35
5.
Termodinamikaning 2-qonunini tushuntiring.
6.
Eritmalar. Raul va Genri qonuni.
7.
Krioskopiya va Ebulioskopiya.
8.
Termodinamikani 1 qonuni.
9.
Eritmalar. Raul qonunini tushuntiring.
10.
Krioskopik qonun.
5-Ma’ruza. Elektrolit eritmalarning xossalari
Reja:
1.
Elektrolit eritmalarning xossalari
2.
Elektrolitik dissotsilanish nazariyasining asosiy holatlari
3.
Elektrolit eritmalarning termodinamik nazariyasi
Tayanch iboralar:
Kimyoviy termodinamika, kimyoviy kinetika, kimyoviy
muvozanat, elektrolit, molyal eritma, kolligativ, gidratlanish, elektrolitik
dissotsiyalanish, aktivlik.
1. Elektrolit eritmalarining xossalari
Suyultirilgan eritmalarning barcha umumiy xossalari, ya‘ni kolligativ
xossalari (to‗yingan bug‗ bosimining nisbiy pasayishi, qaynash temperaturasining
ortishi, muzlash temperaturasining pasayishi, osmotik bosim) erigan moddaning
molyar qismidan chiziqli bog‗langan (erigan modda zarrachalarining soniga
proporsional ravishda o‗zgaradi) va uning tabiatiga bog‗liq emas. Ushbu ta‘rif
suyultirilgan eritmalar uchun Raul-Vant-Goffning umumlashgan qonunini
ifodalaydi. Bunday umumiy qonuniyat organik moddalarning suvdagi va organik
erituvchilardagi eritmalari uchun adolatli bo‗lib chiqdi. Ammo tuzlar, kislotalar
va ishqorlarni suvdagi eritmalarining kolligativ xossalari yuqoridagi qonuniyatga
bo‗ysinmasligi aniqlandi. Masalan, NaCl molyal eritmasi muzlash
temperaturasining pasayishi suvning krioskopik doimiysidan (1,86
0
) deyarli ikki
baravar yuqori (3,36
0
). Demak, kislota, ishqor va tuzlarning suvli eritmalaridagi
zarrachalarning soni eritmaning molyar konsentratsiyasiga mos kelmaydi. Bundan
tashqari, suyultirilgan eritmalar qonunlaridan chetlanuvchi ertmalar organik
moddalarning
suvdagi
eritmalariga
nisbatan
ancha
yuqori
elektr
o‗tkazuvchanlikka ega, bu esa eritmada zaryadlangan zarrachalar mavjudligidan
darak beradi. Eritmalari elektr tokini o‗tkazuvchi bunday moddalar elektrolitlar
deb ataladi. Elektrolitlarning xossalari elektrolitik dissotsilanish nazariyasining
asoschisi Arrenius (1887 yil) tomonidan ko‗rib chiqilgan va umumlashtirilgan.
Erituvchining qutbli molekulalari bilan erigan modda zarrachalari orasidagi
ta‘sir natijasida elektrolitik dissotsilanish sodir bo‗ladi. Bunday ta‘sir xattoki
kovalent bog‗larni ham qutblantiradi, masalan, vodorod xloridni. Ushbu gazni
suvda eritayotganda dielektrik doimiysi katta bo‗lgan muxitda N-Cl bog‗ining
kuchsizlanishi xisobiga vodorod va xlor ionlari xosil bo‗ladi. Gidratlanish
natijasida ionlar eritmaga o‗tadi. Ion kristallarini (masalan, NaCl)suvda
eritayotganda ham xuddi shunday jarayon kuzatiladi. NaCl ning kristall
panjarasida Na
+
va Cl
-
ionlari bo‗lmasa ham, erituvchining qutbli molekulalari
bilan ta‘sirlashishi kristalldagi bog‗larning qutblanishiga, ularning kusizlanishiga
va zarrachalarning gidratlangan ionlar xosil qilib eritmaga o‗tishiga imkoniyat