DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
180
harajat ortib ketgan, olingan natijalarning aniqlik darajasi esa kam bo‘lgan.
Keyinchalik tajriba maydonlarinnng sathi qisqartirilib borildi. Umuman, tajriba
maydonchalarining sathi tajribaning turiga, oldindan bajarilishi lozim bo‘lgan
vazifaga, ekib o‘stiriladigan o‘simlik va boshqa sharoitlarga qarab turlicha bo‘lishi
mumkin.
Hozirgi kunda bizda dala tajribasida sathi 50-200m
g
bo‘lgan maydonchalar
ko‘llaniladi. Tajribaning boshlanish davrida esa bu maydonchalar 10-50 kv. m ni
ham tashkil etishi mumkin. Sathi 10 kv.m dan kam bo‘lgan maydonchalar esa
mikrodala tajribalarida, masalan: selektsiyada ishlatiladi. Maydoncha sathini
belgilashda ana shu yerga joylashadigan o‘simliklarning miqdorini bilish ham katta
ahamiyatga egadir. Adabiyotlarda ko‘rsatilishicha bu miqdor 80-100 ta o‘simlik
bo‘lishi lozim. Ba‘zi avtorlarning tavsiyasi bo‘yicha kartoshkada 40-50 ta,
makkajo‘xorida 60 ta, g‘o‘zada esa 100 o‘simlik bo‘lgani ma‘kuldir.
Umuman qishloq xo‘jalik fanining shu kundagi rivojida (bizda va chet elda)
tajriba ishlari uchun 50-100 kv.m maydoncha tavsiya etadi.
Ba‘zi hollarda, ya‘ni tuproq ishlov usullari tekshirilganda, turli mashina va
mexanizmlar sinab ko‘rilganda esa maydoncha sathi 300 xatto 1000 kv.m qadar
oshirilishi ham mumkin bo‘ladi. Tajriba ishlari bog‘ ko‘chatzorlarda o‘tkazilganda
esa, tajriba maydonchalariga 6-10 ta buta joylashishini e‘tiborga olish lozim.
Dorivor o‘simliklar yetishtirish dala tajribasi o‘tkazilganda esa tajriba
maydonchasi sathi kattaroq, ya‘ni 100 dan 3000 kv.m gacha bo‘lishi mumkin.
YAna shu zona uchun xos bo‘lgan agrotexnik va mexanizatsiya ishlarini
ta‘minlashiga e‘tibor bsriladi.
Umuman tajriba maydonchasining sathi bu konkret aniq bir holat bo‘lmasdan,
u tajriba vazifasi tuproq sharoiti, ekish usullari ekinlarni parvarish qilish usullari,
hosilni yig‘ish va boshqalarga qarab u yoki bu miqdorda o‘zgarib turishi mumkin.
Hosil maydonchalari - tajriba maydonchalarini ajratib turish uchun yonbosh
va
ztaklardan
himoya
maydonchalari
ajritiladi.
YOnbosh
himoya
maydonchalarining kengligi 0,5-1,5 m bo‘ladi. Ba‘zi hollarda masalan sug‘orish
yoki
gerbitsidlar bilan o‘tkazilgan tajribalarda esa ularning kengligi 2-3 m qilib
belgilanadi.
Sort sinov ishlarida esa yonbosh himoya maydonchalari kichikroq qilib, bir
sort ikkinchisidan 20-40 sm himoya maydonchasi orqali ajratiladi.
Etaklardan himoya maydonchalari 2 m dan kam bo‘lmasdan, mashina bilan
agregatlar ishlatilganda, ularni dala etaklarida qayrilib olishlari uchun esa 5 m
etakdan himoya maydonlari qoldiriladi.
Tajriba maydonlarining shakli-haqida gapirilganda ularning uzunligining
(bo‘yining) ekinga bo‘lgan nisbatlari tushiniladi. Maydonlar bu munosabatga qarab
kvadrat, 10x10 yoki 5 x5, to‘g‘ri turt burchak 5x10 yoki 4x20m va cho‘zik 2,5x40
yoki 4x60m bo‘lishlari mumkin.
Tuproq sharoitlari turlicha bo‘lgan uchastkalarda cho‘ziq maydonchalar
yaxshi natija beradilar. Lekin bu maydonchalarning parametrlari katta bo‘lgani
uchun himoya maydonlariga ko‘p yer uchastkasi sarf etiladi. Kvadrat formasidagi
maydonchalar yonma-yon variantlar bir-biriga taasuroti ko‘p bo‘lgan holatda
Do'stlaringiz bilan baham: |