122
5.2.1.Geografiya ta’limining og‘zaki metodlari
O‘qituvchi geografiya darsida tadbiq etiladigan metod va uslublarning qay
biridan foydalanishidan qat’iy nazar jonli so‘zdan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
O‘qituvchining og‘zaki bayoni ta’lim-tarbiyada muhim ahamiyatga ega.
O‘qituvchi o‘quvchilarga jonli so‘z orqali chuqur bilim beradi, ularni geografiya
fanining
asosiy
muammolari
va
eng
so‘ngi yutuqlari bilan bilan
tanishtiradi.Og‘zaki bayon uslubidan mohirlik bilan foydalansa 10-15 daqiqa
davomida o‘quvchilarga ko‘p ma’lumot berishi mumkin. Ammo og‘zaki bayon
uslubi maktab geografiyasi oldidagi barcha vazifalarni o‘quvchilarni karta, darslik,
o‘quv qo‘llanmalari bilan ishlashga o‘rgatish vazifalarini hal eta olmaydi. Shu
sababdan hamma darsni og‘zaki bayon uslubi bilan o‘tish bu uslubni birdan-bir
asosiy uslub, deb bilish ma’qul emas. Chunki og‘zaki bayon bilan cheklanib qolish
o‘quvchilarning karta darslik va boshqa qo‘llanmalar, texnika vositalari bilan
ishlash va tajriba o‘tkazishlariga imkon bermaydi. Maktablarda o‘quv moddiy
bazalari yo‘q vaqtlarda og‘zaki usul o‘qitishining asosiy uslubi hisoblangan.
Og‘zaki bayon uslubi turli mazmundagi o‘quv ko‘rsatmali qo‘llanmalar bilan birga
qo‘shib olib borilgandagina yaxshi samara beradi.
Biron mavzuni og‘zaki bayon etganda o‘quvchilar qunt bilan tinglashlari
kerak. Mavzu va reja tushuntirilgandan so‘ng o‘qituvchi so‘zlab beradigan
ma’lumotni shu reja asosida bayon etishi, bayon davomida o‘quvchilar faoliyatini
oshiruvchi turli usullar (taqqoslash, nom va joylarni kartadan toptirishi, savol -
javob )dan foydalanish, o‘rganilgan masalalar, yuzasidan xulosalar chiqarishi
lozim. O‘quvchilar bilim va ma’lumotlarni yaxshiroq o‘zlashtirib olishlari uchun
ularning e’tiborini ko‘proq asosiy masalalarga jalb qilish, masalaning asosiy va
ikkinchi darajasi o‘rinlarni ajrata olishlariga imkoniyat yaratish zarur. O‘qituvchi
dars jarayonida o‘quv materiallarini og‘zaki bayon qilib berish bilan chegaralanib
qolmasidan har xil ko‘rsatmali qurollar (rasmlar, illustrasiyalar, maketlar, texnika
vositalari)dan ham foydalanadi. O‘qituvchining og‘zaki bayonini keng ma’noda
tushunmoq kerak, jonli nutq deganda ta’limning og‘zaki metodigina emas, balki
o‘qituvchining butun dars davomida jaranglab turadigan so‘zini, uyda bajarish
uchun berilgan topshiriqlar mazmunini va ularni bajarish yo‘llarini izohlashga doir
so‘zini, seminarlar uyushtirishdagi kirish so‘zini, o‘quvchilarga beriladigan turli
yo‘l-yo‘riqlarni, izohli baholash va boshqalarni tushunish kerak. O‘qituvchining
jonli so‘zi o‘quvchilarning o‘qib o‘rganishi va bilim faoliyatini boshqarishni, unga
rahbarlik qilish yo‘llari va vositalarini ham o‘zida mujassamlashtiradi. Jonli
nutqning bu imkoniyatlaridan oqilona foydalanish o‘quvchilar bilimining puxta va
mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi, geografiya o‘qitishning ta’limiy vazifalarini
muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. O‘qituvchining nutqi quyidagi
pedagogik talablarga javob berishi kerak.
123
1. Ilmiy va g‘oyaviy jihatdan to‘g‘ri bo‘lishi, tanlangan material ilmiy
jihatdan asoslangan bo‘lishiga;
2. Bilimlarning muntazam mantiqiy to‘g‘ri bo‘lishini ta’minlashga;
3. O‘quvchilar uchun tushunarli, bilimlarni puxta o‘zlashtirishni
ta’minlashga;
4. Nutq obrazni qiziqarli bo‘lishiga, o‘quvchilarni hayajonlashtirishga;
5. Bayon qilinayotgan materialni o‘quvchilar yozib olishiga e’tibor berish
kerak.
O‘quvchilar o‘qituvchi bayonini o‘zlashtirishda ba’zan qiynaladi. Ular
materialni xohlagan vaqtlarda qayta-qayta o‘qib chiqishlari mumkin, ammo
o‘qituvchining bayonini qayta eshita olmaydilar. Shunga ko‘ra o‘quvchilarning
o‘rganishi ustida o‘qituvchining nazorati va rahbarlik qilish, ayniqsa, katta
ahamayat kasb etadi. Og‘zaki bayon boshqa metodlar bilan birgalikda qo‘shib olib
borilishi kerak. Aks holda, ayniqsa, kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarida uning
ko‘p qo‘llanilishi salbiy natijalar beradi. Tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, 6-7
sinflarda hikoya yoki tushuntirish 5-10 minutdan oshmasligi kerak. Yuqori
sinflarda unga ajraladigan vaqt bir muncha oshirilishi mumkin. O‘quvchilarning
o‘qituvchi bayonini e’tibor va qiziqish bilan o‘rganishini quyidagi yo‘llar bilan
tashkil etish mumkin:
1. O‘qituvchi darsning vazifalari, maqsad va bayonining asosiy o‘rinlarini
qisqacha so‘zlab beradi.
2. O‘qituvchi o‘rganilayotgan mavzuning muhim yoki qiyinligini aytib, uni
puxta tushunib, bilib olish uchun nima qilish kerakligini, aytaylik, bayonining
qaysi qismlariga e’tibor berish kerakligini, qo‘shimcha qanday materiallar (vaqtli
matbuot, ilmiy ommabop, geografik adabiyotlar)ni o‘qib chiqish zarurligi va
boshqalarni uqtirib o‘tadi.
3. O‘qituvchi bayoni, albatta, geografiya kartasi, statistik materiallar,
grafiklar diagrammalar kontur karta, natural qo‘llanmalar, darslik bilan bog‘langan
bo‘lishi kerak. Ayniqsa, geografiya o‘qitishda og‘zaki nutqni karta bilan bog‘lash
nihoyatda salmoqli o‘ringa ega. O‘qituvchining og‘zaki nutq uslubi, o‘quvchilar
bayonni puxta o‘rganish va ularning bilish faoliyatini faollashtirishda muhim o‘rin
tutadi. O‘qituvchi bayonidagi intonatsiya va urg‘uning kuchi, pauza, geografik
jumlalarning ixcham va mantiqan to‘g‘ri ifoda qilinishi, nutqning ravon, sof,
obrazli va ta’sirchan bo‘lishi, tabiat va xalqlarga oid hikmatli so‘zlar hamda
aforizmlardan o‘rinli foydalanish, ayniqsa muhimdir.
O‘quvchilarning o‘qituvchi bayonini diqqat bilan tinglay olish qobiliyatlari
turli sinflarda turlicha bo‘ladi va ko‘pincha qobiliyat barqaror bo‘lmaydi. Shunday
ekan, og‘zaki bayonga ozroq vaqt ajratish ma’qul. Og‘zaki bayon uslubi bir necha
usuldan iborat.
124
Tushuntirish usuli.
O‘quvchilar geografik qonuniyatlarni, geografik
jarayonlarni kengroq ochib berish lozim bo‘lganda tushuntirish usulidan
foydalaniladi. Tushuntirish usuli bilim - ma’lumotlarni izchil o‘rganish
imkoniyatini beradi. Maktab tabiiy geografiyasi kurslarida yerning shakli va
kattaligi, yerning sutkalik va yillik harakati, gradus to‘ri, tog‘larning paydo
bo‘lishi, briz, musson, passat, siklon va antisiklonlarning vujudga kelishi
hodisalarini bayon qilganda ushbu usuldan foydalaniladi. Bilim - ma’lumotni
tushuntirish vaqtida o‘qituvchi o‘quvchilarni fakt va hodisalardan xabardor qiladi,
ular o‘rtasidagi aloqalarni ochib beradi, xulosalar chiqaradi va yakunlaydi.
Tushuntirish ishlari sodda, aniq, ravon bo‘lishi kerak.
Tushuntirish nazariy o‘quv materialini egallash shakli bo‘lib, o‘quvchilarga
geografik jarayon va qonuniyatlarni kengroq ochib berishi lozim bo‘lganda
qo‘llaniladi. Tushuntirishda mulohaza qilish shakllari tahlil va sintez, kuzatish va
xulosalarni tahlil qilish, induksiya (aniq ma’lumotlar asosida xulosa chiqarish).
Deduksiya (ilgari o‘rganilgan umumiy hodisalar asosida ma’lum qoida ta’rifini
shakllantirish) keng qo‘llaniladi. Materiklar va okeanlar geografiyasida Sharqiy
Osiyo mavzusini o‘tishda musson va musson tipidagi iqlimni quyidagicha
tushuntirish mumkin. Ma’lumki, Sharqiy Osiyo dunyodagi eng katta okean bilan
tutash joyda joylashgan, shu tufayli Sharqiy Osiyo iqlimi bevosita quruqlik va suv
ustida turlicha harorat, bosim vujudga kelishi bilan belgilanadi. Buni doskada
quyidagi tayanch reja asosida tushuntirish maqsadga muvofiq.
1. Yozda quruqlik va okean ustida havo harorati qanday taqsimlanadi?
Qishdachi?
2. Yozda quruqlik va okean ustidagi havo bosimi qanday taqsimlanadi?
Qishdachi?
3. Agar bizga havo bosimi taqsimlanishi ma’lum bo‘lsa, shamol yo‘nalishini
aniqlasak bo‘ladimi?
Yuqoridagi Blis so‘rov asosida mussonning mavsumiy xarakterga ega
ekanligi o‘quvchilarga tushuntiriladi. Tajribali o‘qituvchilar tushuntirish
momentlarini oldindan belgilaydilar. O‘qituvchi har bir savolga javoblarni
faktlarga tayangan holda berishi kerak. Quyi sinflarda tushuntirishda suhbat va
hikoya elementlari ham qisman ishtirok qiladi. Yuqori sinflarga o‘tish bilan
tushuntirishda hikoya elementi deyarli uchramaydi. Tushunish jarayonida
o‘quvchilar tomonidan javob reaksiyasi bo‘lishini ko‘zda tutish kerak. O‘qituvchi
qisqacha muammoli Blis so‘rov berishni, qiyin joylarini qanday tushunganliklarini
so‘rash, aqliy yoki amaliy ishlarni bajarishga undashi mumkin va h.k. Ikki
tomonlama aloqa tushuntirishni takomillashtirishga yordam beradi.
Hikoya usuli. O‘quv materiallarini bayon qilish shakli bo‘lib, asosan
tasvirlash xarakteriga ega. Hikoyada ma’ruzaga qaraganda o‘qituvchi o‘quvchilar
125
bilan ko‘proq muloqotda bo‘ladi. Hikoya yordamida o‘quvchilar bilan savol-javob
qilib bo‘lmaydigan mavzularda o‘qitishda bu metod keng qo‘llaniladi. Masalan,
vulqonlarni, yer qimirlashlari, oqimlar, kashfiyotlar, ekvatorial o‘rmonlar va
boshqalarda bu metodning afzalligi yorqin seziladi. Hikoya obyekt va hodisalarni,
tabiat va jamiyatdagi xalqlar hayotidagi hodisalar, voqealarning nutqda
ifodalanishidir. O‘qituvchi biror narsani tasvirlash orqali unga xos bo‘lgan
belgilarni ajratadi va shu bilan ularda tushuncha va tasavvurlar hosil qiladi. Hikoya
o‘quvchilarda materialni o‘zlashtirib olishni yengillashtiradi. Hikoyaning ta’lim-
tarbiyaviy ahamiyati faktlarni to‘g‘ri tanlashga bog‘liq. Ba’zan o‘qituvchi asosiy
bilimlarni o‘zlashtirishi qiyinlashtiradigan bir qator qo‘shimcha, ikkinchi darajali
ma’lumotlarni bayon qiladi. Ayrim hollarda o‘quvchi ekskursiyada olgan
taassurotlarini aytayotganda asosiy narsani ajrata olmasdan, ko‘rgan narsalarining
hammasi haqida gapiraveradi. Ma’lumotlar, faktlar, voqealar, misollar bitta
umumiy mavzu, yagona vazifaga birlashtirilib shu vazifa izchil va muntazam
tarzda ochib berilsa, hikoya ijobiy natija beradi va oson o‘zlashtirishga yordam
beradi. Hikoya mazmuni o‘qituvchining shaxsiy tajribasi bilan, mahalliy tabiat
bilan bog‘lanishi uni maroqli qiladi, kechinma va his-tuyg‘ularni vujudga keltiradi.
O‘qituvchi konkret vaziyatni va o‘quvchilarning psixologik xususiyatlarini
e’tiborga olib, bevosita dars mazmuniga mos keladigan hikoyalarni tanlash kerak.
Eng muhimi, hikoya aniq tuzilishiga ega bo‘lishi, ya’ni uning boshlanishi,
voqealarning rivojlanishi kulminatsion nuqtasi, xotima qismi bo‘lishi kerak.
Agar o‘qituvchi hikoya metodini oldindan tanlamasa, hikoya qiziqarsiz
chiqadi. Maktab geografiyasida hikoyaning qo‘yidagi ikki turi keng qo‘llaniladi.
1. O‘rganilayotgan kursda faktik bilimlar tizimini bayon qilishdan iborat
bo‘lgan hikoyalar. Bularga sayohatchilar, materik va okeanlar haqida, O‘zbekiston
geografiyasida kishilarning xo‘jaligi, turmushi, madaniyati haqidagi hikoyalar
kiradi.
2. Tasviriy hikoyalar yoki kartina-hikoyalar. Bu turdagi hikoyaning asosiy
maqsadi geografik obyekt va hodisalar haqida o‘quvchilarda aniq tasavvurlar hosil
qilishdan iborat.
Birinchi turdagi hikoyalar materialni o‘rganishda asosiy metod sifatida
qo‘llanilsa, illustrativ hikoyalar boshqa metodlarni to‘ldiruvchi qo‘shimcha
material sifatida ishlatiladi. Ko‘pchilik hollarda har ikki turdagi hikoyalar bitta
hikoyani bayon qilishda ham qo‘llanilishi mumkin. Tasvirli hikoya mazmunini
badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, o‘qituvchining sayohat va kinofilmlardan
olgan shaxsiy kechinmalari tashkil qiladi. Tasvirli hikoya geografik talablarga
javob berishi bilan birga obyekt va hodisalar dars mazmuni bilan uyg‘unlashgan
ham bo‘lishi lozim. Geografiya ta’limida karta, rasmlar asosida hikoyalar ham
keng qo‘llaniladi.
126
Hikoyada obyektning umumiy belgilaridan asosiy belgilar ajratib
ko‘rsatilishi yaxshi natija beradi. Masalan, “Materiklar va okeanlar tabiiy
geografiyasi” kursida o‘qituvchi Uzoq Sharq tabiiy rayonidagi janubiy o‘rmonlarni
hikoya qilmoqchi deylik. O‘quvchilarda bu o‘rmonlar haqida yaxshi tasavvur hosil
qilish uchun bu o‘rmonlarning asosiy o‘simlik turlarini va ularning joylashishi
haqida gapirish kerak. Keyin o‘qituvchi bu o‘rmonlarga xos bo‘lgan umumiy
belgilarni ajratadi (qalinlik, ko‘p yaruslik), keyin shu o‘rmonlargagina xos bo‘lgan
o‘simliklarni ta’riflaydi. Masalan, Manjuriya yong‘og‘ini tasvirlab uning barglari
kattaligini, barglari, asosan, shoxlari uchida bo‘lishligini, mevasi qalin, eti qobiq
bilan o‘ralishini hikoya qiladi. Hikoyadan darsning turli bosqichlarida
foydalaniladi. Hikoya qo‘shimcha bilimlarni xabar qilish vositasi ham bo‘lishi
mumkin. Ba’zan hikoya darsda mustaqil o‘rin ham egallashi mumkin, uni turli
bosqichlarda tushuntirish jarayoniga ham kiritish mumkin. Hikoya darsning
boshida yangi materiallarni o‘zlashtirishga tayyorlaydi, oxirida qo‘llanilsa
o‘rganilgan materialni umumlashtiradi va darsga xotima yasaydi. Hikoyaga yuqori
sinflarda 20-25 minut, qo‘yi sinflarda 5 minutdan 15 minutgacha vaqt ajratish
mumkin. Hikoyaning salbiy tomonlari ham bor. Hikoya vaqtida o‘quvchilar faqat
diqqat bilan tinglovchi bo‘lib, faol ishga jalb qilinmaydi. Hikoya anchaga davom
etsa ham ular diqqati asosida va oqibatida uning ta’siri kamayadi. O‘qituvchi
hikoya vaqtida o‘quvchi yoshiga mos keladigan, dars mazmuniga to‘g‘ri keluvchi
materiallar to‘plashi kerak. Hikoyada ortiqcha faktlar, raqamlar, uzuq-yuluq
tasvirlar bo‘lmasligi kerak. O‘qituvchi faqat o‘zi bilgan narsalarni gapirmasdan,
balki mavzuga oid bo‘lgan materiallarni hikoya qilmog‘i zarur. Hikoya juda
soddalashtirib yuborilmasligi, unda tushunchalar, atamalar, albatta, aks etishi
kerak. Qisqasi, hikoya geografik bilimlarning shakllanishida muhim omil bo‘lishi
maqsadga muvofiq. Hikoya vaqtida ayrim mavhum narsalar, raqamlar, doskaga
yozib borilishi kerak. Hikoya davomida o‘qituvchi nazorat Blis so‘rov berib
borishi materialning puxta o‘zlashtirilishini ta’minlashga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |