Abduvohidov S. N., Ganiyev Z. A. Geografiya ta’limi metodikasi


V –BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMI METODLARI VA TASNIFI



Download 4,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/211
Sana05.01.2022
Hajmi4,58 Mb.
#318476
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   211
Bog'liq
ГЕОГРАФИЯ ТАЪЛИМИ МЕТОДИКАСИ Bahodir aka 05 05 2021

V –BOB. GEOGRAFIYA TA’LIMI METODLARI VA TASNIFI 
5.1.Geografiya ta’limi metodlari 
 
Geografiya  asoslarini  puxta  o‘zlashtirish,  o‘quvchilarning  bilim  olish 
qobiliyatlarini  rivojlantirish  va  ularni  hayotga  tayyorlash  ma’lum  darajada  ta’lim 
metodlariga bog‘liq. 
Ta’lim  metodlari  –  o‘qituvchi  tomonidan  o‘quvchilar  faoliyatini 
belgilaydigan  ish  usullaridir.  Ta’lim  metodlari  o‘quvchilarga  bilim  berish, 
ko‘nikma  va  mamlakatlarni  egallash  bilangina  cheklanib  qolmaydi.  Ta’lim 
metodlari  deyilganda  o‘quvchilarning  ijodiy  faoliyatlarini  rivojlantiradigan, 
bilimlarni  mustaqil  o‘zlashtirishga  o‘rgatadigan,  ularda  ilmiy  bilimga  asoslangan 
muayyan dunyoqarash va e’tiqodni tarbiyalaydigan usullar tushuniladi. 
Metodlar o‘qituvchining ish usullari bo‘lishi bilan birga o‘quvchilarning qay 
tariqa fikrlashlarini belgilashga imkon beradigan yo‘l hamdir. Geografiya o‘qitish 
metodlari haqida so‘z borar ekan «metod», «usul», «priyom» degan so‘zlar yonma-
yon  uchrab  turadi.  Geografiya  metodikasi  adabiyotlarida  «metod»  va  «usul» 
so‘zlari bir-biridan farq qilinmay, ba’zan bir xil ma’noda yuritib kelinadi. Masalan, 
kartalarni solishtirish usuli ko‘pincha «taqqoslash metodi» deb yuritiladi. Kartalar 
solishtirish  metodi  emas,  solishtirish  usulidir.  Bunday  noaniqliklar  ta’lim 
metodlarini takomillashtirish borasida to‘g‘ri yo‘l tutishni  qiyinlashtiradi. O‘zbek 
tilida mavjud metodik qo‘llanmalarda «taqqoslash» (sravnenie) ham, «solishtirish» 
(sopostavlenie)  ham  “taqqoslash”  deb  ishlatiladi.  Bunday  chalkashlik  va 
noaniqlikka  yo‘l  qo‘ymaslik  lozim;  taqqoslash  -  o‘rganilayotgan  geografik  
obyektni  ilgari  o‘rganilgan  obyekt  bilan  taqqoslash  tufayli  o‘ziga  xos 
xususiyatlarini  ochib  berishdir.  Masalan,  Janubiy  Amerika  cho‘lini  Osiyo  cho‘li 
bilan,  Turon  past  tekisligini  G‘arbiy  Sibir  past  tekisligi  bilan, Amudaryoni  Volga 
bilan  taqqoslash  orqali  har  qaysi  obyektning  o‘ziga  xos  xususiyati  aniqlanadi. 
Taqqoslash - og‘zaki bayon metodining bir usulidir. 
Solishtirish  -  kartalarni  solishtirish  va  tahlil  qilish  bilan  bir  geografiya 
obyektiga  xos  bo‘lgan  obyekt  va  hodisalarning  sabablarini  aniqlashdan  iborat. 
Masalan,  turli  mazmundagi  kartalar  tahlil  qilinib  va  solishtirilib  Shimoliy 
Amerikaning  sharqiy  qismidagi  tabiat  zonalarning  meridional  joylanish  sabablari, 
yoki  Himolayning  shimoliy  tomoni  bilan  janubiy  tomoni  tabiati  (iqlimi,  o‘simlik 
dunyosi)  o‘rtasidagi  keskin  farqlarning  sabablari  aniqlanadi.  Solishtirish  – 
«Kartagrafik qo‘llanmalar bilan ishlash metodi»ning bir usullaridir. Noaniqliklarga 
yo‘l qo‘ymaslik uchun ruscha «priyom» degan so‘zni «usul» deb ishlatish ma’qul. 
Metod - usullar yig‘indisidan iborat. Usul esa metodning tarkibiy  qismidir. 
Ayrim hollarda bir usul bir necha xil metod tarkibida ishtirok etishi ham mumkin. 


118 
 
Masalan,  taqqoslash  usuli  og‘zaki  bayon  etish  metodida  ham,  suhbat  metodida 
ham,  karta  bilan  ishlash  metodida  ham  ishtirok  etadi.  Har  bir  metod  ma’lum 
ishlash  metodida  ham  ishtirok  etadi.  Har  bir  metod  ma’lum  bir  masalani 
o‘rganishda  hal  qiluvchi  bo‘lsa,  boshqa  bir  masalani  o‘rganishda  yordamchi 
sifatida keladi. Demak, metod bilan usul o‘rtasida o‘zaro uzviy bog‘lanish bor. 
Geografiya  ta’limi  metodlarini  tasnif  (klassifikatsiya)lashda  ham  ba’zi 
mualliflarda  ayrim  noaniqliklar  uchrab  turadi.  Birinchi  mualliflar  «metod»  deb  
mantiqiy  yo‘lni  nazarda  tutadilar.  Masalan,  dogmatik  metod  -  bunda  yangi 
ma’lumotlarni o‘quvchilarga o‘qituvchilar o‘zi bayon etadi; illustrasiya metodida – 
bunda    rasm,  ko‘rsatmali  qo‘llanmalar  ko‘rsatiladi;  evristik  metod  o‘qituvchining 
yordamchi  Blis  so‘rovi  bilan  o‘quvchining  o‘zi  fakt  va  hodisalarni  aniqlaydi; 
tadqiqot  metodi  –  bunda  o‘quvchilar  bilim  yoki  ma’lumotlarni  mustaqil 
o‘rganadilar.  
Ikkinchi  bir  mualliflar  «metod»ni  materiallarni  qay  tartibda  joylashtirish, 
o‘rganish yo‘li deb biladilar. Masalan, analiz metodida geografiya, avvalo, olam va 
quyosh  sistemasining  tuzilishidan  boshlanadi,  so‘ngra  yer  sharining  tuzilishi, 
materiklar  obzori  o‘rganiladi,  bundan  so‘ng  ayrim  mamlakatlarni  o‘rganish  bilan 
tugaydi;  sintez  metodida  geografiyani  o‘rganish  maktab  atrofidagi  joylardan 
boshlanib, keyin o‘z vatani va qo‘shni mamlakatlar o‘rganiladi, so‘ngra butun yer 
shari bilib olinadi, induktiv metod - bu metodda ayrim fakt va hodisalar kuzatiladi 
va  o‘rganiladi.  Shu  asosda  umumiy  xulosa  va  qonunlar  chiqariladi.  Deduktiv 
metod  -  bu  metodda  mantiqiy  yo‘l  bilan  umumiydan  juziyga  qarata  xulosa 
chiqariladi. 
Uchinchi bir muallif esa, «metod»ni materialni ishlab chiqish, o‘rganish deb 
nazarda tutadilar. Masalan, laboratoriya metodi, ekskursiya metodi,  amaliy metod 
va h.k. 
To‘rtinchi  bir  muallif  ta’lim  metodlarini  didaktik  nuqtai  nazardan 
klassifikatsiya qiladilar. Masalan, yangi ma’lumotlarni o‘rganish metodi, bilim va 
ko‘nikmalarni tekshirish metodi. 
Fikrimizcha,  bilim  olish  manbalari  asos  qilib  olingan  metodlar 
klassifikatsiyasi ko‘pincha adabiyotlarda o‘z ifodasini topgan. Shunga qaramay, bu 
klassifikatsiya bundan buyon ham eng maqbul va birdan-bir klassifikatsiya  bo‘lib 
qolaveradi,  deb  bo‘lmaydi.  O‘quv  jarayonining  takomillashtirilishi,  geografiya 
darslarida  yangi  texnika  vositalarining  joriy  etilishi,  darsda  o‘quvchilarning 
mustaqilligini oshirilishi metodlarning mavjud klassifikatsiyasini o‘zgartirishi ham 
mumkin.  Hozirgi  kunda  geografiyani  o‘qitish  metodlari  o‘qituvchi  va 
o‘quvchilarning  o‘zaro  hamkorlik  faoliyatini  bir-biri  bilan  chambarchas  
bog‘langan,  tartibga  solingan  tizim  sifatida  qarashni  talab  etmoqda,  u  quyidagi 
chizmada o‘z ifodasini topgan. 


119 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5 chizma. Ta’lim metodlarida o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligi
 
Mazkur  qo‘llanmada  dars  metodlarining  bilim  olish  manbalari  asos  qilib 
olingan  klassifikatsiyasi  berilayotgan  bo‘lsa-da,  undan  o‘quvchilarning  faoliyati 
ham  e’tiborga  olingan.  Klassifikatsiyada  so‘nggi  vaqtgacha  «og‘zaki  bayon 
metodi»ning  bir  usuli  hisoblangan  «suhbat»ni  bir  necha  usuldan  iborat  bo‘lgan 
«suhbat metodi» deb olindi. 

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish