O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug‘bek nomidagi



Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/94
Sana05.01.2022
Hajmi1,49 Mb.
#318808
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Bog'liq
kimyo fizikaviy va kolloid kimyo biologiya-tuproqshunoslik fakulteti talabalari uchun uslubiy qollanma

3. Tuproq  kolloidlari. 
Tuproq  kolloidlari  erning  sirt  qavatida  uchraydigan  kolloidlar  bo‗lib,  ularda 
dispers  faza  rolini  diametri  1  nm  dan  100-  200  nm  gacha  bo‗lgan  juda  mayda 
tuproq zarrachalari, dispers muxit rolini esa tuproq eritmasi bajaradi.  
Tuproq  kolloidlari  hosil  bo‗lishida  tuproq  eritmasining  roli  katta.  Tuproq 
eritmasi  tuproqning  suyuq  fazasi bo‗lib u  o‗zida turli  moddalarni  eritgan  suvdan 
iborat.  Tuproq  eritmasining  tarkibi  tuproq  hosil  qiluvchi  tog‗  jinslarining 
hossalariga,  tuproqning  tipiga,  erga  o‗g‗it  solingan  solinmaganligiga  bog‗liq. 
Sho‗rmas  tuproqlarning  eritmasida  kalsiy  bikarbonat  ancha  miqdorda  bo‗ladi, 
lekin sulfat, nitrat va fosfatlar oz miqdorda uchraydi. Bunday tuproq eritmasining 
osmotik  bosimi  10  atm  dan  oshmaydi.  Sho‗r  tuproqlardagi  tuproq  eritmasida 
sulfat, xlorid va sodaning miqdori juda ko‗p bo‗lganligi uchun bunday eritmaning 
osmotik  bosimi  30  —  40  atm.  gacha  etadi.  Agar  tuproq  eritmasining  osmotik 
bosimi  o‗simlik  organizmidagi  osmotik  bosimidan  ortiq  bo‗lsa,  tuproqdan 
o‗simliklarga suvning chiqishi qiyinlashadi va bunday tuproqda ekin qurib qoladi. 
Tuproq  eritmasidagi  kolloid  zarrachalarining  umumiy  miqdori  turli  xil 
tuproqlarda  turlicha  bo‗ladi.  Engil  tuproqlarda  kolloidlar  kam,  og‗ir  tuproqlarda 
ko‗p uchraydi. 
Tuproq kolloidlari uch guruxga bo‗linadi. 


91 
 
1.  Mineral  kolloidlar  (tuproq  kolloidlari  mineral  moddalarning  kimyoviy 
nurash jarayonida paydo bo‘lgan oksidlardan (AI
2
O
3
, Fe
2
O
3
, SiO
2
): (AI
2
O
3
*H
2
O, 
CaO*H
2
O) va boshqalardan iborat).  
2.  Organik  kolloidlar  (bu  o‘simlik  va  hayvon  qoldiqlarining  chirishi,  ya‘ni 
gumifikasiya jarayoni natijasida paydo bo‘lgan organik kislotalardan iborat). 
3. Organik mineral kolloidlar (organo-mineral kolloidlar mineral va organik 
kolloidlarning birikishi natijasida vujudga keladi).  
Tuproq kolloidlarining agronomik ahamiyati nihoyatda katta. Chunki tuproq 
kolloidlarining  miqdori  va  tarkibi  tuproqning  shimish  qobiliyatiga,  tuproqda 
qumoq-qumoq  zaruriy  strukturalar  hosil  bo‗lishiga,  xamda  tuproqning  boshqa 
xossalariga katta ta‘sir ko‗rsatadi. 
Tuproqning  shimishi  deganda  tuproqning  gazlarni,  suyuqliklarni,  erigan 
moddalarni  va  tuproq  orqali  o‗tgan  suvdagi  qattiq  zarrachalarni  ushlab  qolish 
xususiyatini  tushunish  kerak.  XX  asrning  boshlarida  rivojlangan  K.K.  Gedroys 
ta‘limotiga  muvofiq  tuproqning  shimish  hususiyatiga  biologik,  kimyoviy,  fizik 
kimyoviy, fizik va mexanik shimish xususiyatlari kiradi. 
Tuproqning  biologik  shimish  xususiyati  tuproqdagi  mikroorganizmlar 
faoliyatidan  kelib  chiqadi.  Kimyoviy  shimilishda  erigan  modda  tuproqdagi  turli 
komponentlar  bilan  kimyoviy  reaksiyalarga  kirishib,  yomon  eruvchan  moddalar 
hosil qiladi, hosil bo‗lgan moddalar esa tuproqning qattiq fazasi tarkibiga o‗tadi. 
Fizik  kimyoviy  shimish  tuproq  kolloidlari  ishtirokida  sodir  bo‗ladi.  Tuproq 
kolloidlari  o‗z  kationlarini  almashtira  oladi.  Bunda  almashina  oladigan  kationlar 
almashinuvchan  yoki  shimiluvchan  kationlar  deyiladi.  Tarkibida  shimiluvchan 
kation  bor  mayda  tuproq  zarrachalarining  ja‘mi  tuproqning  shimiluvchan 
kompleksi deyiladi.  
Fizik  shimishda  erigan  modda  molekulalarining  tuproqning  mayda  dispers 
zarrachalarining  sirtiga  adsorbilanishi  kiradi.  Mexanik  shimishga  esa  tuproqdan 
o‗tgan suvdagi qattiq zarrachalarning tuproqda tutilib qolishiga aytiladi. 
Tuproq  kolloidlari  tufayli  tuproqda  struktura  agregatlar  hosil  bo‗ladi,  ya‘ni 
tarkibida 
shimilgan 
kalsiy 
ioni 
bo‗lgan 
va 
suvda 
erimaydigan 
(parchalanmaydigan)  chirindi  modda  tuproq  zarrachalarini  qovushtirib,  diametri 
1-10 mm bo‗lgan qumoq-qumoq donalar hosil  qiladi   va  suv  ta‘sirida  yoyilib   
ketmaydi.  Tuproqda  shunday  strukturaga  ega  bo‗lgan  agregatlarning  bo‗lishi 
ekinning o‗sishiga katta yordam beradi. 
Bu  jixatdan  akad.  K.S.  Axmedov  va  uning  shogirdlari  taklif  etgan  suvda 
eruvchi yuqori polimer moddalar katta axamiyatga egadir. 
Ishlab  chiqarish  jarayonida  va  tabiatni  muxofaza  qilishga  oid  muammolarni 
echishda  qator  dispers  sistemalarga  duch  kelinadi.  SHu  sababli  dispers 
sistemalarning  rolini  bilish  va  ularni  boshqarish  masalasi  ishlab  chikarishda, 
qishloq  xo‗jaligida  uchraydigan  konkret  masalalarni  hal  kilishda  va  tabitatni 
muxofaza qilishda katta axamiyatga ega. 
Masalan, sanoatning  deyarli  barcha  soxalarida  turli  hil  ishlab  chiqarishlarda 
aerozollar  hosil  bo‗ladi.  Shu  kabi  zararli  gaz  va  chang  holidagi  aerozollardan 
xavoni  tozalash  zarur.  Bunga  erishishda  asosan  ikki  usul  ishlatilishi  mumkin:  1. 


92 
 
Tarkibida  zararli  qo‗shimchalar  bo‗lgan  aerozolning  hosil  bo‗lishini  tuxtatish.  2. 
Aerozolni emirilishga majbur qilish. 
Shu  bilan  birga  tabiatni  muxofaza  kilishda  atmosferadagi  turli  xil  gaz 
holatdagi  chiqindilardan,  chang,  tutun  kabi  dispers  sistemalardan  tozalash  va 
ularni hosil bo‗lishini oldini olish choralarini ko‗rish katta axamiyatga ega. 
Ayniqsa  suvning  ifloslanishini  oldini  olishda  dispers  sistemalarning  hosil 
bo‗lish  konuniyatlarini  bilish  va  undan  oqilona  foydalanish  muxim.  Suvda 
uchraydigan (va uni bulg‗atuvchi} moddalarning xammasini uch guruxga bo‗lish 
mumkin: 
1. Oksidlanadigan moddalar. 
2. Oksidlanmaydigan moddalar. 
3.  Mikrogeterogen  va  ultramikrogeterogen  dispers  sistemalar    ham      suvni   
iflos qiluvchi   moddalarga kiradi.  
Shuning uchun  asosan  vodoprovod  uchun  kerakli ichimlik suv  tayyorlashda   
oqar  suvni  5  ta  ketma-ket    jarayon    yordamida  tazalanadi.  Bular    mexanik 
filtrlash,  tindirish,    shag‗al  va  qum    orqali      asta-sekin      filtrlash,      aeratsiya,   
nihoyat  xlor qo‗shib suvni sterillashdan iborat. 
Oqava suvlarni suv xavzalariga tashlashdan avval suvga ishlov berish lozim. 
Oqava suvlarga uch marta ishlov berish tavsiya etiladi. Birlamchi ishlovda oqava 
suvni      filtrlab  yirik  axlat  va  qattiq  moddalardan  tozalanadi,  so‗ngra  suv 
tindiriladi,  bunda  loyqa  hosil  qiluvchi  moddalar  suv  tubiga  cho‗kadi.  SHundan 
keyin  suvga  ikkilamchi  ishlov  berish  zarur  bo‗lmasa,  unga  xlor  ko‗shib  so‗ngra 
oqar  suvga  yoki,  boshqa  suv  xavzasiga  tushirilib  yuboriladi.  Bundan  tashqari 
oqava  suvlarni  tozalashda  adsorbsiya,  mexanik,  texnik,  kimeviy,  biokimyoviy 
usullar ishlatiladi. 
Turli  ishlab  chikarish  jarayonlarida  ko‗pincha  dispers  sistemalar  hosil 
bo‗ladi.  Masalan,  ruda  boyituvchi  fabrika  pulpasi,  asosan  suspenziyadan  iborat, 
shuning  uchun  rudani  boyituvchi  fabrikalarning  oqava  suvlaridan  qayta 
foydalanishda koagulyasiya, flokulyasiya va peptizatsiya muhim axamiyatga ega. 
Ishlab chikarish jarayonida gel hosil bo‗lishi katta axamiyatga ega. Gel hosil 
bo‗lishiga  yordam  beruvchi  qo‗shimcha  sifatida  difil  molekulalardan  tuzilgan 
moddalar  qo‗llaniladi.  Kimyo  sanoatining  rivojlanishi  chiqindi  moddalarning 
miqdorini  ko‗payib  borishiga,  ya‘ni  xavo,  tuproq  va  suvning  ifloslanishiga  olib 
kelmokda. Shuning uchun
 
chiqindilarni qayta ishlash va ulardan tuproqni, xavoni, 
suvni  tozalashda  yuqori  molekulali  koagullovchi,  flokullovchi  va  gel  hosil 
qiluvchi  moddalarning  yangi  yuqori  unumli  turlarini  yaratishda  O‗zbekistonda 
ma‘lum  ishlar  amalga  oshirilib,  ishlab  chiqarishga  qo‗llanilmokda.  ya‘ni 
O‗zbekistonda  mavjud  xom  ashyolar  asosida  har  hil  barqarorlashtiruvchi 
moddalar  yaratishda  o‗zbek  olimlari  va  muxandislarining  tinimsiz  izlanishlari 
natijasida  yuqori  unumli  barqarorlashtiruvchi  moddalar,  o‗simliklarni 
himoyalovchi  yangi  preparatlarning  yaratilishiga  va  ishlab  chiqarishga  tadbiq 
etilishiga olib keldi. Kolloid kimyo fani kelajakda yanada ko‗proq rivojlanadi va 
uning  yutuqlari  mustaqil  O‗zbekistonning  xalq  xo‗jaligini  tarmoqlarida 
qo‗llanilaveradi. 
 


93 
 

Download 1,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish