farmatsevtika muassasalarida joriy yilning 25 avgustiga qadar fitobarlar ochilishi
ta‘minlanishi to‘g‘risida qarori ishlab chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida 2015 yil 16 yanvarda
o‘tkazilgan ―O‘rmon xo‘jaliklari imkoniyatlaridan keng foydalanish, dorivor
o‘simliklarni yetishtirish, tayyorlash va qayta ishlashni yanada rivojlantirish, o‘rmon
xo‘jaliklari moddiy texnika bazasini mustahkamlash bo‘yicha 2016 yilga
mo‘ljallangan chora-tadbirlar to‘g‘risida‖gi 6-son yig‘ilishi qarorining 3-bandi va
2016 yil 24 yanvarda o‘tkazilgan ―O‘zbekiston Respublikasida mahalliy farmatsevtika
sanoatini yanada rivojlantirish va mahalliy xom ashyo va dorivor o‘simliklar asosida
import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh dori vositalarni ishlab chiqarishni tashkil etish
chora-tadbirlari to‘g‘risi‖da qarori imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi-―O‘zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi PF-
4947-son
Farmonida
2017—2021
yillarda
O‘zbekiston
Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishida ko‘rsatib o‘tilgan tamoyillardan kelib
chiqqan holda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish
to‘g‘risida ilmiy-amaliy ishlar ko‘rib chiqildi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27-yanvardagi 63-son qarori bilan qizilmiya va
boshqa dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini tashkil etuvchi, shuningdek, qizilmiya
ildizini qayta ishlovchi va tayyor mahsulot chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi
sub‘ektlarga imtiyozlar joriy etildi.
Prezident SHavkat Mirziyoevning 2018 yil 14 fevraldagi № PP-3532 sonli
«Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta‘minlash maqsadida hamkor mutasaddi idoralar bilan
hamkorlikda tashkillashtirilgan. Ushbu tadbirda ma‘lum qilinishicha, hozir
O‘zbekistonda 4 ming turdagi o‘simlik o‘sayotgan bo‘lsa, ularning 500 tasi dorivor
hisoblanadi va atigi 61 tasi tibbiy maqsadlarda madaniy shaklda yetishtirilmoqda.
Introduksiya u yoki bu darajada o‗simlikni o‗sishiga moslashgan joydan boshqa
joyga (moslashmagan) o‗tkazish bilan bog‗liq bo‗lgani uchun, shu o‗simlik turini
ekologiyasi bilan bog‗liq bo‗lgan bilimni, yangi sharoitni ekologik xarakeristikasini
bilish, DO‗larni madaniylashtirishda birinchi darajali ishlardan bo‗lib qoladi. Bu
ayniqsa juda zarur bo‗ladi, qachonki o‗simlik o‗zining tabiiy arealidan tashqarida
ekilmoqchi bo‗lsa, yovvoyi holda o‗sayotgan sharoitidan introduksiya qilinayotgan
sharoiti katta farq qilsa.
O‗simliklarni shu jumladan dorivorlarini ham introduksiyasi bilan shug‗ullanadi;
botanika bog‗lari, dorivor o‗simliklar pitomniklari (maxsus o‗stiriladigan xonalar),
farmatsevtika instiutlari va FA qarashli ilmiy-tekshirish institutlari.
Shu bilan birga botanika bog‗larida introduksiya bo‗yicha bajarilayotgan ishlar
ushbu DO‗larni xo‗jaliklarda ekishgacha etib bormaydi, xo‗jaliklarga joriy qilinmay
qolmoqda, DO‗larni sanoat miqyosida ishlab chiqarishga etib bormayapti. Buning
ko‗plab sabablari bor; introduksiya bu DO‗larni fitopreparatlar yaratishdagi
bo‗limlardan bittasi xolos.
Hozirgi vaqtda strofantin K introduksiya qilingan kendir o‗simligini ildiz va
ildizpoyasidan olinmoqda. Quyidagi 9 jadvalda O‗zR FAga qarashli Toshkent