74
suyuqlik molekulalari orasidagi bog‗lanishdir. Ayni modda molekullari orasidagi
bog‗lanish qancha kuchli bo‗lsa, ularning sirt tarangligi shuncha katta qiymatga
ega bo‗ladi.
Suyuqlik yoki qattiq jism sirtida boshqa modda molekulalari, atomlari yoki
ionlari yig‗ilishiga adsorbsiya deyiladi. Yutilish xajm bo‗yicha ketsa absorbsiya
deyiladi. O‗z sirtiga boshqa modda zarrachalarini yutgan modda adsorbent,
yutilgan modda esa adsorbtiv deyiladi. Adsorbsiya jarayoni satx yuzasida
ketadigan xodisa bo‗lib u liozollarning koagullanishi, kolloid cho‗kmalarni
peptizatsiyasi, zarracha zaryadining o‗zgarishi, ularni xo‗llanishi va boshqalar
bilan bog‗liqdir.
Adsorbsiya ikki xil fizikaviy va kimyoviy bo‗ladi. Birinchisi qaytar bo‗lib u
molekulalararo kuchlar ta‘siriga bog‗liq, adsorbsiyada bir – biriga qarama –
qarshi ikki jarayon bo‗ladi: biri yutilish bo‗lsa, ikkinchisi yutilgan moddaning
desorbsiyasidir. Har qanday qaytar jarayondagi kabi, yutilish va ajralib chiqish
jarayonlarining tezliklari tenglashib, sistema adsorbsion muvozanat xoliga keladi.
Bu esa sistemada moddaning issiqlik xarakati tufayli bir tekis tarqalishiga olib
keladi.
Yutilgan modda miqdorini aniqlash uchun tajribada adsorbtivning
adsorbsiyadan oldingi va keyingi konsentratsiyalari topiladi. Adsorbentning 1 sm
2
sirtiga yutilgan moddaning g/mol xisobdagi miqdoridan adsorbsiyani mol/sm
2
yoki mol/m
2
ifodalanadi va Г bilan belgilanadi:
Г= , bunda X – yutilgan modda miqdori; S – adsorbent sirti.
Adsorbsiyani quyidagicha xarakterlash mumkin:
Yutilgan modda miqdorini temperaturaga bog‗liqligi:
Г = f(T) P = const (izobara) yoki C = const (izopika)
Bosim yoki konsentratsiyani temperaturaga bog‗liqligi:
Р = f(T), C = f(T) (P va C – muvozanatda) Г = const (izoterma)
Yutilgan modda miqdori bosim yoki temperaturaga bog‗liq:
Г = f(R), Г = f(С) (Р va С – muvozanatda) T = const (izoterma)
Bulardan ko‗pincha adsorbsiya izotermasidan foydalaniladi.
1-rasm. Adsorbsiya
izotermasi
Adsorbsiya izotermasi (1-rasm) 3 ta qismdan iborat bo‗lib, birinchi qismda
grafikni boshidagi to‗g‗ri chiziqda adsorbsiya Р va С ga proporsional ravishda
o‗zgaradi. Ikkinchi egri qism va absissa o‗qiga parallel to‗g‗ri chiziq maksimal
miqdordagi adsorbsiyani ifodalaydi. O‗zgarmas temperaturada qattiq adsorbent
75
sirtiga yutilgan gaz yoki erigan modda miqdori bilan adsorbent og‗irligi orasidagi
bog‗lanish Freyndlixning adsorbsiya tenglamasi bilan ifodalanadi:
Г = = K∙C
1/n
, bu erda X – yutilgan modda miqdori; m – adsorbentning
massasi; C – eritmaning adsorbsion muvozanat vaqtidagi konsentratsiyasi; K va
1/n - tajribadan topiladigan o‗zgarmas qiymatlar. K-adsorbilanuvchi modda
tabiatiga bog‗liq. Uning fizik ma‘nosi shuki, agar C= 1 va m = 1 bo‗lsa K = X
teng bo‗ladi. n– ning qiymati 1.5 bilan 5 orasida bo‗ladi. Freyndlix formulasi
asosida Г ni xisoblash uchun formuladagi K va n konstantalarning son
qiymatlarini topish kerak.
Buning uchun grafik usulidan foydalanamiz va formulani Logorifm shaklda
yozamiz:
orasidagi bog‗lanish grafikda to‗g‗ri
chiziqni beradi.
Shunday
qilib
bir
necha
konsentratsiyada
x/m
ni
aniqlab
grafikdan K va n ni topamiz. Bu
formula o‗rtacha konsentratsiya va
bosimlarda to‗g‗ri natija beradi.
2-rasm.
Freyndlix
formulasining
logarifmik koordinatalarda chizilgan grafigi.
Do'stlaringiz bilan baham: