Toshkent moliya instituti t o s h k e n t



Download 1,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana01.01.2020
Hajmi1,13 Mb.
#31826
  1   2   3
Bog'liq
Talabaning yoldoshi 2018


          

 

    

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 

TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                          

T O S H K E N T  –   2018 

 



 

 

 

 



 

O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 

tomonidan  tavsiya  qilingan  mazkur  qo‘llanmada  oliy  ta’lim 

muassasalarining  tarkibi,  boshqaruv  tizimi,  bo‘linmalari,  oliy 

o‘quv  yurtlarida  tahsil  olayotgan  yoshlarning  barkamol  inson 

bo‘lib  etishuvi  uchun  zarur  bo‘lgan  yuksak  insoniy  fazilatlar,  

talabalarning yurish-turish  qoidalari,  salomlashish  odobi,  kiyinish 

madaniyatiga  doir  ma’lumotlar  berilgan.  Bu  ma’lumotlar 

yoshlarda  talabalik  davriga  nisbatan  ko‘nikma  hosil  qilishiga 

yaqindan yordam beradi.     



 

 

 

 



S O‘ Z    B O S H I 

 

 Aziz  yosh  do‘stlar!  Siz  o‘z  jismoniy  va  ma’naviy  kuch-quvvatingiz  yoshlarga  xos 



jo‘shqinlik bilan gullab-yashnagan ajoyib bir davrga, katta va qiyin, lekin insoniyat yaratgan 

barcha bilim cho‘qqilarini egallash sari etaklaydigan sharafli yo‘lga qadam qo‘ydingiz.  

Sizning  hayotingizda  yuz  berayotgan  ushbu  muhim  voqea  O‘zbekiston  Respub-

likasi  mustaqilligining  yigirma  yilligi  bayram  qilinayotgan  kunlarga  to‘g’ri  kelmoqda. 

Bu tasodifiy emas: ayni mana shu yosh mustaqil davlatingiz sizga hozirgi zamon tamad-

dunining  eng  yuqori  yutuqlarini  egallab  olish,  o‘z  xalqingiz  ma’naviy  boyliklari  va 

barcha  an’analarini  o‘rganib  olish  imkoniyatini  yaratib  beradi.  Siz  ana  shu  g’am-

xo‘rlikning qadriga уetishga va Sizga bildirilgan ishonchni oqlashga harakat qiling. 

Har qanday uzoq yo‘l birinchi qadamni qo‘yishdan boshlanadi. Har qanday mevali 

daraxt o‘z shox-butoqlarini quyoshga tomon qanchalik baland ko‘tarib yuksaltirsa, uning 

ildizi ham er ostiga shunchalik chuqur kirib boradi. 

Sizning ilm - fan yo‘lidagi birinchi qadamingiz, yoshlik o‘ti chaqnab turgan kuch-

g’ayratingiz manbai - bu o‘z davlatingiz o‘tmishi, hozirgi kuni va kelajagidir. 

Mustaqillik yillari mohiyatan yurtimiz tarixida sharafli va  o‘ta mas’uliyatli davrni 

tashkil  etdi.  Har  birimizning  hayotimizda,  mamlakat  taqdirida  muhim  va  keskin 

o‘zgarishlar  yuz  berdi.  Turmush  tarzimiz  o‘zgarib  bormoqda.  O‘zligimizni  anglab, 

yurtimizda va shaxsiy hayotimizda sodir bo‘layotgan yangilanish jarayonlarini haqqoniy 

tahlil  etadigan  bo‘lib  qoldik.  Milliy  g’oyamiz  bizning  iymonimiz  mezoniga  aylanib, 

qaramlik, boqimandalik kayfiyatidan ozod bo‘la boshladik. Kelajak taqdirimiz o‘z fao-

liyatimizga bog’liq ekanligiga ishonch hosil qilmoqdamiz.    

Yoshlar – yurt qanoti, mamlakat tayanchi. Navqiron avlodga e’tibor kelajakka qo‘-

yilgan  mustahkam  poydevordir.  Shuni  unutmasligimiz  kerakki,  irodasi  kuchli,  iymoni 

mustahkam  yoshlar  tashqi  ta’sirlarga  osonlikcha  berilmaydilar.  Mustaqillik  juda  katta 

mas’uliyatdir. Mustaqillikni asrash uni qo‘lga kiritishga nisbatan og’irroq vazifadir. Bu 

esa  bizdan  doimo  mustaqillikni  asrab  avaylash,  ogoh  bo‘lish,  ilm  va  kasb  egallab 

jamiyatga munosib  hissa qo‘shib yashashni talab etadi. 

 Yurtboshimiz  ta’biri  bilan  aytganda,  «Yoshlarimizning  iymon-e’tiqodini  mustah-

kamlash,  irodasini  baquvvat  qilish,  ularni  o‘z  mustaqil  fikriga  ega  bo‘lgan  barkamol 

insonlar etib tarbiyalash, men o‘zbek farzandiman, deb g’urur va iftixor bilan yashashiga 

erishish kerak». Ushbu uslubiy qo‘llanma esa aynan mana shu maqsadlarni ko‘zlagan 

holda yozilgan. 

Ilmga  chanqoq,  tirishqoq,  qiziquvchan  talabalar!  Ertaga  o‘zbekning,  O‘zbekis-

tonning  kelajak  taqdiriga  Sizlar  mas’ul  bo‘lasizlar.  Biz  Sizlarni  yaxshi  bilamiz! 

Ko‘zingizdagi  mitti  hayrat  ertaga  albatta  ulkan  ishtiyoqqa  aylanajak!  Ko‘ksingizdagi 

cho‘g’  Vatanni  yashnatish  yo‘lida  alanga  oladi.  Unutmang,  Siz  shu  Vatanga  kerak, 

Sizning baxtingiz ham shundadir. 



 



TALABANING  LUG’ATI 



 

Hurmatli talaba! 

 

Sizga oliy ta’lim muassasasining tuzilishi, uning boshqarish tizimidagi 



bo‘g’inlari,  ularning  har  birining  o‘quv  jarayonida  tutgan  o‘rni  va  roli, 

ta’lim  olish  davomida  Siz  rioya  qilishingiz  zarur  bo‘lgan  tartib-intizom-

ning  eng  asosiy  qoidalari  va  shu  kabi  masalalar  ustida  qisqacha  to‘xtalib 

o‘tamiz. Albatta, o‘qish davomida oliy ta’lim muassasalariga taalluqli bo‘lgan, 

uning  mazmuni  va  mohiyatini  ifodalaydigan  tomonlari  bilan  to‘laroq  tanishib 

olish  imkoniyatiga  ega  bo‘lasiz.  Lekin  taqdim  etilayotgan  ma’lumotlar  Sizni 

yangi  sharoitga,  oliy  ta’lim  muassasasidagi  mavjud  sharoitga  tezroq  ko‘nikib 

ketishingizga yordam beradi, deb ishonamiz. 

 Oliy ta’lim  muassasalari (universitetlar, akademiyalar, institutlar va 

boshqalar)da yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanadi. 

Oliy mutaxassislik ta’limi bakalavriat hamda magistraturaga bo‘linadi. 

Bakalavriat  –  oliy  ta’lim  yo‘nalishlaridan  biri  bo‘yicha  puxta  bilim 

beradi,  o‘qish  muddati  kamida  to‘rt  yil  bo‘lib,  oliy  ma’lumot  va  tayanch 

mutaxassislik diplomini olish bilan tugaydi. 

Magistratura – aniq mutaxassislik bo‘yicha bakalavriat negizida kamida 

ikki yil davom etadigan oliy ta’lim bo‘lib, undagi tahsil yakuniy kvalifikatsion 

davlat  attestatsiyasi  va  magistrlik  dissertatsiyasini  himoya  qilish  bilan 

nihoyasiga etkaziladi. 



Aspirantura  –  magistrlik  negizida  3  yil  davom  etadi  va  nomzodlik 

dissertatsiyasini  himoya  qilish  hamda  tanlangan  mutaxassislik  bo‘yicha 

“fan nomzodi” ilmiy darajasini olish bilan yakunlanadi. 

Doktorantura  –  fan  nomzodi  ilmiy  darajasi  negizida  3  yil  davom 

etadi,  “fan  doktori”  ilmiy  darajasini  olish  uchun  dissertatsiyani  himoya 

qilish bilan nihoyasiga etadi. 

Oliy ta’lim muassasiga bevosita rahbarlikni uning rektori amalga oshiradi. 



Rektor – lotincha “rektor” so‘zidan olingan bo‘lib, oliy ta’lim  muas-

sasasining rahbari degan ma’noni anglatadi. Rektor O‘zbekiston Respubli-

kasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  tayinlanadi  va  u  o‘zi  rahbarlik  qila-

yotgan oliy ta’lim muassasasida “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” (das-

tur to‘g’risida o‘qish davomida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lasiz) asosida 

ta’lim  sohasidagi  yagona  davlat  siyosatini  ro‘yobga  chiqarishga  mas’ul. 

Shu bilan birga rektor oliy ta’lim muassasasi faoliyatiga taalluqli kelajakka 

mo‘ljallangan  ishlarni  rejalashtiradi  va  ularni  amalga  oshirishni  ta’min-

laydi,  oliy  ta’lim  muassasasi  vakolati  doirasida  xodimlar  va  talabalar 

bajarishlari  majburiy  bo‘lgan  buyruqlar  chiqaradi,  talabalarning  o‘qish 



 

sharoitlarini yaxshilashga va ularni  o‘z vaqtida stipendiya bilan ta’minlab 



turishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. 

Rektor oliy ta’lim muassasasiga rahbarlik qilishda  o‘z huzurida tuzil-

gan  ilmiy  kengash,  o‘rinbosarlari-prorektorlar,  fakul’tet  dekanlari  va  ka-

fedra mudirlari faoliyatlariga tayanadi. 



Кengash  -  oliy  ta’lim  muassasasining  rektor  rahbarligida  pro-

rektorlar, fakul’tet dekanlari, etakchi kafedra mudirlari, professor-o‘qituv-

chilar, a’lo darajada o‘qiydigan faol talabalar tarkibidan iborat jamoatchi-

lik  tashkiloti  bo‘lib,  u  ta’lim  muassasasidagi  o‘quv,  ilmiy-uslubiy,  ilmiy-

tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni uyg’unlashtirishga qara-

tilgan asosiy masalalarni muhokama etadi va ular bo‘yicha qarorlar qabul 

qiladi. Talabalar ilmiy kengash majlisga kiritilgan masalalarning muhoka-

masida undagi o‘z vakillari orqali ishtirok etishlari mumkin. 



Prorektor  so‘zi  “pro”  –  birga  va  “rektor”  so‘zlaridan  tashkil  topgan 

bo‘lib,  birga  boshqarish  ma’nosini  bildiradi.  Oliy  ta’lim  muassasalarida 

prorektorlar,  asosan,  quyidagi  masalalar  bo‘yicha  faoliyat  ko‘rsatadilar: 

ma’naviy-ma’rifiy  ishlar  bo‘yicha  prorektor;  o‘quv  ishlari  bo‘yicha 

prorektor;  ilmiy  ishlar  bo‘yicha  prorektor;  Moliya-iqtisodiyot  ishlari 

bo‘yicha prorektor. 

Ta’lim  yo‘nalishlari va  mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ta’lim  muassa-

sasi tarkibida fakultetlar tashkil etiladi. Fakultetda, odatda, bakalavriatning 

bir  nechta  ta’lim  yo‘nalishlari  bo‘yicha  o‘quv-tarbiya  jarayoni  tashkil 

etilishi mumkin. 

 Fakultet  –  lotincha  “fakultas”  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  oliy  ta’lim 

muassasasining o‘quv- ilmiy va  ma’muriy bo‘linmasi ma’nosini bildiradi. 

Fakultetni dekan boshqaradi. Fakultetda uning yo‘nalishiga qarab bir nech-

ta kafedralar faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. 

Dekan  –  (lot.  Decanus  –  o‘nboshi;  Qadimgi  Rim  qo‘shinida  10  ta 

askarning boshlig’i) oliy ta’lim muassasasida fakultetning o‘quv, ilmiy va 

tarbiyaviy ishlari rahbari. Fakultet dekanining ma’naviyat va ma’rifat ma-

salalari  hamda  o‘quv  ishlari  bo‘yicha  o‘rinbosarlari  bo‘ladi.  Dekanning 

idorasi dekanat deb ataladi. Dekanat oliy ta’lim muassasasining talabalar bilan 

ishlaydigan asosiy bo‘linmasidir. Dekan quyidagi vazifalarni bajaradi: 

 fakultet doirasida ilmiy kengashga rahbarlik qiladi va talabalar ilmiy- 



tadqiqot ishlari kengashi faoliyatini nazorat qiladi; 

 fakultetning o‘quv-tarbiyaviy, ilmiy-uslubiy, ilmiy-tadqiqot ishlariga 



bevosita rahbarlik qiladi

  o‘quv  reja,  o‘quv  dasturlari  va  boshqa  me’yoriy  hujjatlar 



bajarilishini ta’minlaydi; 

 



  kafedralararo ilmiy-uslubiy, ilmiy-amaliy majlislar va konferentsiya-

larni tashkil qiladi va o‘tkazadi; 

  o‘quv jarayoni jadvali tuzilishiga rahbarlik qiladi; 



  o‘quv jarayonida talabalarning davomati va o‘zlashtirishini nazorat qiladi, 

ularning bilim darajasini reyting tizimi asosida baholashni tashkil qiladi; 

  o‘quv jarayoniga yangi pedagogik o‘quv texnologiyalarni joriy etish 



bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi

  talabalarni  kursdan  kursga  o‘tkazish,  akademik  ta’tillar  berish, 



davlat  attestatsiyasiga  qatnashish  va  bitiruv  ishlarini  himoya  qilishga 

tegishli buyruqlar tayyorlaydi; 

  o‘rnatilgan  tartibda  talabalarni  stipendiyalarga  tavsiya  etadi  va  tala-



balar turar joyidan joy beradi; 

  Fakultetni  avval  bitirganlar  bilan  aloqa  o‘rnatadi,  ularning  amaliy 



faoliyati davomida to‘plagan ijodiy tajribalarini o‘rganadi va ularni kadr-

lar tayyorlash sifatini oshirishda qo‘llaydi; 

  iqtidorli va o‘qishda alohida yutuqlarga erishgan talabalarga zaruriy 



sharoitlar yaratib beradi; 

  talabalarning  mustaqil  ishi  uchun  sharoit  yaratadi  va  uning 



nazoratini tashkil etadi

  ta’lim – tarbiya sifatini yanada oshirish maqsadida talabalarning ota- 



onalari, vasiylik, jamoatchilik kengashlari a’zolarini bu ishga jalb qiladi; 

  talabalarni guvohnoma, reyting daftarchasi, boshqa hujjat va ma’lu-



motlar bilan ta’minlaydi. 

Oliy  ta’lim  muassasasida  ta’lim  yo‘nalishlari  o‘quv  rejasidagi  fanlar 

bo‘yicha mashg’ulotlar tegishli kafedralar tomonidan amalga oshiriladi. 

Kafedra  -  (yunoncha  kathedra  –  stul,  o‘rindiq  –  minbar,  unga 

ko‘tarilib  ma’ruza  o‘qiladi,  nutq  so‘zlanadi  va  auditoriya  oldida  chiqish 

qilinadi); 

Oliy ta’lim dasturidagi o‘zaro bog’liq fanlarni o‘qitish va soha bo‘yi-

cha ilmiy va ilmiy – uslubiy tadqiqotlar o‘tkazuvchi bo‘linma. Kafedralar  

umumta’lim,  umumkasbiy  yoki  ixtisoslik  yo‘nalishlari  bo‘yicha  tashkil 

etiladi. Kafedra oliy ta’lim muassasasining boshlang’ich va asosiy o‘quv – 

ilmiy markazidir. Kafedrani uning mudiri boshqaradi. 



 

 

 

 

 

 



Kafedra mudiri

  davlat  ta’lim  standartlariga  muvofiq  ishlab  chiqilgan  o‘quv  reja  va 



dasturlar  asosida  muayyan  fanlar  bo‘yicha  o‘quv  jarayonini  yuqori  dara-

jada ta’minlashga mas’ul; 

  kafedrada o‘tkazilayotgan ilmiy, ilmiy – uslubiy ishlarni boshqaradi



  talabalar bilimi va ko‘nikmalarining monitoringini olib boradi; 

  darslarga  o‘zaro  tashriflarni  va  ochiq  lektsiyalarni  tashkil  qiladi  va 



tahlil etadi; 

  ta’lim  yo‘nalishlari  bo‘yicha  kadrlarga  buyurtma  beruvchi  korxona 



va tashkilotlar bilan uzviy aloqa o‘rnatadi va hamkorlikda ish olib boradi

  fanlar bo‘yicha o‘quv jarayonining adabiyotlar bilan ta’minlanishini 



tashkil etadi. 

  kafedra  professor,  dotsent,  katta  o‘qituvchi  va  assistentlar  faoliyat 



ko‘rsatadi. 

Professor  -  (lot.  Rrofessor  -  murabbiy)  –  ilmiy  unvonli,  oliy  ta’lim 

muassasasida  asosiy  nazariy  mashg’ulotlar  (lektsiyalar)ni    olib  boruvchi 

hamda ilmiy–tadqiqot ishlariga rahbarlik qiluvchi yuqori malakali o‘qituvchi. 

Dotsent - (lot. Docens - o‘qitayotgan) – tegishli ilmiy unvonli, fanlar 

bo‘yicha nazariy va amaliy darslar, ilmiy tadqiqotlar olib boruvchi etakchi 

o‘qituvchi. 

Katta  o‘qituvchi  –  ko‘p  yillik  ilmiy  –  pedagogik  ish  tajribasiga  ega 

bo‘lgan, odatda, ilmiy darajasi bo‘lmagan o‘qituvchi. 



Assistent  -  (lot.  assistant    -  qatnashayotgan,  yordamlashayotgan)  – 

professor  yoki  dotsent  rahbarligi  ostida  talabalar  bilan  laboratoriya  va 

amaliy mashg’ulotlarni o‘tkazuvchi o‘qituvchi. U kafedraning ilmiy – tad-

qiqot, ilmiy – uslubiy ishlarida ishtirok etadi. 

Kafedra o‘qituvchilari ma’ruza darslarni ikki va undan ko‘p guruhlarni 

birlashtirib,  amaliy  mashg’ulotlarni  bir  akademik  guruhda,  laboratoriya 

darslarini  kichik  guruhlarda  o‘tkazadilar.  Talabalarning  davomati,  bilimi 

va ko‘nikmalarini baholaydilar va barcha ma’lumotlarni dekanatga taqdim 

etadilar. 

O‘quv  guruhlari  dekanat  tomonidan  ta’lim  yo‘nalishlari  (mutaxassis-

liklari)  va  o‘qitish  tillari  bo‘yicha  talabalar  sonidan  kelib  chiqqan  holda 

tuziladi. 

Har  bir  guruhida  dekanat  bilan  kelishilgan  holda  guruh  sardori 

saylanadi. Guruh sardori guruh a’zolari va dekanat o‘rtasidagi aloqa-

larni amalga oshiradi. 

Har  bir  o‘quv  guruhiga  dekanat  tomonidan  murabbiy  (kurator)  birik-

tiriladi. 


 



Kurator  -  lotincha  “curator”  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  biror  ish,  biror 

shaxs,  biror  narsa  ustidan  nazorat  olib  borish  topshirilgan  homiy.  Oliy 

ta’lim  muassasasida guruh murabbiysi talabalar bilan ma’naviy – ma’rifiy, 

tarbiyaviy ishlarni olib boradi, yakkama – yakka suhbatlar o‘tkazadi, hayo-

tiy  maslahatlar beradi, zarur bo‘lgan  hollarda talabalar  ota  – onalari bilan 

bog’lanadi, o‘z  faoliyati to‘g’risida dekanatga muntazam ravishda hisobot 

berib boradi. 



O‘qitish muddati talabalar tomonidan  o‘quv reja va dastur o‘zlashti-

rilishi  uchun  belgilangan  me’yoriy  muddatdir.  Bakalvriat  uchun  bu 



kamida  4  yil,  magistratura  uchun  kamida  2  yil.  O‘quv  jarayoni  o‘quv 

yillari bo‘yicha amalga oshiriladi. 



O‘quv  yili  –  2  sentyabrdan  30  iyungacha  bo‘lgan  oliy  ta’lim  muas-

sasasining  faoliyat  davri.  O‘quv  yili,  odatda,  ikki  o‘quv  semestriga  bo‘li-

nadi. 

O‘quv  semestri  –  oliy  ta’lim  muassasasida  o‘quv  yilining  yarmini 

tashkil etuvchi, o‘zaro bog’liq fanlarning ma’lum majmuini o‘zlashtirishga 

mo‘ljallangan va ular bo‘yicha yakuniy nazorat bilan tugallanadigan qismi. 

O‘quv semestri davomida o‘quv rejasi asosida tuzilgan dars jadvaliga 

muvofiq  lektsiyalar,  laboratoriya  va  amaliy  mashg’ulotlar,  seminarlar  va 

boshqa auditoriya mashg’ulotlari o‘tkaziladi. 



O‘quv  rejasi  –  tegishli  yo‘nalish  va  mutaxasisliklar  bo‘yicha  o‘qi-

tiladigan  o‘quv  fanlari  va  kurslarining  tarkibini  hamda  ularning  o‘quv 

semestri bo‘yicha hajmini soatlarda belgilaydigan me’yoriy hujjat. 

Dars jadvali – oliy ta’lim muassasasida  har o‘quv semestri bo‘yicha 

o‘quv  haftasida  (olti  kunlik)  muayyan  fandan  o‘quv  mashg’ulotlarini 

o‘tkazish ketma – ketligini belgilaydigan hujjat.  Dars jadvali, odatda, fa-

kultet dekani tomonidan tasdiqlanadi. 



Lektsiya  –  o‘qish,  o‘qituvchining  ijodiy  tavsifidagi  auditoriyada 

o‘quv rejasi bo‘yicha o‘tkaziladigan nazariy dars mashg’ulotidir. 

Zarur  hollarda  o‘qituvchi  tegishli  mavzu  bo‘yicha  darsdan  oldin 

qo‘shimcha materiallar tarqatishi mumkin. 



Laboratoriya  ishlari  yoki  amaliy  mashg’ulot  nazariy  bilimlarni 

chuqur  o‘zlashtirish  va  mustahkamlashga  qaratilgan  auditoriyadagi  o‘quv 

mashg’ulotlaridir. 

Seminar (lot. seminarium – ko‘chirib o‘tkazish) – talabalarni mustaqil 

ta’lim  olish,  mustaqil  fikrlash  va  ijodiy  tayyorlash  uchun  mo‘ljallangan, 

ularning  fan  bo‘yicha  bilimlarini  chuqurlashtirish  va  kengaytirishga 

qaratilgan auditoriya o‘quv mashg’ulotlarining turi. 



 

Oliy  ta’lim  muassasalarida  talabalarning  haftalik  yuklamasi  54  soatni 



tashkil  qiladi.  Bulardan  32  soati  –  auditoriya  mashg’ulotlari,  22  soati 

auditoriyadan tashqari mustaqil ish. 



Mustaqil  ish  –  nazariy  o‘qitishning  mustaqil  tarzda  tashkil  qilish 

shakli.  Bunda  talabalar  o‘quv  va  ilmiy  adabiyotlar  bilan  ishlaydi,  shu 

jumladan,  internet  vositasida  o‘z  sohasi  bo‘yicha  korxonalarda,  ilmiy 

muassasalarda, laboratoriyalarda bilim va ko‘nikmalarni mustaqil ravishda 

oshiradi. 

Ta’lim  dasturining  ma’lum  bir  qismi  tugallangach,  odatda,  bahorgi 

semestr yakunida malakaviy amaliyot o‘tkaziladi. 

Malakaviy  amaliyot  –  nazariy  bilimlarini  mustahkamlash,  amaliy 

ko‘nikmalar  hosil  qilish  uchun  o‘tkaziladi.  Malakaviy  amaliyot  tajribali 

o‘qituvchi rahbarligida, yirik korxona va muassasalarda o‘tkaziladi. Mala-

kaviy  amaliyot  natijalari  bo‘yicha  talaba  hisobot  yozadi  va  uni  maxsus 

komissiyada himoya qiladi. 

Har bir oliy ta’lim muassasasi o‘zining axborot resurs markaziga ega. 



Axborot  resurs  markazi  –  darslik  va  boshqa  o‘quv  adabiyotlaridan 

jamoatchilik foydalanishini tashkil etuvchi madaniy  – ma’rifiy va axborot 

markazi. 

Axborot  resurs  markazi  xizmatlaridan  oliy  ta’lim  muassasasida 

o‘qiyotgan  barcha  talabalar  foydalanish  huquqiga  ega.  O‘qish  jarayonida 

har bir talaba o‘ziga zarur bo‘lgan o‘quv adabiyotlarni belgilangan ma’lum 

muddatda  olishi  mumkin.  Zarur  adabiyot  bilan  tanishib  chiqish  uchun 

Axborot resurs markazi tarkibidagi o‘quv zallaridan foydalanish mumkin. 



Stipendiya  (lot.  stipendium  –  to‘lov,  maosh)  –  davlat  oliy  ta’lim 

muassasasining  kunduzgi  bo‘limida  yaxshi  baholar  bilan  o‘qiyotgan 

talabalarga  muntazam  (har  oyda)  to‘lab  boriladigan  pul.  Stipendiyalar 

miqdori va to‘lash tartibi tegishli Nizom orqali belgilanadi. 

 

Yosh do‘stim! 

 

Siz talabalik yillari davomida eslatmada keltirilgandan  ko‘ra bir necha 

hissa  ko‘proq  ma’lumotlarga  ega  bo‘lasiz.  Shunga  qaramay,  mana  shu 

ozgina  dastlabki  bilimlar  Sizning  qalbingizni  ona  –  Vatan  uchun  iftixor 

hislari  bilan  to‘ldirishiga,  Sizning  unga  bo‘lgan  farzandlik  mehringizni 

oshirishiga,  Vatanning  gullab  –  yashnashi  va  taraqqiyoti  uchun  sharaf 

bilan  xizmat  qiladigan  malakali  mutaxasis  bo‘lib  etishishingizga  ko‘mak-

lashuviga ishonchimiz komil. 



 

10 


Aziz talabalar! Siz hozir hayotingizning eng asosiy, eng nozik pog’o-

nasida  turibsiz,  chunki  kelgusi  hayotingiz,  jamiyatdagi  o‘rningiz  bugungi 

hatti-harakatingizga bog’liq bo‘ladi.  

Kasbingizni  to‘g’ri  tanlagan  bo‘lsangiz,  unga  mehr  va  muhabbat 

bilan  qarasangizgina,  kelgusi  mehnatingiz  zavqi  va  samarasi  Sizga  yor 

bo‘ladi.  Faqat  shundagina  siz  insoniyatga,  jamiyatimizga  foyda  keltira 

olasizlar. 

Siz  bugun  oliy  ta’lim  dargohiga  birinchi  qadamni  qo‘ydingiz.  Siz-

larni yosh niholga o‘xshatsa bo‘ladi. Nihol o‘z vaqtida mehr bilan avaylab 

parvarish  qilinsa,  u  vaqti  kelib  katta  baquvvat  daraxtga  aylanadi.  Inson 

ham  xuddi  shunday.  Sizning  bilimingiz,  fikrlashingiz,  dunyoqarashin-

gizning yanada shakllanishi oliy ta’lim dargohida ta’lim olayotgan vaqtga 

to‘g’ri keladi.  

Hozirgi  paytda  fan  va  texnikaning  jadal  rivojlanishi  yangi  talablarni 

yuzaga  chiqarayapti.  Bo‘lajak  muhandis,  bakalavr  bu  ilmiy  texnik  taraq-

qiyotning  etakchisi.  Bugungi  oliy  ma’lumotli  mutaxassis  zamonaviy  iqti-

sodiy  fikr,  tashkiliy  va  boshqaruv  ishlari  sohibi  bo‘lmog’i  darkor.  U  o‘ta 

darajada madaniyatli, elektron hisoblash texnikasidan foydalanishning faol 

uslublarini qo‘llay oladigan va albatta biror bir  chet tilini biladigan bo‘li-

shi  kerak.  Ushbu  xususiyatlarni  hisobga  olgan  taqdirda  oliy  o‘quv  yurti-

mizning  ta’lim  va  tarbiya  sohasida  asosiy  maqsadi:  mamlakatga  yuqori 

malakali  mutaxassislar  etkazib  berish  bilan  bir  qatorda  ularni  institutni 

tugatgandan keyin ham umrlari davomida o‘z ustlarida mustaqil ishlashga 

odatlanishni  o‘rgatish  hisoblanadi.  Bu  maqsadni  amalga  oshirish  yo‘lida 

muhim vazifa – talabalarni tarbiyalashning samarali usullarini  ishlab chi-

qish bo‘lib hisoblanadi. 

Oliy ta’lim muassasasida professor - o‘qituvchilar talabalarga musta-

qil fikr yuritish, ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish uslubiyotini ham 

o‘rgatadilar.  

O‘quv  jarayoni  talabalarni  tarbiyalashning  asosi  hisoblanadi.  O‘quv 

jarayoni  o‘z  navbatida  ishlab  chiqarish  bilan  bog’langan  holda  olib 

borilishi lozim. Chunki zamonamizning e’tiborli xususiyatlaridan biri fan 

va ishlab chiqarishning tobora yaqinlashuvi, bir-biriga bog’liqligining o‘si-

shidir.  Moddiy  ishlab  chiqarish  jarayonida  aqliy  va  jismoniy  mehnat 

o‘zaro  bog’lanib,  ular  orasidagi  farq  yo‘qola  boshlaydi.  Shunday  ekan, 

talabalarda  mehnatsevarlik  xususiyatini  shakllantirish  dolzarb  masalalar-

dan biri hisoblanadi.  


Download 1,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish