Xisobga olinadigan qatorlar va o‟simliklar:
Tajriba variantlari 12 qatorli bo‘ladigan bo‘lsa, shu 12 qatordan o‘rtadagi 8 qatori
hisobga olinadigan va ikki chetidagi 4 tasi hisobga olinmaydigan qatorlar hisoblanadi.
Dala tajriba-larida xisobga olinadigan qatorlar ichida xisobga olinadigan o‘simliklar
tanlab olinadi va ularga yorlik (etiketka) lar osib chiqiladi. Tajriba vazifalariga,
tuproqning xilma-xilligi, paykallarning katta-kichikligi va tajriba qancha davom
etishiga qarab, takrorlanishning zaruriy soni aniqlanadi. Sug‘oriladigan sharoitlarda,
doimiy (statsionar) uchastkalarda o‘tkaziladigan agrotexnikaviy tajribalarni kamida 4
marta takrorlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |