Tajriba maydonida variantlar bo‟yicha reja asosida agrotexnik
tadbirlarni belgilash.
Dala tajribasi o‘tkazilish maqsadlari va xal bo‘linishi zarur bo‘lgan vazifalarga
bog‘liq bo‘lib asosan 2 ta katta gruppaga bo‘linadi:
5.
Agrotexnik dala tajribalari - Bular tuproqni ishlov, almashilab ekish,
o‘g‘itlash, qishloq xo‘jalik zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurash, ekin
normalarini belgilash va boshqalarga bag‘ishlangan tajribalar.
6.
Qishloq xo‘jalik ekinlarining nav sinov tajribalari.
Tuproqni obi-tobida ishlash, ekislini eng ma‘qul agrotexnik muddallarda
o'tkazish, eng yaxshi o'tmishdosh ekin tanlash, almashlab ekishga qat‘iy amal
qilish, begona o'tlar, zararkunanda hasharotlar va kasalliklarga qarshi kurashish-
o‗g‗itlar samaradorligiga kuchli ta‘sir ko'rsatadigan omillardan hisoblanadi.
Obi-tobida amalga oshirilgan ishlov tuproqda qulay suv-havo va mikrobiologik
rejimlarni yiizaga keltiradi, bu o‗z navbatida ekinlarning me‘yorida o'sib
rivojlanishiga yordam beradi.
Turli o'tmishdosh ekinlar o'zlaridan keyin turli miqdordagi ang'iz va ildiz
qoldiqlarini qoldiradi, o‗g‗it, suv va ishlov berishni turlicha talab qo'yadi. Ayrim
qishloq xo'jalik ekinlari (lyupin, xantal, qashqar beda) tuproqdagi qiyin eriydigan
oziq moddalarini o'zlashtirish va keyingi ekiladigan ekinlar uchun o'zlashtirishga
layoqatli shaklga oikazish qobiliyatiga ega. Dala almashlab ekishdagi sabzavot va
ayrim chopiqtalab ekinlar tuproqdan kaliyni ko‗proq o‗zlashtiradi. Ertangi
ekinlarning o‗suv davri qisqa bo'lganligi uchun ular tuproqdan oziq moddalarini
kam miqdorda o‗zlashtiradi, lekin paykallarni takroriy ekinlar uchun erta
muddatlarda bo'shatib beradi. Natijada tuproqning oziq rejimi yaxshilanadi.
Dukkakli va dukkakli-don ekinlari tuproqda ko'p miqdorda biologik azot to'playdi.
Uning bir qismidan ular o‗z maqsadida foydalansa, qolgan qismi keyingi
ekiladigan ekinlarni azot bilan ta‘minlashga xizmat qiladi. Dukkakli ekinlar
tuproqdan ko‗p miqdordagi fosfor va kaliyni olib chiqib ketadi. 0 ‗g‗it qoilash
chuqurligi bevosita tuproqni ishlash usuli bilan bogiiqdir. 0 ‗g ‗itlar tuproqning
nam bilan yetarli ta‘minlangan qatlamiga kiritilganda, yaxshi eriydi hamda
ekinlarning oziqlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Tuproqni ishlash begona
o‗tlarni yo'qotishdagi eng m uhim tadbir bo iib , pirovardida ekinlarning
oziqlanish sharoitini yaxshilashga xizmat qiladi. Ishlov berish bilan tuproqning
haydalma qatlam chuqurligi oshadi, ekinlar baquwat tomir yoyadi, natijada
o‗simliklar tuproqning chuqur qatlamlaridan ham oziq moddalarini o ‗zlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |