Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

5.2.3.
 
Suhbat metodi 
Suhbat  metodida  o‘qituvchining  savoli  va  o‘quvchining  javobi  asosiy  o‘rin 
tutadi.  O‘qituvchi  suhbat  vaqtida  o‘quvchilar  fikrini  o‘rganiladigan  geografik 
obyekt  va  hodisalarning  asosiy  belgilariga  yo‘naltiradi.  Ularning  bilish 
faoliyatlarini  boshqarib  boradi.  O‘qituvchi  darsda  o‘rganiladigan  mavzuni  e’lon 
qiladi,  ba’zi  zarur  Blis  so‘rovni  o‘rtaga  tashlaydi,  suhbatni  mantiqiy  qismlarga 
bo‘ladi, o‘quvchilar javobini tinglaydi, ularning javoblaridagi xatolarni tuzatadi va 
to‘ldiradi. Shundan so‘ng suhbat bo‘yicha o‘quvchilarni yakun yasashga undaydi. 
O‘qituvchi  suhbat    vaqtida  karta  va  turli    ko‘rsatmali  qurollardan,  o‘lka 
materiallaridan,  shuningdek,  o‘quvchilarning  ilgari  olgan  bilimlaridan  keng 
foydalanadi.  Beriladigan  Blis  so‘rov  o‘quvchilarga  geografik  qonuniyatlarni 
tushunib olishga yordam beradi. 
Demak,  geografiya  ta’limining  mazkur  metodida  o‘quvchilar  dasturda 
berilgan materiallarni boshqa metodlarga nisbatan ancha yaxshiroq o‘zlashtiradilar. 
Suhbat  metodi  bilan  ish  olib  borilganda  yangi  materiallarni  o‘rganish  bilan 


128 
 
o‘quvchilar  bilimini  aniqlash  birga  olib  boriladi  va  o‘quvchilar  bilan  yakkama-
yakka  ishlash  uchun  qulay  sharoit  vujudga  keladi.  O‘qituvchi  orqada  qoluvchi 
o‘quvchilarni ham darsga faol ishtirok ettira oladi. 
Suhbat  o‘quvchilarni  materialni  mustaqil  o‘rganishda  jalb  eta  olganligidan, 
o‘qituvchi  ham  foydalanadi.  Suhbat  o‘quvchilarning  o‘z  fikrlarini  isbotlovchi 
tarzda  ifoda  qilishga  o‘rgatibgina  qolmasdan,  ularni  turli  bilim  manbalari  (karta, 
globus,  kolleksiya,  gerbariy  va  h.k.)  bilan  mustaqil  ishlay  olishga  o‘rgatadi. 
Shularga  ko‘ra,  suhbatni  tabiiy  geografiya  ta’limidagi  eng  yetakchi  metodlardan 
biri  deb  hisoblash  mumkin.  Shuni  ham  aytish  kerakki,  suhbat  metodi  hamma 
darslarda qo‘llanilavermaydi.  Masalan,  Quyosh sistemasidagi sayyoralar,  Yerning 
Quyosh atrofidagi harakati, Abu Rayhon Beruniyning geografiya faniga qo‘shgan 
hissasi, O‘zbekiston tabiatini o‘rganish tarixi kabi bilimlarni o‘quvchilarga suhbat 
metodi  orqali  o‘rgatish  qiyin.  O‘quvchilar  zarur  bilim  doirasiga  ega  bo‘lgan 
taqdirdagina suhbat metodidan foydalanish lozim bo‘ladi. Suhbat metodi bir necha 
usullardan iborat. 
Savol  -  javob  (katexizik?)  usuli

Bu  usul  o‘quvchilar  o‘qituvchi  savoliga 
qisqa javob beradilar, savol-javob orqali fakt va geografik obyektlarning joylanishi 
haqidagi  bilimlar  aniqlanadi.  Masalan,  cho‘l  zonasi  yer  sharining  qayerlariga 
tarqalgan? Afrika bilan Yevrosiyo chegarasi qayerlardan o‘tadi? Tog‘ deb nimaga 
aytamiz?  Geyzer  nima?  Savol  –  javob  usulida  o‘quvchilarning  ilgari  olgan 
bilimlari takrorlanadi. 
Keng ko‘lamdagi (evristik) suhbat.
 
Bu usulda o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga 
ma’lum bir muammoli masala qo‘yadi. Keyin o‘qituvchi yordamichi Blis so‘rov va 
ayrim  ma’lumotlarni  eslatish  yo‘li  bilan  o‘quvchilarni  ilgari  olgan    bilimlariga 
tayanib  masalani  mustaqil  hal  etishga  undaydi.  Blis  so‘rov  berilganda  shuni 
e’tiborga olish kerakki, berilgan javob asosiy fikrni isbotlashi va shu fikrni davom 
ettirishi  lozim.  Masalan,  “Materiklar  va  okeanlar  tabiiy  geografiyasi  kursida 
Yevrosiyo  iqlimini  o‘rganishda  iqlim  kartasidan  quyidagi  Blis  so‘rov  javob 
berishini  talab  qilish  mumkin.  Osiyoning  markaziy  va  sharqiy  qismida  yozma 
tarzda  havo  temperaturasi  qanday?  Shu  joyda  qishki  temperaturalar  qanday? 
Markaziy  va  Sharqiy  Osiyo  havo  temperaturasining  yillik  amplitudasi  qanday? 
Markaziy Osiyo bilan Sharqiy Osiyo temperaturasi amplitudasining bunchalik farq 
qilishi sabab nima? Markaziy Osiyo bilan Sharqiy Osiyo  yog‘in  miqdori qanday? 
Yog‘inlarning  bunchalik  farq    qilishiga  sabab  nima?  Sovuq  kunlar  Markaziy  va 
Sharqqiy  Osiyoda  qancha  vaqt  davom  etadi?  Iqlim  diagrammasiga  qarab  Sharqiy 
Osiyoda yil davomida yong‘inning taqsimlanishini aniqlang? Yong‘in nima uchun 
ko‘p yog‘adi? Jadvaldan foydalanib Sharqiy Osiyo iqlim xususiyatini tushuntiring. 
O‘quvchilar  Markaziy  Osiyoning  iqlim  xususiyatini  aniqlagach,  o‘qituvchi  shu 
joyda qanday iqlim  tiplari borligini aytib beradi. Sharqiy Osiyoning iqlim tipi ham 


129 
 
shu  tariqa  belgilanadi.  Keng  ko‘lamdagi  bu  xil  suhbat,  asosan,  yangi  bilimlarni 
o‘rganishda va yakuniy takrorlashda foydalaniladi. Tabiiy geografiya boshlang‘ich 
kursining  ko‘p  mavzularida,  Materiklar  va  okeanlar  tabiiy  geografiyasi  va 
O‘zbekistonni tabiiy geografik rayonlarining geografik o‘rni, iqlimi, ichki suvlarini 
o‘rganishda evristik suhbat qo‘l keladi. 
Suhbat metodini didaktik maqsadiga qarab uch xilga bo‘lish mumkin. 
 
1) 
Kirish  suhbati. 
Bu  suhbatning  maqsadi  yangi  bilimlarni  yaxshiroq 
o‘zlashtirish  uchun  zarur  bo‘lgan  (ilgari  o‘zlashtirilgan)  bilim  va  ko‘nikmalarni 
o‘quvchilar xotirasida qayta tiklashdan iborat. 
 
2)  O‘
rgatish  suhbati. 
Bu  suhbatning  maqsadi  yangi  bilimlarni  o‘quvchilar 
olgan bilim asosida o‘rganishdan iborat. Bunday darslarga o‘rganilgan yangi bilim 
shu  dars  olib  boriladigan  mustaqil  ishlarda  tadbiq  etib  ko‘rilishi  maqsadga 
muvofiqdir.  
 
3) 
Yakunlovchi  suhbat. 
Suhbatning  bu  turi  takrorlash  va  bilimlarni  ma’lum 
bir  tartibga  tushirish,  shuningdek,  o‘rganilgan  narsalarni  umumlashtirish  va 
kengaytirishda  tadbiq  etiladi.  Suhbat  o‘quvchilarning  yosh  xususiyatlariga  qarab 
murakkablashib borishi lozim. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish