Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

 
 


132 
 
VI-BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMIDA QO‘LLANILADIGAN O‘QITISh 
VOSITALARI 
6.1. Geografiya ta’limi vositalari tasnifi va ularning turlari 
 
Hozirgi sharoitda geografiya ta’limi jarayonlarining sifati va samaradorligini 
oshirish  ko‘p  jihatdan  o‘qitish  vositalari  bilan  maktabning  qay  darajada 
ta’minlanganligiga  bog‘liq.  Geografiya  ta’limi  jarayonini  amalga  oshirishga 
yaqindan  yordam  beruvchi  vositalar  ta’lim  vositalari  deb  ataladi.  Geografiya 
ta’limida  o‘quvchilarni  har  tomonlama  yetuk,  bilimdon  bo‘lib  yetishida  ta’limni 
hayot bilan chambarchas bog‘lab borishda o‘quv qurollarining roli katta. 
 
O‘qitishdagi  ko‘rsatmalilik  o‘quvchilarning  geografik  tasavvur  doirasining 
kengayishiga,  mavzuning  tushunarli  bo‘lishiga  va  puxta  o‘zlashtirilishiga  imkon 
beradi.  Ayni  bir  vaqtda  ham  ko‘rish,  ham  eshitish,  ham  muskul  harakatlari 
yordamida hosil qilingan taassurotlar xotirada uzoq vaqt saqlanadi.  
 
Maktablarda  geografiyani  o‘rganishda  xilma-xil  metod  va  usullardan 
foydalanishadi.  Dars  sifatini  yaxshilashda,  uni  mazmunli  o‘tishda  hamda 
o‘quvchilarning  fanga  bo‘lgan  qiziqishini  yanada  oshirishda  o‘quv  qurollarining 
roli kattadir.  
 
O‘quv  qurollari  deganda  nimani  tushunmoq  kerak?  U  nimalarni  o‘z  ichiga 
oladi?  Ta’lim-tarbiya  saviyasini  yanada  yuqori  ko‘tarish  maqsadida  maxsus 
tayyorlangan va darsga bevosita tadbiq etilgan, qo‘llaniladigan va foydalaniladigan 
barcha  qo‘llanmalar  o‘quv  qurollari  tushunchasiga  mansubdir.  O‘quv  qurollari 
to‘rt guruhga bo‘linishi mumkin: 
 
Birinchi guruh - darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari. 
 
Ikkinchi guruh - o‘quv ko‘rsatmali qo‘llanmalar. 
 
Uchinchi guruh - asboblar. 
 
To‘rtinchi guruh -  moslamalar. 
 
Har bir guruh o‘z navbatida yana bir necha turlarga bo‘linadi. 
 
Darsliklar  va  o‘quv  qo‘llanmalari.  Bu  guruhdagi  o‘quv  qurollari 
o‘qituvchining bayonidan keyingi turadigan bilim manbaidir. O‘quv qo‘llanmalari 
o‘quvchilar  bilimini  kengaytirish  maqsadida  qo‘llaniladigan  xrestomatiya, 
spravochniklaridan iboratdir.  
 
O‘quv  –  ko‘rsatmali  qo‘llanmalar.  O‘quv  ko‘rsatmali  qo‘llanmalardan 
o‘rganiladigan  hodisa  va  obyektlar  haqida  aniq  tasavvur  hosil  qilish  maqsadida 
asosiy bilim manbalaridan biri sifatida foydalaniladi.  
 
O‘quv – ko‘rsatmali qo‘llanmalar xususiyatiga ko‘ra yana 4 ga bo‘linadi. 
1.
 
Kartagrafik qo‘llanmalar. 
2.
 
Tasvirli qo‘llanmalar. 
3.
 
Sxematik  qo‘llanmalar. 


133 
 
4.
 
Natural  qo‘llanmalar. 
 
Geografiya  ta’lim  vositalari  metodist-geograf  olimlar  Yu.G.Barisheva, 
A.A.Letyagin,  I.V.Dushinalar  tomonidan  amalga  oshirilgan.  Biz  quyida 
I.V.Dushina  tavsiya  etgan  va  amaliyotda  keng  tarzda  qo‘llanilib  kelinayotgan 
tasnifni keltiramiz. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6 chizma. 
Ta’lim vositalari tasnifi
 
Kartagrafik  qo‘lanmalar  Yerning  tasvirini  (tabiiy  geografik  obyekt  va  hodisalar, 
ularning  joylanishini)  shartli  kichraytirilgan  holda  va  muayyan  kartagrafik 
proeksiyada ifodalaydi.  
 
Tasvirli qo‘llanmalar geografik obyekt va hodisalarning haqiqiy ko‘rinishini 
tasvirlaydi.  Tasvirli  qo‘llanmalarda  bilimlarni  o‘rganish  aniq  taassurot  qoldirishi 
tufayli bilimlar puxta o‘zlashtiriladi. 
 
Sxematik  qo‘llanmalar  geografik  obyekt  va  hodisalarni  shartli  holda 
tasvirlaydi. Sxematik qo‘llanmalar karta sxema, grafik, diagramma va jadvallardan 
iboratdir. 
 
Natural  qo‘llanmalar  o‘rganiladigan  geografik  obyekt  va  hodisalarning 
aslidan iboratligi uchun ham alohida ahamiyatga ega. 
 
Asboblar  turlari  mazmundagi  amaliy  ishlarni  bajarish  uchun  zarur  bo‘lgan 
o‘quv  qurollarini  o‘z  ichiga  oladi.  Maktabda  geografiyani  o‘qitishda  tadbiq 
etiladigan asboblar quyidagilardan iborat. 
1.
 
Kuzatish  asboblari:  termometr,  termograf,  flyuger,  anemometr,  barometr, 
barograf, gigrometr, gigrograf, yog‘in o‘lchagich, burchak o‘lchagich, skafis. 
Ta’lim vositalari 
Verbal-axborotli 
Audiovizual 
Ko‘rgazmali 

O‘qituvchi o‘quv 
metodik qo‘llanmalar 

Darsliklar 

O‘quvchilarga o‘quv 
qo‘llanmalar 
 

Diapozitivlar  

Diafilmlar 

Kinofilmlar 

Transparantlar  

Teleko‘rsatuvlar 

Kompyuter dasturlari 

Videofilmlar 
 

Kartalar  

Karta sxemalar 

Aerofoto sur’atlar 

Rasmlar 

Tarqatma illustrativ 
materiallar 

Tablitsalar 

Diagrammalar 

Chizmalar 

Grafiklar 

Sxemalar  

Profillar
 


134 
 
2.
 
Joyda  mo‘ljal  olish  va  gorizont  tomonlarini  aniqlash  uchun  ishlatiladigan 
asboblar: kompas, gnomon, qutb yulduzi ko‘rsatkichi va rumbli halqa. 
3.
 
Masofalarni  o‘lchash  asboblari:  yer  o‘lchaydigan  sirkul,  rulekta,  metr 
o‘lchagich, reyka, eklimetr, planshet, vizir chizgichi. 
4.
 
Tajriba  o‘tkazish  uchun  ishlatiladagan  asboblar:  stakan,  probirka,  kolba  va  har 
xil shisha idishlar, voronka, shtativ, spirt lampasi. 
 
Moslamalar.  Bu  moslamalar  ko‘rsatmali  qo‘llanmalarni  ko‘rsatish,  saqlash 
va  ixcham  qilib  joylash  maqsadida  foydaniladigan  yordamchi  qurollardir. 
Moslamalar  geografiya  tahlilida  bevosita  ishtirok  etmasa-da,  kartalar,  jadvallar, 
sxemalar, ekranli qo‘llanmalarni ko‘rsatishga yordam beradi. 
Hozirgi  vaqtda  maktablarda  geografiya  kurslarini  o‘qitishda  foydalanilayotgan  
ta’limning texnika vositalari (TTV) xillari ko‘payib murakkablashib bormoqda. Bu 
esa o‘z navbatida darslarning samaradorligini oshirishga olib kelmoqda. 
 
Geografiya  ta’limida  texnika  vositalari  texnika  jihozlari  proeksion  va 
kinoproeksion apparatlar, magnitofon, televizor va boshqalar o‘quv informatsiyasi, 
ta’lim vositari, o‘quv filmlari, diapozitivlar, diafilmlar va boshqalardan iborat. Bu 
vositalarning asosiy vazifasi ta’lim samaradorligini oshirishdir. 
 
TTV  foydalanish  maqsadiga  ko‘ra  axborot  beruvchi,  nazorat  qiluvchi  va 
baholovchi hamda o‘rgatuvchi va mashq qildiruvchi kabi guruhlarga ajratiladi. 
 
Axborot beruvchi texnika vositalari yordamida o‘quvchilarga o‘quv axboroti 
beriladi. U ovozli, statik – dinamik audiovizual ekran vositalariga bo‘linadi. 
Ovozli  vositalarga  magnitofon  va  elektrofon  hamda  radio  priyomniklar 
kiradi.  Ular  yordamida  magnit  va  grammafon  yozuvlarni  hamda  radiopienik 
yordamida radio eshittirishlar orqali ovozli vositalardan foydalaniladi.  
 
Statik – ekran vositalariga dio-, grafo- va epiproektorlar yordamida ekranda 
namoyish  etiladigan  diapozitivlar,  transparatlar,  diafilm  epiproeksiya  obyektlari 
kiradi. 
 
Ovozli  –  dinamik  ekran  vositalariga  o‘quv  filmlari,  teleko‘rsatuvlar  va 
videomagnitafon yozuvlari kiradi. 
 
Nazorat  qiluvchi  va  baholovchi  texnika  vositalari  o‘quvchilarning  o‘quv 
materialini qanday o‘zlashtirning darajasi va  sifatini aniqlash uchun xizmat qiladi. 
 
O‘rgatuvchi  texnika  vositalaridan  ta’lim  jarayonini  individuallashtirish 
maqsadlarida  foydalaniladi.  Bu  texnika  vositalarining  didaktik  imkoniyati  ularga 
qo‘yilgan  o‘rgatuvchi  dasturni  qanday  darajada  takomillashganligiga  bog‘liqdir. 
Hozirgi  kunda  maktablarda  yuqori  texnologiyalarga  asoslangan  kompyuterlar 
qo‘llanilmoqda. Bu esa o‘z navbatida ta’lim jarayonida undan unumli foydalanish, 
o‘quvchilarda ta’limning tegishli yo‘nalishlarini egallashga yordam beradi. 


135 
 
 
Geografiya  o‘qituvchisi  TTV  dan  to‘g‘ri  va  yuqorida  ta’kidlangan  talab 
me’yorlarida  foydalansa  geografiya  kurslarini  o‘qitishda  quyidagi  didaktik 
vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishga imkoniyati bo‘ladi. 
 
TTV  geografiya  o‘qituvchisi  mehnatini  yengillatadi,  ta’lim  ta’sirini 
kuchaytiradi,  borgan  sari  kengayib  va  chuqurlashib  borayotgan  geografik 
bilimlarni  o‘quvchilarga  qisqa  vaqtda  yetkazgan  holda  hozirgi  zamon  talabi 
darajasida dars berishga imkon yaratadi. 
 
TTV  darsni  ko‘rgazmali  va  qiziqarli  bo‘lishini  ta’minlaydi.  Ko‘rgazmalilik 
boshqa fanlar uchun faqat illustrativ material bo‘lsa, geografiya  uchun esa, bilim 
olishning zarur manbalaridan biridir. 
 
TTV,  ayniqsa,  ovozli  –  dinamik  ekran  vositalari  o‘quvchilarda  geografik 
tasavvur  va  tushunchalarni  qisqa  vaqt  ichida  shakllanishiga  imkon  beradi.  Bu 
vositalar  geografik  obyektlar  va  hodisalarni  obrazli  tomonlarini  ochib  berib, 
ularning  muhim  alomatlari  va  xossalarini  o‘quvchilarga  tushunarli  tarzda 
ko‘rsatilishini  ta’minlaydi.  Ta’limning  ishonchli  va  tushunarlilik  tamoyilini 
ta’minlaydi. 
 
TTV  dan  foydalanish  o‘quvchilarning  bilim  doirasi  kengaytiradi.  Tabiat 
hodisalarining  o‘rtasidagi  o‘zaro  aloqalarni,  rivojlanish  qonuniyatlarini  chuqurroq 
ochib beradi. Tabiatda juda tez yoki aksincha juda sekin yuz beradigan hodisalarni 
qisqa vaqt ichida ko‘z bilan ko‘rish imkoniyatini beradi. Yerning ichki qismlarini 
ham qo‘rish imkonini yaratadi. 
 
TTV  mazmuni  hayot  bilan  bog‘laydi.  Undagi  voqea  hodisalarni  ilmiy 
asoslangan nazariya bilan mujassamlashtirishda muhim o‘rin tutadi. 
 
TTV  qisqa  vaqt  ichida  o‘quvchilar  bilimini  tekshirib  baholashi  va  darsning 
sifatini nazorat qilishi mumkin. 
 
Shunday  qilib,  TTV  darsning  samaradorligini  oshiradi  va  ma’lum  ma’noda 
ta’lim suratini tezlashtirib, o‘quv materialini o‘zlashtirish uchun sarflangan vaqtni 
tejaydi  va  darsda  ta’limning  qo‘shimcha  vositalari  bilan  bir  qatorda  o‘quvchilar 
bilan induvidual ishlash imkonini beradi. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish