rib chiqish orqali yaqqolroq
idrok etish mumkin. Shu maqsadda quyidagi jadvalni keltiramiz:
An’anaviy hamda interfaol dars orasidagi ayrim farqlar
№ Asosiy
tushunchalar
An’anaviy dars
Interfaol dars
21
1 qo’llanish
darajasi
Barcha
mavzular
bo’yicha ular uchun qulay
bo’lgan dars turlari shaklida
qo’llaniladi.
Ayrim mavzular bo’yicha
interfaol darsning qulay bo’lgan
turlari shaklida qo’llaniladi.
Boshqa mavzular uchun an’anaviy
dars qo’llaniladi
2
Dars maqsadi
Dars mavzusi bo’yicha
bilim, ko’nikma,
malakalarni shakllantirish,
mustahkamlash.
Dars mavzusi bo’yicha
mustaqil fikrlash, xulosaga kelish,
ularni bayon qilish, himoyalashga
o’rgatish.
3
O’qituvchini
ng vazifalari
va ish
usullari
Yangi mavzuni
tushuntirish,
mustahkamlash, nazorat,
topshiriqlar berish.
O’quvchilarning mustaqil
ishlashlarini va taqdimotlarini
tashkil qilish, boshqarish, nazorat,
yakuniy xulosalarni asoslab
berish.
4 Darsga
tayyorgarlikk
a talablar
Dars rejasi, konspekt
va
didaktik
vositalarni
tayyorlash.
Interfaol dars ishlanmasi,
mustaqil ishlar uchun topshiriqlar,
tarqatma materiallar, boshqa zarur
vositalarni tayyorlash.
5 O’quvchilar
tayyorgarligi
ga talablar
Oldingi dars bo’yicha
vazifalarni bajarib kelish.
Yangi dars mavzusi bo’yicha
asosiy tushunchalarni va dastlabki
ma’lumotlarni bilish.
6
O’quvchilarni
ng vazifalari
va ish usullari
O’qituvchini tinglash
va o’zlashtirish, berilgan
topshiriqlarni bajarish.
O’qituvchi bergan
topshiriqlarni bajarish bo’yicha
mustaqil fikrlash, o’z fikr,
xulosalarini boshqalarga
solishtirish va yakuniy xulosaga
kelish
7
Vaqt
taqsimoti
Dars vaqtining ko’p
qismi o’qituvchining yangi
mavzuni tushuntirishi, tahlil
qilishi, topshiriqlarni
tushuntirishi, o’zlashtirishni
nazorat qilishiga sarflanadi.
Dars vaqtining ko’p qismi
o’quvchilarning mustaqil
topshiriqlarni bajarishi, fikr
almashishi, mushohada qilishi, o’z
xulosalarini bayon qilishi va
himoyalashiga sarflanadi.
8 Darsning
modul va
algoritmlari
Darsning modul va
algoritmlaridan har bir
o’qituvchi o’zi qo’llayotgan
metodga muvofiq
foydalanadi.
Har bir dars oldindan
tayyorlangan modullar va
algoritmlarga, loyihalarga
muvofiq o’tkaziladi.
22
9
O’quvchilard
an talab
qilinadigan
faollik
darajasi
O’qituvchi har
tomonlama faol, o’quvchilar
diqqatni jamlash, tushunish,
fikrlash, topshiriqlarni
bajarish bo’yicha faol.
Muloqot shakllari:
o’qituvchi-guruh;
o’qituvchi-o’quvchi;
o’quvchi-o’quvchi;
o’quvchi-o’qituvchi;
guruh-o’qituvchi;
O’qituvchi ham, o’quvchilar
ham har tomonlama faol.
Hamkorlik, hamijodkorlik
shakllari: o’qituvchi-o’quvchi;
o’quvchi-o’quvchi; o’quvchi-
kichik guruh;
kichik guruh-kichik guruh;
o’quvchi-o’qituvchi; kichik
guruh-o’qituvchi;
guruh-o’qituvchi.
1
0
Bilimlarn
i
o’zlashtirishni
ng asosiy
usullari
Muloqot, muhokama,
muzokara, bahs, munozara,
mulohaza, tahlil,
mushohada, mutolaa va
boshqalar.
Muloqot, mutolaa,
mushohada, muhokama,
muzokara, bahs, munozara,
mulohaza, tahlil va boshqalar.
1
1
Mashg’ul
ot shakllari
Ma’ruza, seminar,
amaliy mashg’ulot,
laboratoriya mashg’uloti,
davra suhbati, bahs,
munozara, konsultastiya va
boshqalar.
Ma’ruza, guruh yoki juft
bo’lib ishlash, taqdimotlar, bahs,
munozara, davra suhbati, amaliy
ishlar va boshqalar.
1
2
Kutiladig
an natija
Mavzu bo’yicha
o’quvchilarning bilim,
ko’nikma, malakalarini
o’zlashtirishlari.
Mavzu
bo’yicha
o’quvchilarning
o’z
fikr,
xulosalarini shakllantirish, ularni
mustaqil bilim olishga o’rgatish.
Bu jadvalda hajm oshib ketmasligi uchun fikr juda qisqa bayon qilindi.
Jadvalda keltirilgan farqlar shu ikki mashg’ulot turining bir-biriga nisbatan afzal
va kamchilik tomonlarini yaqqol ko’rsatib turibdi.
Interfaol mashg’ulotning ushbu jadvalda ko’rsatilgan ayrim jihatlarini tahlil
qilish asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. O’quv rejadagi fanlarni o’qitishda qaysi mavzular bo’yicha interfaol darslar
tashkil qilish maqsadga muvofiqligini hisobga olish zarur. Bunda hap bir mavzu
bo’yicha mashg’ulotning maqsadiga to’liq erishishni ta’minlaydigan interfaol yoki
an’anaviy mashg’ulot turlaridan foydalanish ko’zda tutiladi.
23
2. Interfaol mashg’ulotning samarali bo’lishi uchun o’quvchilar yangi
mashg’ulotdan oldin uning mavzusi bo’yicha asosiy tushunchalarni va dastlabki
ma’lumotlarni bilishlarini ta’minlash zarur.
3. Interfaol mashg’ulotda o’quvchilarning mustaqil ishlashlari uchun an’anaviy
mashg’ulotga nisbatan ko’p vaqt sarflanishini hisobga olish zarur.
Shularga o’xshash farqlarning ijtimoiy hayotdagi ta’siri to’g’risida bir necha asr
muqaddam A.Navoiy o’zining mashhur "Mahbub ul-qulub" asari muqaddimasida
shunday yozgan edi: "Umid ulkim, o’qig’uvchilar diqqat va e’tibor ko’zi bila nazar
solg’aylar va har qaysisi o’z fahmu idroklariga ko’ra bahra olg’aylar...". Bunda shu
asarni har kim turlicha, ya’ni o’z fahmi idroki darajasidagina tushunishi,
o’zlashtirishi, foyda ola bilishi va amalda qo’llay bilishi ko’rsatib o’tilgan bo’lib,
bundan biz interfaol ta’lim usullarining an’anaviy usullardan asosiy farqlari
to’g’risida yuqorida aytgan xulosalarimizni yanada qisqa qilib, o’quvchilarning
fahmu idroklarini o’stirishdan iborat, deb ifodalashimiz mumkin.
Bunda ta’kidlash lozimki, interfaol ta’lim usullari O’zbekistonda qadim
zamonlardan beri ta’lim-tarbiya jarayonida muallim bilan talabalar hamda talabalar
bilan talabalar o’rtasidagi muloqotlarda muhokama, munozara, muzokara,
mushohada, tahlil, mashvarat, mushoira, mutolaa kabi shakllarda qo’llab kelingan.
Bu usullar talabalarning nutq, tafakkur, mulohaza, zehn, iste’dod, zakovatlarini
o’stirish orqali ularning mustaqil fikrlaydigan, komil insonlar bo’lib etishishlariga
xizmat qilgan.
Hozir interfaol mashg’ulotlarni olib borishda ma’lumki, asosan interfaol usullar
qo’llanilmoqda. Kelgusida esa bu usullar ma’lum darajada interfaol texnologiyaga
o’sib o’tishi maqsadga muvofiq. Bu interfaol usul hamda texnologiya
tushunchalarining o’zaro farqini bizningcha, shunday ta’riflash mumkin.
Interfaol ta’lim usuli – har bir o’qituvchi tomonidan mavjud vositalar va o’z
imkoniyatlari darajasida amalga oshiriladi. Bunda har bir o’quvchi o’z motivlari va
intellektual darajasiga muvofiq ravishda turli darajada o’zlashtiradi.
Interfaol ta’lim texnologiyasi - har bir o’qituvchi barcha o’quvchilar ko’zda
tutilgandek o’zlashtiradigan mashg’ulot olib borishini ta’minlaydi. Bunda har bir
o’quvchi o’z motivlari va intellektual darajasiga ega holda mashg’ulotni oldindan
ko’zda tutilgan darajada o’zlashtiradi.
Interfaol mashg’ulotlarni amalda qo’llash bo’yicha ayrim tajribalarni o’rganish
asosida bu mashg’ulotlarning sifat va samaradorligini oshirishga ta’sir etuvchi ayrim
omillarni ko’rsatishimiz mumkin. Ularni shartli ravishda tashkiliy-pedagogik, ilmiy–
metodik hamda o’qituvchiga, o’quvchilarga, ta’lim vositalariga bog’liq omillar deb
atash mumkin. Ular o’z mohiyatiga ko’ra ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatishini
nazarda tutishimiz lozim.
Tashkiliy-pedagogik omillarga quyidagilar kiradi:
-o’qituvchilardan interfaol mashg’ulotlar olib boruvchi trenerlar guruhini
tayyorlash;
24
-o’qituvchilarga interfaol usullarni o’rgatishni tashkil qilish;
-o’quv xonasida interfaol mashg’ulot uchun zarur sharoitlarni yaratish;
-ma’ruzachining hamda ishtirokchilarning ish joyi qulay bo’lishini ta’minlash;
-sanitariya-gigiena me’yorlari buzilishining oldini olish;
-xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni ta’minlash;
-davomatni va intizomni saqlash;
- nazorat olib borishni tashkil qilish va boshqalar.
Ilmiy-metodik omillarga quyidagilar kiradi:
-DTS talablarining bajarilishini hamda darsdan ko’zda tutilgan maqsadga to’liq
erishishni ta’minlash uchun maqsadga muvofiq bo’lgan interfaol usullarni to’g’ri
tanlash;
-interfaol mashg’ulot ishlanmasini sifatli tayyorlash;
-interfaol mashg’ulotning har bir elementi o’rganilayotgan mavzu bilan bog’liq
bo’lishini ta’minlash;
-mashg’ulotlar mavzusi va mazmunini so’nggi ilmiy-nazariy ma’lumotlar
asosida belgilash;
-zamonaviy yuqori samarali metodlarni qo’llash;
-o’quvchilarning tayyorgarlik darajasini oldindan aniqlash va shunga mos
darajadagi interfaol mashg’ulotlarni o’tkazish;
-interfaol mashg’ulot uchun yetarlicha vaqt ajrata bilish va boshqalar.
O’qituvchiga tegishli omillar:
-mavzuni sayoz bilishi;
-nutqidagi kamchiliklar: talaffuz, adabiy til me’yorlari, grammatika qoidalari,
notanish yoki xorijiy so’zlar, atamalarning ma’nosini tushuntirmasdan qo’llashi,
shevaga xos so’zlarni ko’p qo’llashi, yozib namoyish qilishda xatoga yo’l qo’yishi va
tushunarsiz yozishi;
-o’zini tutishi va pedagogik xulqidagi nuqsonlar;
-kiyinishi va tashqi ko’rinishiga e’tiborsizligi;
-ta’lim vositalaridan unumli va to’g’ri foydalana olmasligi;
-kuzatuvchanlik, vaqtning o’tishini his qilish, uni to’g’ri taqsimlash ko’nikmasi
etishmasligi;
-tinglash ko’nikmasi yetishmasligi;
-o’quvchiga xayrixohlik, samimiylik, u bilan hamkorlikda ish olib borish
ko’nikmasi yetishmasligi;
-mantiqiy bog’liqlik va izchillikka rioya qilmaslik va boshqalar.
25
o’quvchilarga tegishli omillar:
-davomat pastligi, mashg’ulotga kechikib kelishi;
-zarur tayyorgarliksiz kelishi;
-ilmiy atamalarni bilmasligi;
-diqqatni jamlay olmasligi;
-eshitish qobiliyatidagi va tinglash ko’nikmasidagi kamchiliklar;
-qiziqishning pastligi, fikr yuritishning sustligi;
-dars mavzusi bo’yicha tayyorgarlik darajasining pastligi;
-manfaatdorlikning kamligi va boshqalar.
Mashg’ulotda foydalaniladigan vositalarga tegishli omillar:
-ta’lim vositalarining etishmasligi, ta’mirtalab yoki yaroqsiz holda bo’lishi,
sifatli va zamonaviy vositalarning kamligi;
-mashg’ulot mavzusini o’zlashtirish uchun maqsadga muvofiq vositalar
turlarini va sonini to’g’ri tanlamaslik;
-vositalarni mashg’ulot boshlanmasidan oldin ishga tayyorlab qo’ymaslik;
-vositalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik va boshqalar.
Xulosa qilib aytganda, interfaol mashg’ulotlarni yuqorida qisqacha bayon
qilingan omillarni hisobga olgan holda tashkil qilish va olib borish bu
mashg’ulotlarning sifati va samaradorligini yanada oshirishga yordam beradi.
Interfaol ta’lim va tarbiya jarayoni ishtirokchilari
Interfaol mashg’ulotlar o’ziga xos tashkiliy tuzilishga ega bo’lib, uni tashkil
qilish va olib borish bo’yicha faoliyat turlari alohida ajratilgan va har biri bo’yicha
alohida vazifalar shaklida nomlar berilgan. Bunda bir mashg’ulot jarayonida shu
mashg’ulotni olib boruvchi bir vaqtda ushbu turli vazifalarni bajarishi ko’zda tutiladi.
Shu bilan birga bir mashg’ulotni ikki yoki uch pedagog yoki yordamchilar birgalikda
olib borishi ham qo’llaniladi. Ular bajaradigan vazifalariga ko’ra quyidagicha
nomlanadilar:
1.
Moderator – ta’lim mazmunini yaratish, modullarini ishlab chiqish.
2.
Trener–o’quvchilarning
ko’nikmalarini rivojlantiruvchi mashqlar
o’tkazuvchi maxsus tayyorgarlikdan o’tgan mutaxassis.
3.
Tyutor–masofadan o’qitish dasturlarini yaratish va bajarilishini
ta’minlash.
4.
Fasilitator–darsda
ko’makchi, yo’naltiruvchi, jarayonga javob
bermaydi, xulosa chiqarmaydi.
5.
Mentor–ustoz, o’rgatuvchi (yakka va guruhli tartibda).
6.
Kouch–ta’lim oluvchilarning to’liq o’zlashtirishlari uchun yordam
ko’rsatuvchi repetitor, instruktor, trener. Amaliyot davomida amaliy mashg’ulotni,
26
ish jarayonini nazorat qiluvchi, kuzatuvchi. (Kouching-imtihonlarga yoki sport
bo’yicha tayyorgarlik ko’rish).
7.
Konsultant–maslahat berish, tushuntirish, qo’shimcha ma’lumot berish.
8.
Lektor–nazariy ma’lumotlar bilan tanishtiruvchi.
9.
Ekspert – kuzatish, tahlil, tekshirish, xulosa, tavsiya, taklif, mulohaza
bildirish.
10.
Innovator–yangiliklarni ta’lim mazmuni va mashg’ulotlar jarayoniga
joriy qilish.
11.
Kommunikator–o’zaro muloqotlarning sifati va samaradorligini
oshirish, takomillashtirish.
12.
O’qituvchi–mashg’ulot mavzusi bo’yicha ko’zda tutilgan mazmunni
tushuntirish, o’quv jarayoniga rahbarlik.
13.
Menejer–tashkiliy–pedagogik va iqtisodiy masalalarni hal etish.
14.
Spekter–kuzatish, tahlil qilish va xulosalarni bayon qilish.
15.
Assistent–mashg’ulot uchun tayyorlangan vositalarni amalda qo’llashga
tayyorlash, mashg’ulot ishtirokchilariga yordam ko’rsatib turish.
16.
Sekretar–zarur ma’lumotlarni yozib borish, tegishli hujjatlarni
rasmiylashtirish, o’rnatilgan tartibda saqlash.
17.
Texnolog–pedagogik texnologiya mutaxassisi. Zamonaviy pedagogik
texnologiyalar asosidagi dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni ta’minlash
bilan bog’liq masalalarni hal etib boradi.
18.
Do'stlaringiz bilan baham: |