DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
148
audiovizualli (yozilgan tovish, kino va videofilmlar) mashina o‘qiydigan
axborotlar (mikrofoto uzatuvchilar va h.k.) kiradi.
Hujjatlar,
birlamchi
va
ikkilamchi
bo‘lishi
mumkin.
Birlamchi hujjat va nashrlarga: chop
qilingan va chop qilinmagan
hujjatlar kiradi. Bunga: kitoblar (hajmi 48 betdan katta, broshyuralar hajmi 4
betdan 48 betgacha), ular pulli va pulsiz bo‘lishi mumkin, yana ilmiy, o‘quv,
hujjatli, ilmiy-ommaviy va har bir ilm tarmoqlari, fanlari bo‘yicha bo‘lishi
mumkin.
Kitob va hujjatlarning ichida ilmiy asosda muhimi bu monografiya va
yig‘malardir. Darsliklar, darsga qo‘llanmalar bular o‘qitish maqsadida
tayyorlanadi. Bularda hamma axborotlar ma‘lum bir sistemada tayyorlanadiki
u o‘quvchilar uchun oson va qulay bo‘lishi kerak. Agar axborotlar davlat
nomidan berilsa, bu rasmiy axborotlar turiga kiradi. Ilmiy texnik axborotlarning
ancha operativ manbai bu ma‘lum vaqtlarda chiqib turuvchi o‘zlukli nashrlardir.
Bularga jurnallar va gazetalar kiradi. Bundan tashqari muddatli nashrlar; har xil
mehnatlar, olimlar ishlari majmuasi, yangiliklar va h.k. Maxsus informativ
manbalarga: har xil standartlar, ko‘rsatmalar, turli qoidalar, metodik ko‘rgazmalar
va h.k. kiradi. Axborot manbalarining ichida muhimlaridan biri, bu patent
axborotlari hisoblanadi va ularga kashfiyot va ixtirolar, sanoat mulkchiligi va
ixtirochilar haq-huquqi haqida eng yangi axborotlar beriladi. Patent hujjatlari eng
yuqori haqiqatga ega, chunki uning yangiligini maxsus ekspertiza va tekshirishdan
o‘tkaziladi.
Birlamchi nashr qilinmagan hujjatlarga: ilmiy-texnikaviy hisobotlar,
dissertasiya va deponirlangan qo‘lyozmalar, ilmiy tarjimalar, konstruktorlik
hujjatlar, simpozium, syezd va seminarlar, ilmiy konferensiyalar o‘tkazish
informasion xabarlar kiradi.
Ikkilamchi
hujjatlarga:
ma‘lumotnoma,
sharhlar,
referativli
va
bibliografik axborotlar kiradi.
Ikkilamchi chop etilmaydigan hujjatlarga: qayd qilingan va axborotli
kartalar, dissertasiyalarning hisob kartochkasi, deponirlangan qo‘lyozma va
tarjimalar, kartochkalar, axborotli xabarlar kiradi. Yig‘ilgan bir sistemaga
keltirilgan ilmiy axborotlarni qayta ishlovida taxlil etiladi. Tahlil etish, mavzu
bo‘yicha to‘la yoritish, uning maqsadi, vazifasini aniqlash va kelgusi izlanishlar
uchun asos yaratishdir.
Ilmiy axborotlarni qayta ishlovida izlanuvchidan quyidagi shartlarga amal
qilishlari taklif etiladi: ishning maqsadini aniq aniqlash, olingan yangi
axborotlardan ilxomlanish, izlanishda diqqat va fikrni bir yerga to‘plash,
mustaqil mehnatni tashkillashtirish, adabiyotlarni o‘rganishda qat‘iyat va
muntazamlikga rioya etish, aqliy mehnat samaradorligini turli yo‘llar bilan
oshirib borish, qat‘iy ish tartibini o‘rnatish, zamonaviy tahlil uslubi va
texnikasini qo‘llab berish hisoblanadi.
Ilmiy izlanish axborotlarni tahlil etishda annotasiyalar, qisqacha ko‘chirma,
konspekt yozuvlarni keng qo‘llash kerak. Qayta ishlanayotgan axborotlarni tahlil
qilish, bu o‘ta muhim, ilmiy izlanishning bosqichlaridan biri hisoblanib, unda
Do'stlaringiz bilan baham: |