DORIVOR O‟SIMLIKLARDA ILMIY IZLANISH ASOSLARI
83
uning biologiyasi, fenologiyasi va ekologiyasini shu o‗simlikni botanika bog‗i
sharoitida ekishda foyalanish bo‗yicha dastlabki baholash imkoniyatini olish va
kelajakda aniq sharoitda ekishda foydalaniladi. CHunki o‗simlik to‗g‗risidagi botanik
ma‘lumotlar ko‗rincha o‗simlikni tabiiy sharoitdagi morfologiyasini tasvirlangan
bo‗ladi xolos.
Tabiiy
florani
turli
o‗simliklarini
har
xil
ekologik
sharoitlarda
madaniylashtirilganda va o‗stirilganda birinchi navbatda o‗simliklarni ekologik
o‗zgarishga moyilligi (plastichnost) va tabiiy bo‗lmagan boshqa sharoitda moslashuv
imkoniyati mavjudligi (adaptivnыe vozmojnosti) aniqlanadi.
O‗rta Osiy tabiiy florasini o‗simliklarini Toshkent sharoitiga introduksiya
qilishda noyob (redkix), endemik va «reliktovыx» bo‗lib, qisqa ekologik areali
bo‗lgan, tabiiy sharoitlarga moslashganlarini maxsus, o‗ziga xos substratlarda: gipsli,
sho‗rxok va ohakli va boshqa joylarga moslashganlariga alohida e‘tibor qaratildi.
Introduksiya qilinayotganda turli vertikaal poyaslarni va ulardagi er qatlamlari
kabi omillar ham inobatga olindi. SHularga qaraganda, yovvoyi holda o‗suvchi
biologiyasi, ekologiyasi turlicha o‗simliklarni, Toshkent sharoitiga moslashtirish,
introduksiya qilish ishlarini naqadar murakkab va qiyin jarayon ekanligini ko‗rsatadi.
O‗rta Osiyo flora o‗t o‗simliklarini madaniylashtirib o‗stirishni ko‗p yillik
tajribalari shuni ko‗rsatdiki, birinchi navbatda obdon erni ekishga tayyorlash kerak
va unib chiqqan o‗simlikni birinchi yili qattiq parvarish qilish lozim.
Ekishdan oldin erni 25–30 sm chuqurlikgacha chopish, hamda 1–2 chelak qum
va 2 chelak chirigan barglarni 1 m
2
erga solish kerak. Daryo qumi, ayrim hollarda
granit maydasi erni mexanik tarkibini yaxshilab uni engilroq qiladi, chirigan barglar
esa oziq moddalar miqdorini oshiradi (asosan gumin kislota unumlari). Bu esa o‗z
navbatida o‗simlikni o‗sishi va rivojlanishiga ayniqsa birinchi yili ijobiy ta‘sir
ko‗rsatadi.
Introduksiya qilinayotgan o‗simlikni er ostki qismi oldiniga chopilgan,
yumshatilgan, oziq moddalariga boy bo‗lgan erni yuza qatlamida (25–30 sm) bo‗ladi.
Bu o‗simlikni o‗sishi va rivojini yaxshi ta‘minlaydi.
Introduksiya qilinayotgan o‗simliklar o‗zini tabiiy sharoitidan ko‗chirilib, boshqa
sharoitga ekilganda, yaratilgan bir xil edafik sharoitga tabiiy turlicha reaksiya
beradilar. Ushbu reaksiyalarni e‘tiborga olib, introdutsentlarni shu yaratilgan edafik
faktorlarga bo‗lgan munosabatlari ularni ekologik plastikligini (moslanuvchanligi)
aniqlash, shunga qarab agrotexnik tadbirlarni olib borish lozim bo‗ladi, ular asosan
yaxshilab begona o‗tlardan tozalanishi (propolka), quyosh tikkaga kelganda ularni
oftob nuri issig‗idan pana qilishlar ularni biotsenotik arealini aniqlash imkonini
beradi.
Ekologik areali tor o‗simliklarni introduksiya qilinayotganda erni maxsus
tayyorlanadi, ularni tabiiy o‗sayotgan joyi sharoitiga yaqinlashtiriladi. Erga galofit
ostiga sho‗rxok tuproq, psammofitlar ostiga o‗ralar kovlanadi va ular qum bilan
to‗ldiriladi, gipsofitlar ostiga esa tarkibida gips saqlagan tuproq solinadi (ular
o‗simlikni tabiiy o‗sayotgan joyidan keltiriladi).
Bir xil o‗simliklar bu yaratilgan sharoitda yaxshi o‗sib rivojlanadi boshqalari esa
oddiy sharoitda ham o‗saveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |