Uchinchi bosqichda tajriba
- sanoat miqyosida o‗rganilayotgan o‗simlik turi
mahsulotini ishlab chiqarish, ya‘ni texnologiyasini iqtisodiy samaradorligini
o‗rganiladi.
Tajriba-sanoat miqyosida o‗simlikni ishlab chiqarish sinovi, o‗simlikni o‗stirish
texnologiyasini, o‗stirilayotgan joyga moslab ishlab chiqiladi. Tajriba maydoni odatda
0,1-0,5 ga. (gektor) tashkil qiladi. Bunda o‗simlikni sanoat miqyosida o‗stirishda
qanday qishloq xo‗jalik texnologiyasini qo‗llash mumkinligi aniqlanadi. Bu esa o‗z
navbatida erni ekishga tayyorlash, sepiladigan va ekiladigan materialni tayyorlash,
sepiladigan yoki ekiladigan muddat aniqlanadi, yig‗ish usuli va vaqti beligilanadi. Bu
ishlar natijasi o‗simlikni ekishni texnologik kartasini tuzish hisoblanadi.
O‗simlik ekishni iqtisodiy tomndan narxi va olingan oxirgi mahsulot narxi, olib
borilgan barcha ishlarga, ekish, yig‗ishni oxirigacha bo‗lgan texnologik jarayon
(texnik agregatlar, ularni amortizatsiyasi, o‗g‗itlar va pestitsidlar narxi, urug‗ni
tayyorlash, hosilni yig‗ish va boshqalarga qilingan sarf harajatlarni hisoblab
belgilanadi. Bu ma‘lumotlarni 1 sentr mahsulotga nisbatan hisoblanadi. Amaliyot
ko‗rsatadiki hosildorlikni madaniylashtirib ekilayotgan o‗simlik mahsulotiga qilingan
hisobni sanoat miqyosidagi narxini 50% ga kamaytirish zarur bo‗ladi, chunki sanoat
miqyosida ishlab chiqarilayotganda, mahsulotni yig‗ishda mexanizatsiyani qo‗llashda,
transportda tashishda va quritish va boshqa jarayonlardagi yo‗qotishlar (poteriya)
tufayli. Iqtisodiy tomondan baholash tufayli, tayyor produktni-dorivor preparatni yoki
substansiyani oldindan narxini baholash imkonini beradi.
Ko‗plab dorivor o‗simlik mahsulotlarini ekish texnologiyasini yirik
maydonlarda, plantatsiyalarda ishlab chiqarishni harajatlari yuqori bo‗lganligi
munosabati bilan sanoat miqyosida ishlab chiqarishni yo‗lga qo‗yishni iloji bo‗lmadi,
masalan tangut rovochi, podofill o‗simligi va boshqalar.
SHuning uchun birinchi navbatda ekish va shu bilan bog‗liq ishlarni quyidagi
qator o‗simliklar bilan bir qatorda: igir, ko‗k bo‗tako‗z, vzdutoplodnik sibirskiy,
astragal, datiska konoplevaya, tog‗rayhon, may marvaridgul va boshqa o‗simliklarni
rejalashtirilmoqda.
SHunday qilib dorivor o‗simliklarni introduksiyasi bilan bog‗liq ishlar kompleks
xarakterga ega bo‗lib, u yoki bu etaplarda kerakli mutaxasislarni jalb qilishni
(agronom, kimyogar, iqtisodchi (ekonomist) taqozo qiladi. Ammo ular asosida,
o‗simliklarni o‗sishi uchun kerakligi ekologik muhitga asoslangan bo‗ladi.
Dorivor o‗simliklarni ekologiyasi farmakognoziyani ajralmas bir qismini tashkil
qiladi, chunki atrof muhitdagi faktorlar biologik faol moddalarni to‗planishiga va shu
orqali dorivor o‗simlik mahsuloti sifatiga qo‗yilgan talablarga mahsulot javob berishi
Do'stlaringiz bilan baham: |