4.2. Geografiya ta’limida amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
yo‘llari
Geografik ko‘nikma va malakalarni shakllantirish metodikasi bilim egallash,
ko‘nikma va malakani shakllantirish bilan chambarchas bog‘liq. O‘quv ishlari
uslubiyati bilish ko‘nikmalarini shakllantirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ilg‘or geografiya o‘qituvchilari va metodistlar o‘quvchilar amaliy tayyorgarligiga
katta e’tibor beradilar. Maktab geografiyasi kurslarida shakllantiriladigan
ko‘nikmalar mazmun jihatdan emas, balki bajarilishi murakkabligi bo‘yicha ham
farq qiladi. Masalan, dunyo tomonlarini aniqlash oddiy ko‘nikma bo‘lsa,
topografik planni o‘qish va uni tuzish esa murakkab ko‘nikma hisoblanadi.
Geografiya ta’limi metodikasi shakllantiriladigan ko‘nikma va malakalarni ta’lim-
tarbiyaviy ahamiyati to‘laligicha ochib berilgan va ularni o‘quvchilarga yetkazish
metodlari ham ishlab chiqilgan. Faqat geografiya ta’limiga xos bo‘lgan amaliy
ko‘nikma va malakalarga quyidagilar kiradi: joyda mo‘ljal ola bilish, joy planini
106
tushirish, topografik plan va turli mazmundagi geografik kartalarni o‘qish, tabiatda
va ishlab chiqarishda kuzatish, kuzatish materiallarini yozib borish va qayta
ishlash, statistik iqtisodiy materiallar bilan ishlash va h.k.
Har bir geografik ko‘nikmani shakllantirish murakkab harakat tizimlarini
talab qiladi. Odatda ko‘nikma va malakalar bir paytning o‘zida shakllantiriladi.
Chunki amaliy topshiriqlarni bajarishda ularning ayrimlari ongli ravishda, ba’zilari
bevosita, ammo ong nazorati ostida bajariladi. Masalan, topografik planni o‘qish
ko‘nikmasi o‘z ichiga yo‘nalishlarni aniqlash, masshtab yordamida plandagi
masofalarni o‘lchash, topografik belgilarni o‘qish, joyda obyektlar o‘rtasidagi
aloqalarni o‘rnatish kabilarni oladi. Yuqoridagilardan topografik belgilarni
ishlatishni bilishgina malaka darajasini ko‘rsatadi.
Ob-havoni kuzatish ko‘nikmasi deganda termometr, barometr, flyuger bilan
ishlash, ko‘z bilan bulutlar shakli va turlarini, ob-havoning boshqa alomatlarini
aniqlash tushuniladi. Shular ichida faqat ob-havo haroratini aniqlash va barometr
bilan ishlash malaka darajasigacha ko‘tarilishi mumkin. Geografik ko‘nikma va
malakalar ko‘p hollarda bilim sifatini belgilaydi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki,
qayerda o‘quvchilarda karta bilan ishlash ko‘nikmasi shakllantirilsa ularning
javoblari ham karta bilan bog‘langan bo‘ladi. Karta bilan ishlash ko‘nikmasini
egallay olmagan o‘quvchilardagi bilim quruq o‘qituvchi bayoni, yoki kitobdan
o‘qiganlarni takrorlashdan iborat bo‘lib qoladi. Geografik kartalarni o‘qiy olishga
o‘rgatilgan o‘quvchilardagi harakat yaqqol ko‘zga tashlanib turadi. Aksariyat
o‘quvchilar va talabalar javoblarini kuzatish geografiya bo‘yicha olimpiadalarda
ishtirok qilgan o‘quvchilarni bilimlarini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ular
kartadan bilim manbai sifatida foydalanadilar, ularning bergan javoblari to‘liq
bo‘lib, biror hududning tabiiy sharoiti va xo‘jaligini karta asosida atroflicha ochib
bera oladilar. Boshqa o‘quvchilarga bu xislatlar xos emas.
Ko‘nikma va malakalar kelgusida amaliy hayotga tayyorlashda, ishlab
chiqarishda, turli xil ilmiy ommabop adabiyotlardan, kartalardan bilimlarni
mustaqil egallashda muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilar tomonidan mazkur
ko‘nikmalarning egallanishini yengillashtiradi, masalan, joyda ufq tomonlarini
aniqlash ko‘nikmasi, kartada mo‘ljal olish ko‘nikmasini egallashga yordam beradi.
O‘quvchilarning ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi va ular dunyoqarashini
shakllantirishga ham ijobiy ta’sir qiladi. O‘quvchilar ko‘nikma va malakalarni
amalda qo‘llash orqali geografik qonuniyatlarning obyektivligiga ishonch hosil
qiladilar. Geografik ta’limi metodikasida geografik ko‘nikma va malakalarni
shakllantirish metodlari to‘la ishlab chiqilmagan desa bo‘ladi. Masalan,
o‘quvchilarning u yoki bu mavzudagi qaysi harakati ko‘nikma darajasiga,
qaysilarini malaka darajasiga ko‘tarish mumkin? O‘qituvchi o‘quvchilarga
nisbatan qanday yakka tartibda yondashishi kerakligi masalalari geografiya
107
ta’limida atroflicha o‘rganilgan. Eng muhimi, o‘qituvchi ko‘nikma hosil qilishdagi
harakat metodlarini ko‘rsatibgina qolmasdan, balki o‘quvchilar uchun (ko‘nikma
egallash uchun) zarur topshiriqlarni ishlab chiqish kerak.
Mashqlar jarayonida oddiy ko‘nikmalar sekin-asta malakaga aylanadi.
Amaliy ko‘nikma va malakalar shakllantirishning metodik shart-sharoitlari o‘ziga
xos xususiyatlarga ega. Ba’zi ko‘nikma va malakalar oz vaqt va ko‘p kuch talab
qilsa, (gerbariylar yig‘ish, kompasdan, nivelerlardan foydalanish va h.k.) ba’zilari
juda murakkab harakat metodlarini va ko‘p vaqt talab qiladi. Masalan, geografik
kartani o‘qish ko‘nikmasini hosil qilish va shakllantirish quyidagi murakkab
jarayonlarni talab qiladi, ya’ni, mo‘ljal olish, graduslar va kilometrlar hisobida
aniqlash, punktlar, hududlar o‘rtasida fazoviy bog‘liqliklarni qiyoslash, geografik
koordinatalarni aniqlash, kartada ko‘rsatilgan obyektlar va hodisalar o‘rtasidagi
sabab-oqibatlar aloqadorligini o‘rnatish, alohida obyektlar (daryo, ko‘l, suv
ombori, botqoqlik)ni ta’riflash, ko‘rsatilgan hududni mamlakat, tuman, shaharning
tabiiy geografik va iqtisodiy geografik ta’rifini yozish va h.k. Geografik kartani
o‘qish ko‘nikmasi sekin-asta rivojlantiriladi, barcha sinflarda davom etadi
(boshlang‘ich sinfda ham). O‘quvchilar karta bilan ishlash jarayonida turli
mazmundagi (umumgeografik, iqlim, tuproq, iqtisodiy) kartalarning shartli
belgilari bilan ham tanishadilar va ko‘nikmalar hosil qiladilar.
Ko‘nikma va malakalar shakllanishi ko‘pgina sabablarga: o‘quv jihozlari va
vositalari, o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlariga ham bog‘liq. Lekin o‘qituvchi
asosiy sabab hisoblanadi. O‘qituvchi rahbarligining mazmuni shundan iboratki,
ko‘nikma egallash jarayonida u o‘quvchilar harakatini tahlil qiladi. Ushbu
ko‘nikma va malakani egallash uchun qanday nazariy bilimlar zarurligini
aniqlaydi. Ko‘nikmani shakllantirishdagi muhim omillardan yana biri nazariy
materialni amalda qo‘llash vaqti va o‘rni hisoblanadi. Masalan, mahalliy kanal,
daryo rejimi (oqim tezligi eni, chuqurligi)ni o‘lchash. O‘zbekiston ichki suvlari
mavzusini o‘rgangunga qadar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq. Chunki
o‘quvchilar buni mexanik tarzda o‘zlashtirib, uning mohiyatiga tushunmasliklari
ham mumkin. Demak, ko‘nikmalarni shakllantirish bevosita mavzuni o‘rganish
jarayonida bo‘lsa, uning sifatli bo‘lishini ta’minlaydi. Ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishda boshqa fan o‘qituvchilari bilan hamkorlik qilish ham yaxshi
natijalar beradi. Har bir kurs darslarini rejalashtirishda shakllantirilishi lozim
bo‘lgan ko‘nikma va malakalar o‘z aksini topishi, ko‘nikma malakalar maqsadi
aniq belgilanishi lozim. Shakllanadigan ko‘nikmalarni rejalashtirishda uning
qayerda o‘tkazilishini aniq belgilash ham muhim ahamiyatga ega. Darsda
shakllantirilayotgan har bir ko‘nikmaning amaliy ahamiyatini uning xalq
xo‘jaligidagi roli aniq ochib berilishi lozim. Shundagina o‘quvchilarda ularni
egallashga bo‘lgan havas-qiziqish oshadi.
108
Amaliy mazmundagi ko‘nikmalarni shakllantirilishi oldidan o‘quvchilarga u
yoki bu asbob bilan ishlash yo‘llari tushuntirilishi kerak. Ularni ta’riflash rejasi
berilishi lozim. Keyingi paytlarda ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda har bir
obyekt va hodisalarni o‘rganish rejasi ishlab chiqilgan. Masalan, daryoni ta’riflash,
iqlimni ta’riflash, tabiat zonasi va TTKni ta’riflash, biror mamlakat yoki hududni
ta’riflash va h.k. bunga misol bo‘ladi. Rejaning har bir bandi mazmun jihatdan
boyitilishi kerak. O‘qituvchi bu rejalardan qaysi metodda foydalanishni
o‘quvchilarga doimo o‘rgatib borishi kerak. O‘quvchilarda ko‘nikma va malakalar
hosil qilishda mashqlar tizimi katta ahamiyat kasb etadi. Mashqlar yordamida
ko‘nikma hosil qilishda o‘quvchilar ularni mustaqil ravishda, ya’ni o‘qituvchi
rahbarligida bajardilar. Masalan, masshtab bo‘yicha darsda bir necha mashqlarni
bajarish mumkin. Bunga turli masshtab yordamida har xil uzunlikdagi masofalarni
o‘lchash maktabdan klubgacha, pochtagacha, uygacha bo‘lgan masofalarni
aniqlash misol bo‘la oladi. Ko‘nikma va malakalar shakllanish mazmuniga ko‘ra
uzoq va qisqa vaqt talab qilishini yuqorida ko‘rgan edik.
Geografik koordinatalarni aniqlashni o‘rganish uzoq vaqt talab qilinadigan
jarayon bo‘lib, u asta-sekin o‘rgatilib, murakkablashib boradi. Geografik nuqtalarni
aniqlashda osondan qiyinga boruvchi mashqlarni o‘quvchilar diqqatiga havola
qilish kerak. Bunda dastlab o‘quvchilarni paralellar va meridianlarni topishga
keyinchalik uzunlikni aniqlashga va uni kartadan ko‘rsata olishga, undan keyin
esa, koordinatalarni topishga o‘rgatiladi. Eng dastlabki mashqlar avval globusda
keyin yarim sharlar kartasida bajarilishi kerak. O‘quvchilar kartada ko‘rsatilgan
obyektlarning bir-biriga nisbatan necha gradus shimolda yoki janubda
joylashganligini mashqlar asosida bajaradilar. Geografik koordinatalar bo‘yicha
mashqlarni muntazam bajarish ko‘nikmasi sekin-asta malakaga aylanishi mumkin.
Yuqori sinflarga ko‘tarilgan sari ko‘nikma va malakalar shakllantirish borasidagi
mashqlar tizimi ham takomillashib boradi. Bunda, albatta, quyi sinflarda
egallangan ko‘nikma va malakalarga tayanildi. Yuqori sinflarda iqtisodiy geografik
kartalarni o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish birmuncha qiyin kechadi. Iqtisodiy
kartalarni o‘qish metodlari tabiiy geografik kartalarga birmuncha o‘xshab ketadi.
Bu yerda reja asosida ta’rif berish yetakchi rolni o‘ynaydi. Masalan, sanoat
tarmoqlariga tavsif berish rejasi, tarmoqlar, shaharlar, davlatlarga ta’rif berish
rejalari bunga misol bo‘la oladi. Iqtisodiy geografik kartalarni o‘qish ko‘nikmasini
shakllantirishda o‘quvchilar iqtisodiy geografik o‘rin tushunchasini qiyinchilik
bilan egallaydilar. Bu borada bir necha mashqlarni muntazam ravishda bajarish
kartani o‘qishni osonlashtiradi.
Jamiyatning siyosiy tuzumi, tabiiy sharoiti, mamlakat yoki rayon
iqtisodiyotini belgilashda katta rol o‘ynaydi. Shu tufayli ham iqtisodiy
geografiyadan nazariy tayyorgarliksiz o‘quvchilar u yoki bu obyektning iqtisodiy
109
geografik tavsifini tuzishda qiynaladilar. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport
tarmoqlari joylashishini tushuntira olmaydilar. Iqtisodiy kartalarni o‘rgatish
ko‘nikmasi turli metodlar orqali shakllantirilishi mumkin. Masalan, karta orqali
shaharlarga iqtisodiy geografik ta’rif berilganda o‘quvchilar uning xom-ashyo va
tayyor mahsulotlar olishdagi va chiqarishdagi aloqalarni, kelajakdagi rivojlanishiga
oid ma’lumotlarga oldindan ega bo‘lishi kerak. Ammo ko‘pchilik geografiya
o‘qituvchilari bunga mas’uliyatsizlik bilan qaraydilar. Karta asosida
o‘quvchilarning ko‘nikma va malakalarini shakllantirish uchun bu ishni muntazam
ravishda bajarish lozimligiga kam e’tibor beradilar. Buning uchun sinf jurnallarida
muddati ko‘rsatilmasdan maxsus grafa ochib, unga kartani bilish bo‘yicha
ko‘nikma baholari qo‘yib borilsa yanada samarali bo‘ladi. Kartani o‘qish
borasidagi ko‘nikma va malakalarni o‘quvchilarda to‘g‘ri shakllantirish maktabni
tugatgandan keyin ham ularning tabiiy, iqtisodiy va siyosiy kartalardan qiynalmay
mo‘ljal ola bilishni ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |