Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

Yillik ish rejasi. 
Har bir darsda o‘tiladigan predmet uchun alohida ish rejasi 
tuziladi.  Buni  bajarishdan  oldin  geografiya  o‘qituvchisi  predmetning  maqsad  va 
vazifalarini  aniq  tasavvur  qilishi  zarur.  Dasturdagi  mavzularni  choraklarga 
taqsimlashda  o‘qituvchi  ijodiy  yondashishi  zarur.  Dastur  asosida  yillik  ish 
rejasining quyidagi taxminiy tizimini tavsiya qilish mumkin.  
Mavzuli  reja  ko‘p  soatlik  mavzularni  sun’iy  bo‘lib  tashlashni  emas  balki, 
ularni  ma’lum  tartib  bilan  ketma-ketlikda,  mazmun  asosida  ta’lim  metodlarini 
tanlashni  e’tiborga  olgan  holda  taqsimlashni  taqozo  etadi.  O‘qituvchi  dastur  va 
darslik  asosida  har  bir  darsning  ta’lim-tarbiyaviy  maqsadini,  mazmunini,  tayanch 
bilimlarni,  amaliy  va  mustaqil  ishlarni,  ta’lim  vositalarini  aniqlaydi.  O‘qituvchi 
o‘quv  ishlarini  rejalashtirishda  turli  shakllarni  qo‘llashi  mumkin.  Bunday 
rejalashtirishlar  jurnallarda,  metodik  adabiyotlarda  keng  yoritilgan.  Ko‘p  yillik 
tajribaga  ega  bo‘lgan  geografiya  o‘qituvchilari  dars  rejalarini  tuzishda  ijodiy 


168 
 
yondashadilar.  Masalan,  har  bir  dars  uchun  katta  ishlanma  (konvert)  tutadilar. 
Unda  dars  rejasi  bilan  didaktik  materiallar  ham  bo‘ladi.  Kelgusi  o‘quv  yilida 
ishlanma  ko‘zdan  kechirilib,  unga  zarur  qo‘shimcha  va  o‘zgarishlar  kiritiladi. 
Barcha  ishlanmalar  sinflar  bo‘yicha  alohida  saqlanadi.  Amaliyotda  dars  o‘tuvchi 
yuqori kurs talabalari va yosh o‘qituvchilar juda oz tajribaga ega bo‘lganlari uchun 
dars  konspektlari  tayyorlaganlari  ma’qul.  Chunki  ularda  hali  yetarli  pedagogik 
ko‘nikmalar shakllanmagan. Ularga rejalashtirishning quyidagi eng oddiy shaklini 
tavsiya qilish mumkin: 
1.Dars rejasi. 
2. O‘qituvchi faoliyati. 
3. O‘quvchi faoliyati. 
Birinchi ustunda dars rejasi beriladi. Ikkinchi ustunda o‘qituvchi bayonining 
mazmuni,  suhbat,  Blis  so‘rovi  va  o‘quvchi  uchun  mustaqil  topshiriqlar  aks 
ettiriladi.  Uchinchi  ustunga  o‘quvchilardan  kutiladigan  javoblar,  mustaqil  ish 
natijalari, jadvallar, chizgilar yoziladi. 
Darsni  ushbu  metodda  amalga  oshirish  o‘quvchilarning  bilish  faoliyatini 
nazorat  qilishda  katta  rol  o‘ynaydi.  Maktablarda  geografiya  darslarini 
rejalashtirishda yagona tizim yo‘q. Chunki o‘quv jarayoni mazmuni va shakllarini 
tashkil qilish hamma o‘qituvchida ham bir xil emas. Geografiya ta’limida turli xil 
rejalar  keng  tarqalgan.  Ayniqsa,  kurslar  bo‘yicha  butun  o‘quv  jarayonini  yirik 
bilim va mavzular bo‘yicha rejalashtirish ko‘p ishlatiladi. 
Geografiya  darslarida  tayyorlanish  jarayonida  mavzuli  (tematik)  reja  keng 
ishlatiladi.  Bunday  reja  o‘qituvchiga  bilimlarni  tadrijiy  shakllantirishni,  mavzular 
o‘rtasida 
aloqadorlikni 
o‘rnatishda, 
tushunchalarni 
bosqichma-bosqich 
shakllantirishda,  tayanch  bilimlar  va  ko‘nikmalarni  belgilashda,  amaliy  ishlar 
tizimini  aniqlashda  qanday  ko‘rgazmali  qurollarni  ishlatish  zarurligini  oldindan 
belgilab  olish  imkonini  beradi.  Mavzuli  rejaning  u  yoki  bu  kurs  bo‘yicha 
darslarning  turi,  maqsadi,  metodlari,  vositalari,  o‘qituvchi  va  o‘quvchi 
faoliyatining qanday bo‘lishligini oldindan belgilab olishda ham roli katta. 
Har  bir  dars  mutloqo  bir-biriga  o‘xshamaydi.  Chunki  bu  o‘quv  materiali 
mazmuni  bilimlarni  o‘zlashtirish  darajasi  o‘quv  ishlari  metodlari,  o‘quvchilar 
dunyoqarashi,  dars  g‘oyalari  mehnat,  ekologik,  iqtisodiy,  kasb  tarbiyasi  kabilarni 
shakllantirishda  e’tiborga  olish  zarur  bo‘ladi.  Darslar  tizimini  rejalashtirishda 
birinchi  navbatda  har  bir  darsning  didaktik  maqsadi,  ta’lim-tarbiyaviy  vazifalari, 
dars tarkibi, darsdagi bog‘liqlik e’tiborga olinishi kerak. 
Darslar tizimini rejalashtirishda taxminan quyidagi bandlarni e’tiborga olish 
lozim. 
Dars №; 
Dars mavzusi; 


169 
 
Didaktik maqsad yoki ta’lim-tarbiyaviy vazifalar; 
Tayanch bilimlar; 
Ta’lim vositalari; 
Ta’lim metodlari va metodik tavsiyalar; 
Fanlararo aloqalar; 
Mustaqil va amaliy ishlar; 
Uyga vazifa; 
Mazkur rejalashtirishga ijodiy yondashish va o‘zgartirishlar kiritish mumkin. 
Darslar  tizimi  rejasi  asosida  alohida  darslar  rejasi  tuziladi.  Bu  rejada 
o‘qituvchi  faoliyatini  tashkil  qilishning  aniq  tekshirish-yangi  bilim  berish-
mustahkamlash-uyga  vazifa  tarzida  tashkil  qilaverish  ta’lim  sifatini  pasaytiradi. 
O‘quvchilar  faolligini  fikrlashni  susaytiradi.  Shuning  uchun  ham  darslarni 
rejalashtirishda uning uslubiy tuzilishini doimo o‘zgartirib turishi kerak. Darslarni 
rejalashtirishga  qarab  o‘qituvchilar  ijodiga  baho  ham  berish  mumkin.  Bu  yerda 
o‘qituvchining  ilmiy-uslubiy  mahorati,  topqirligi,  o‘z  fanini  qanchalik  puxta 
bilishligini aniqlab olish imkoniyati tug‘iladi. Demak, darslarni rejalashtirish tartibi 
bo‘yicha yagona metod bo‘lishi mumkin emas ekan. Bitta kurs bo‘yicha aynan shu 
o‘qituvchi har yili turlicha darslar tarkibini tuzishi mumkin. Taxminiy dars rejasi 
quyidagi bandlardan iborat bo‘lishi mumkin: 
- Sinf;  
-Kun; 
- darsning tartib raqami va dars mavzusi;  
-dars jihozlari; 
- darsning borishi (mazmuni, tanlagan metodlar, har bir qismga ketgan vaqt, 
qaysi o‘quvchilardan so‘ralishi, yakka va yalpi so‘rash uchun Blis so‘rov, doskaga 
chizilishi, kerak bo‘lgan rasm va chizgilar); 
-uyga vazifa.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish