81
III-BOB. XORIJIY DAVLATLARDA GEOGRAFIYA TA’LIMI
3.1 Xorijiy davlatlarda geografiya ta’limining xususiyatlari
Ta’limdagi samaradorlik mezoni uning xalqaro standartlar talabalariga javob
berishi bilan belgilanadi. Buning uchun jahon pedagogikasidagi, xususan,
geografiya ta’limidagi o‘ziga xos jihatlarni keng o‘qituvchilar ommasiga yetkazish
katta ahamiyatga ega. Ayniqsa, rivojlangan mamlakatlardagi ta’lim tizimini
atroflicha tahlil qilish, mamlakatimizda xalq ta’limini jahon standartlari darajasiga
olib chiqishda cheksiz imkoniyatlar yaratadi. Keyingi o‘n yilliklarda xalqaro
miqyosda pedagogika fani katta yutuqlarga erishdi. Aholining savodxonlik darajasi
birmuncha oshdi. Geografiya o‘qituvchilarini tayyorlash va ularning malakasini
oshirish tizimi ancha yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Hozirgi kunda geografiya ta’limi
jahonning ko‘pgina mamlakatlarida 3 ta yo‘nalishda olib borilmoqda:
1. Barcha o‘quvchilar uchun yagona o‘quv rejasi va dasturi asosida: (Sharqiy
Yevropa va MDH davlatlarida).
2. Barcha o‘quvchilar o‘rganishi majburiy bo‘lgan fanlar qatorida
qo‘shimcha fakultativ mashg‘ulotlar (Filippin, Fransiya, Germaniya, Yaponiya va
ko‘pchilik
rivojlanayotgan
mamlakatlarda)
yuqoridagi
mamlakatlarning
ko‘pchiligidagi geografik bilimlar mazmuni va ta’lim jarayoni bir-biridan keskin
farq qiladi. Turli mamlakatlarda ta’limning bunday tashkil qilinishiga asosiy sabab
ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va boshqa xususiyatlarning ta’siridir.
Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta’limi asosan tabiiy va
iqtisodiy geografiya kurslaridan tashkil topgan. Shahar va qishloq joylardagi
barcha maktablarda yagona o‘quv rejasi asosida o‘tkaziladi.
Ikkinchi guruh mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida
emas, balki integratsiya (birikma) tarzida bo‘lib, boshqa fanlar, kurslar tarkibiga
qo‘shilib ketgan. Bunda geografiyani chuqur o‘rganish xohlovchilar maxsus
fakultativ mashg‘ulotlar orqaligina o‘z bilimlarini oshirishlari mumkin. Shu tufayli
ham bu guruhdagi davlatlarda geografiya ta’limi bo‘yicha yagona davlat rejasi
yo‘q, har bir o‘qituvchi maktab joylashgan sharoit nuqtai nazaridan kelib chiqib,
o‘quv dasturini tuzish mumkin. Masalan: AQShda 1700 dan ortiq maktab okruglari
mavjud bo‘lib, ularning barchasi o‘ziga xos bo‘lgan geografiya ta’limi mavjud va
bir-biriga o‘xshamaydigan dasturlar bo‘yicha ish yuritiladi.
Uchinchi guruh mamlakatlarda geografiya majburiy o‘rganiladigan fanlar
qatoriga kirmaydi va uni fakultativlar orqali o‘rganish asosiy o‘rinni egallaydi.
Umuman olganda, Yevropa va Amerikaning rivojlangan mamlakatlarida barcha
o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan fanlar qatorida xilma-xil murakkablikdagi
fakultativ kurslar turi keng tarqalgan. Jahon tajribasida 3 - bosqichli ta’lim tizimi
82
asosiy hisoblanadi, ya’ni boshlang‘ich maktab (1-4 sinf), o‘rta bosqich (5-9 sinf),
yuqori bosqich (9-12 sinf).
Ko‘pchilik davlatlarda har bir bosqichdagi ta’limda o‘qish yili o‘zgarib
turadi. Boshlang‘ich maktabda 6-9 yosh, o‘rta bosqichda 10-14 yosh, yuqori sinfda
14-16 yoshni tashkil qiladi. Har bir bosqichda geografiya ta’limi o‘ziga xos
maqsadga ega. Masalan: birinchi bosqich, maktabda geografiya ta’limining asosiy
maqsadi (mikro-maqsad) yaqin atrof-muhitni o‘rganish, moddiy va ma’naviy
boyliklarga nisbatan mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashdan iborat. Ikkinchi
bosqichda (mezo-maqsad) o‘z mamlakatining xo‘jalik hayotini o‘rganish, zarur
kasblar haqida ma’lumotlar olish, ta’limiy ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishdan iborat. Uchunchi bosqichdagi maktablarda (makro-maqsad)
insoniyatning global muammolarini va jahon xo‘jaligini o‘rganishdan iborat.
Jahon tajribasida geografiyani o‘qitishning ahvoli muhim emas. Shu tufayli uni
o‘quvchilarga o‘rgatish bo‘yicha ikki fikr (yo‘nalish) tarafdorlari ham bor: Birinchi
yo‘nalish tarafdorlarining fikri o‘quv rejalarida geografiyani mustaqil fan sifatida
muntazam o‘tishni amalga oshirish bo‘lsa, ikkinchi yo‘nalish tarafdorlari
geografiyani boshqa o‘quv fanlari bilan integratsiya (birikma) tarzida qo‘shib
o‘tishni isbotlab berishga urinadilar. O‘quv fanlarini biriktirish borasida AQSh
jahonda yetakchi bo‘lib, 40 – 50 yillardagi ta’lim islohatida ko‘pgina fanlar qatori
geografiya majburiy o‘rganiladigan fanlar qatoridan chiqarib tashlandi va tarix,
jamiyatshunoslik bilan birlashtiriladi. Geografiyani bunday o‘qitish o‘qituvchilarga
talay qiyinchiliklar tug‘diradi. Natijada geografiya ta’limining sifati juda pasayib,
o‘quvchilar zarur ko‘nikma va malakaga ega bo‘lmay qoladilar. Masalan:
Michigan universitetining geografiya fakultetiga o‘qish uchun ariza bergan 400
o‘quvchining yarimi geografiyani faqat boshlang‘ich maktabda o‘rganganligi
ma’lum bo‘ldi. Shu tufayli ham hozirgi kunda AQShda geografiyani mustaqil fan
sifatida tiklash uchun kurash ketayapti. Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida
fanlarni o‘rganish ixtiyoriy bo‘lib, o‘quvchilar xohish-istaklari ostida amalga
oshiriladi. Bu guruhga kiruvchi mamlakatlarda majburiy fanlar soni 7-8 dan
oshmaydi. Masalan, Finlyandiya va Shvesiyada fin va shved tili, iqtisodiy va
sotsialogiya, biologiya, kimyo, ingliz tili va sport majburiy fan hisoblanadi.
Fan maktablarida 9 yillik ta’limdan keyin, sinfsiz gimnaziyalar keng
tarqalgan. Bunday gimnaziyalarda ta’lim 2 – 4 yil davom qiladi. O‘quvchilar
tuzgan o‘quv rejalari kurs rahbarlari va ma’muriyat tomonidan tasdiqlanadi.
Gimnaziyada o‘quv yili 6 davrga bo‘lingan. Har bir davr 6 haftadan iborat bo‘lib,
kurslar 32 soatdan tashkil topadi. Har bir kursdan bittadan fan kuniga 4 – 7 soat
o‘qiydi. Sport darslari mashg‘ulotlardan keyin tushlik dam olishda o‘tkaziladi. Har
davr yakunida o‘quvchilar bilimi baholanadi. Agar o‘quvchi qoniqarsiz baho olsa,
shu kursni qaytadan tanlaydi. Deyarli, ko‘pchilik mamlakatlar geografiya ta’limi
83
davlatning ijtimoiy–siyosiy va iqtisodiy tizimi bilan bog‘liq. Tabiiy va iqtisodiy
geografiyani o‘rganish asos qilib olingan. MDH va Sharqiy Yevropa
mamlakatlarida tabiat va xo‘jalikning rivojlanish qonuniyatlari jamiyat bilan tabiat
o‘rtasidagi munosabatlar, atrof-muhit muammolari geografiya ta’limining asosini
tashkil qiladi. Aksariyat rivojlangan mamlakatlarda geografiya ta’limi mazmun
jihatidan yuqori bo‘lib, o‘quvchilarda ma’lum ko‘nikmalarni shakllantirishga
qaratilgan, bu davlatlarda geografiya ta’limi muammolarini turli nazariya va
qonunlarning kategoriyalarini o‘rganishga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘quvchilarning
o‘zlashtirishida bir muncha qiyinchiliklar tug‘diradi.
Rivojlangan mamlakatlar geografiya ta’limida ta’limning ruhiy jabhalari
asosiy o‘rinni egallaydi. O‘quvchi ruhiyatini, uning bilish faoliyatini o‘rganishga
katta e’tibor beriladi. Geografiya ta’limida turli matnlar, o‘yinlar, imitatsiya keng
qo‘llaniladi. Ular, hatto, ta’lim metodlari sifatida ham qo‘llaniladi. Masalan:
o‘quvchi o‘zini kompaniya prezidenti sifatida tasavvur qiladi, ish yuritadi, Biron
muammoni hal qiladi, o‘zi xulosalar chiqaradi. Umuman, bunday ta’limning asosiy
maqsadi o‘quvchilarni kelgusi hayotga, ya’ni ishbilarmonlikka tayyorlashdan
iborat. Turli mamlakatlarning geografiya o‘quv darsliklari va qo‘llanmalarini tahlil
qilish shuni ko‘rsatadiki, ularda bitta kursni o‘qitish uchun bir necha qo‘llanma
chiqariladi. Ko‘pchilik hollarda ular qiziqarli ma’lumotlarga boy bo‘lib, axborot
xususiyatiga ega. Bunday qo‘llanmalarda matn 20 -40% ni, tasvir 20% ni, statistika
20% ni, savol va topshiriqlar 20% ni tashkil etadi. Kitoblardagi tasvirlar nihoyatda
sifatli. Quyi sinflar qo‘llanmalarida esa, deyarli karta yo‘q. Ular o‘rnini karta –
sxemalar egallagan. Matnda raqamli sonlar ko‘p uchramaydi, mavjudlari ham
taqqoslash xarakteriga ega bo‘lib, ular eng past, eng kichik, eng baland, eng yuqori
kabi tarzlarda berilgan. Mavzu yoki bo‘limdan keyin qo‘yiladigan Blis so‘rov va
topshiriqlar mavzu mazmunini to‘liq his ettirmasligi ham mumkin. Qo‘yiladigan
Blis so‘rovning aksariyati muammoli topshiriqlar, diskussiya Blis so‘rovi, amaliy
o‘yinlar tarzida berilgan. O‘quvchilar uchun chiqarilgan geografiya darsliklarida
kompyuterlar bilan ishlash uchun maxsus Blis so‘rov, qiziqarli topshiriqlar,
matematik statistika metodlari, turli o‘yinlar, testlar tarzida geografik bilimlarni
egallashga keng o‘rin berilgan. O‘quvchilar ularni mustaqil bajarish jarayonida
tadqiqotchi rolini o‘ynaydilar. Geografiya darsligi rivojlangan mamlakatlar
geografiya ta’limi metodikasida eng yetakchi o‘rinni egallaydi. Buyuk Britaniya –
geografiya ta’limi metodikasida o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Uning kuchli
tomonlari quyidagilardan iborat:
-ta’limning nazariy tomonlarini kuchaytirish, ya’ni unda hozirgi zamon
geografik tadqiqot metodlarini ko‘proq o‘rganish;
-geografiya ta’limi jarayonida psixologik – pedagogik tadqiqotlari o‘tkazish;
84
- ta’lim jarayonida tadqiqot metodlaridan unumli foydalanish, o‘quvchilarni
gipotezalar (farazlar) tuzishga o‘rgatish;
- darslikda turli mazmundagi eksperimentlar uyushtirish, ya’ni tasavvur,
tushuncha va turli xil qarashlarni shakllantirish metodlariga keng o‘rin berilgan.
Ammo metodlarni sinash, ta’limni uyushtirish shakllari ancha zaif.
Rivojlangan mamlakatlardagi geografiya ta’limi ko‘p jihatdan o‘sha jamiyat
va davlat ehtiyojlari bilan bog‘liq bo‘lib, uning manfaatlariga xizmat qiladi.
Masalan, Buyuk Britaniya maktablarida geografiyadan imtihon biletlarida
o‘quvchilarga quyidagi mazmundagi Blis so‘rovga javob yozishi talab etilgan:
1. G‘arbiy Yevropaning transport geografiyasida suv va quruqlik
yo‘llarining (Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvesiyadan tashqari) bir-biriga
nisbatan ahamiyatini baholang;
2. Tabiiy geografiya va insonlar faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan qanday
omillar Fransiya va Niderlandiya qishloq xo‘jaligi geografiyasini o‘rganishga
yordam beradi;
3. Shimoliy-g‘arbiy Yevropaning istalgan ikkita yirik porti geografiyasini
qiyoslang;
4. Daniya iqlimining qaysi xususiyatlari sut chorvachiligining rivojlanishiga
yoki rivojlanmasligiga sababchi bo‘ladi?
AQSh maktablarida o‘quvchilar bilimini baholash ham o‘ziga xos
xususiyatlarga ega. Quyidagi ana shu Blis so‘rovdan namunalar keltiramiz: 1. Ko‘p
variantli savoldan kerakli javobni topish (eng keng tarqalgan metod). Masalan:
Angliya import qiladigan neftning asosiy qismi quyidagi davlatlarning qaysilaridan
keltiriladi? A) Venesuela. B) AQSh. V) Yaqin Sharq davlatlari. g) Shimoliy dengiz
havzasi. D) Jazoir.
2. To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlang: Maran’on, Madeyra, Riu-
Negru daryolarining qaysilari Braziliya territoriyasidan tashqarida boshlanadi?
3. Umumlashtirishga oid Blis so‘rov, Masalan: quyidagi shaharlarning
ro‘parasiga shu shaharga xos bo‘lgan quyidagi sanoat tarmoqlarini yozing. Kimyo
sanoati, neftni qayta ishlash va h.k.
Liverpul ___________________
Manchester ___________________
Bolton ______________________
Port ________________________
Uidnes ______________________
4. So‘zlari tushirib qoldirilgan tarzdagi Blis so‘rov: Masalan: Hudud yer
yuzasining katta qismlari ...... davrda hosil bo‘lgan muz qoldiriqlari bilan
qoplangan va hokazo.
85
5. Iqtisodiy hisob-kitob talab qiladigan tarzdagi Blis so‘rov, masalan: firma
egasi ishlab chiqarayotgan sanoat mahsulotining 60%ini mamlakat ichida, 40%ini
esa chet el firmalariga sotishi kerak. Sanoat va savdo ministerligi unga mahsulot
ishlab chiqarish uchun quyidagi beshta hududdan bittasiga korxona qurishga ruxsat
berdi, har bittasida yer uchastkasining bahosi bir xil. Korxona qurish uchun
quyidagi joylarning qay birini tanlagan ma’qul?
a) Milford – Xeyven;
b) Dondi;
v) Sautgempton;
g) Liverpul;
d) Glazgo.
Deyarli barcha rivojlanayotgan va rivojlangan mamlakatlarda ekologik
ma’lumotlar bilan o‘quvchilarni tanishtirish geografiya dasturlarida yetarlicha
o‘rinni egallagan.
Germaniya maktablarida geografiya bo‘yicha yagona dastur yo‘q. Har bir
o‘lka o‘z dastur va darsliklariga ega. Germaniyada turli maktablar mavjud
boshlang‘ich asosiy (5-10 sinflar) va gimnaziya (11-13). Birinchi guruh maktab
barcha uchun majburiy hisoblanadi. O‘quvchilar 10 – sinfni tugatganlaridan keyin,
xohlovchilar yoki gimnaziya, yoki hunar-texnika maktablariga oliy o‘quv yurtiga
kirish uchun tayyorgarlik ko‘radilar.
Gimnaziya maktablarida, dastlabki geografik bilimlar bilan tanishish 3-4
sinfdan boshlanadi. Chunki bu sinflar Vatanshunoslik fani o‘rganiladi. Bundan
tashqari geografik bilimlar qisman biologiya va tarix fanlari orqali ham beriladi.
Germaniya maktablarida geografiya fan sifatida boshlab o‘rganiladi. Bu sinfda
asosan, o‘lka geografiyasi o‘qitiladi. Vatanga oid bo‘lgan bilimlar to 8 – sinfgacha
beriladi. 5-8 sinflarda geografiyaga haftada 2 soat vaqt ajratiladi. Bu sinflarda
Yevropa va Yevropadan tashqari mamlakatlar geografiyasi o‘rganiladi.
Topografiya va kartagrafiya asoslari bo‘yicha ham bilimlar beriladi. O‘qituvchilar
diqqatiga bir necha variantdagi darsliklar tavsiya etiladi. Bular quyidagi
ko‘rinishlarda aks etadi. «Mamlakatlar va xalqlar», «Yer va inson», «Yangi
geografiya», «Yer bilimi» va hokazo. 9-10 sinflarda geografiya mustaqil fan
sifatida o‘rganilmaydi, desa ham bo‘ladi. Ayrim yerlardagi qiziquvchi o‘quvchilar
bilan Yevropa va Germaniya geografiyasi chuqur o‘rganiladi. Bu kurslarda
mamlakatlar iqtisodiy, siyosiy va davlat tizimiga oid bilimlar yetakchi o‘rinni
egallaydi. Keyingi paytlarda geografiya, tarix, sotsialogiya, iqtisod bilimlari
birgalikda birlashgan kurslar orqali o‘qitishga e’tibor kuchaymoqda. Gimnaziyada
(11-13 sinflar) ayrim joylardagina geografiya qisman, mustaqil fan sifatida
o‘qitiladi. Ba’zi geografik bilimlar birlashgan kurslar turkumidagi fanlarda ham
beriladi. Yuqori sinflarda geografiya kompleks muammolarni o‘rganishga ko‘proq
86
e’tibor
beriladi.
Masalan:
«Insonniyatning
ko‘payishi»,
«Ocharchilik
muammolari», «Transport muammosi», «Sanoat markazlarida inson hayoti»,
«Sanoat ekonomiyasi» va h.k.
Darslarda o‘quvchilarga beriladigan topshiriqlar ham birmuncha murakkab,
dasturda o‘quvchilar bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriqlar tizimi keltirilgan
masalan:
1. Karta va o‘quvchidan olingan bilimlar asosida u yoki bu hududda qanday
ishlab chiqarishni joylashtirish mumkin?
2. U yoki bu hududning (so‘rovnoma, kuzatish, statistik materiallar va
geografik adabiyotlar bilan ishlash metodlari orqali) tabiatni qo‘riqlash, tabiiy
resurslardan foydalanishdagi muammolarni va kelajakdagi ahvolini yoriting.
Fransiya maktablarida geografiya ta’limi birmuncha yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan. Geografiya o‘qitishdan maqsad va vazifalari juda aniq belgilab berilgan
bo‘lib,
unda
maktab
geografiyasi
o‘quvchilarda quyidagi xislatlarni
shakllantirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan: geografiya tili bilan tanishish,
kuzatish, tahlil qilish, umumlashtirish tanqidiy qarash, taqqoslash, aloqalarni
o‘rgatish, axborotlarga nisbatan faol qarash, insonga nisbatan mehr, fikrlash va
faoliyatda mustaqil bo‘lish kabi ko‘nikmalarni hosil qilish va h.k.
Fransiyada geografiya dasturi 2 bosqichli maktablarga mo‘ljallangan,
shunisi qiziqki, Fransiyada sinflar teskari hisob bilan yuritiladi.
1 – bosqich: maktab 6,5,4,3, (o‘quvchilar yoshi 11-14 gacha), oliy ma’lumot
olishga tayyorgarlik faqat litseylarda amalga oshiriladi.
2 – bosqich: 2 – 1 va bitiruvchi (15-17 yosh) sinflardan iborat.
Geografiya ta’limi 6 – sinfdan boshlanadi, bunda «Umumiy geografiya» va
Afrika materigi o‘rganiladi, 5 – sinfda Amerika, Osiyo, Avstraliya, Antraktida, 4 –
sinfda Yevropa (Fransiyadan tashqari), 3 – sinfda Fransiya geografiyasi o‘qitiladi.
Litseyda o‘qishni davom etirish 2-1 va bitiruvchi sinflarda to‘g‘ri keladi.
2 – sinfda geografiya dasturi (6,5,4,3,) sinflarda olgan bilim va ko‘nikmalar
bilan chuqurlashtiriladi. Asosiy maqsad o‘quvchilarni hujjatlar va birinchi
manbalar bilan ishlashga o‘rgatishdan iborat. Litseyning birinchi sinfida Fransiya
geografiyasi bo‘yicha o‘quvchilar 2 – bosqich maktabda olgan bilimlari
mustahkamlanadi va chuqurlashtiriladi. Bitiruvchi sinflarda to‘rtta yirik davlat –
AQSh, Rossiya, Xitoy, Yaponiya geografiyasi chuqur o‘rganiladi. Fransiya
maktablarida tabiiy va iqtisodiy geografiya bilimlari deyarli bir xil beriladi.
Iqtisodiy geografiya bilimlari ichida ayniqsa, aholi geografiyasiga oid ma’lumotlar
atroflicha o‘rganiladi, yoki birlamchi (xom-ashyo), ikkilamchi (qayta ishlovchi),
uchlamchi (maishiy xizmat) tarzida ham o‘rganishni kuzatish mumkin.
Rivojlanayotgan mamlakatlar geografiyasi o‘rganilganda, Yevropaliklarning bu
mamlakatlar uchun ko‘rsatgan g‘amxo‘rliklari bo‘rttirib ko‘rsatilgan. Masalan,
87
Fransuzlar o‘z mustamlakalariga mustaqillik bergach, ularning madaniyati,
tabiatini yaxshilash, tabiiy boyliklarini o‘zlashtirishlariga, yangi yo‘llar qurib
berganliklariga o‘quvchilar e’tiborini alohida qaratadilar.
Fransiya geografiyasi darsliklarining ustun tomoni shundaki, ular muammoli
qilib yozilgan bo‘lib, barcha muammolar «Inson va tabiat» mazmunidan kelib
chiqadigan matnlardan iborat.
Finlyandiya maktablarida ham geografiya ta’limi o‘ziga xos xususiyatga ega
bo‘lib, geografiya o‘qitilishi rivojlangan mamlakatlar ichida bir muncha yuqori
pog‘onada turadi deyishga asos bor. Mamlakatda ta’lim 2 – bosqichdan iborat:
Birinchi bosqich 9 yillik majburiy umumta’lim xalq maktabi, ikkinchi bosqich
gimnaziyalardan iborat.
Birinchi bosqich maktabida geografiya ta’limi 3-sinfdan boshlanadi va
to‘qqizinchi sinfda. 3-4 sinflarda o‘z mamlakati va qo‘shni shimoliy davlatlarning
tabiati va xo‘jaligiga oid ma’lumotlar haqida axborot beriladi. 3 – sinfda
o‘lkashunoslik asosida dars o‘tish ustun turadi. O‘zi yashab turgan joyning kartasi:
Ob – havo va iqlimi, birgalikda ishlangan relyef kartalarini namoyish qiladi, 3 –
sinfdagi geografiya, 4 – sinfda ham davom qiladi va o‘qish metodlari bo‘yicha
deyarli farq qilmaydi. 5 – sinfda Yevropa mamlakatlari tabiati, aholisi, madaniyati,
urf-odatlari, an’analari, dini, aholisining xo‘jalik faoliyati bilan tanishadilar. 6-7-8
sinflarda Osiyo, Afrika, Avstraliya va Okeaniya, Amerika o‘rganiladi. 8 – sinf
yakunida umumiy geografiya asoslari bo‘yicha bilimlar beriladi. 9 – sinfda
Finlyandiya va Shimoliy mamlakatlar geografiyasi quyidagi reja asosida
o‘quvchilarga havola etiladi:
1 – tabiati, 2 – iqtisodiy, 3 – aholisi, 4 – tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va tabiatini qo‘riqlash, 5 – davlat tuzumi. 2 bosqich ta’lim
gimnaziyalarda o‘qish 3 yil bo‘lib, tabiiy va iqtisodiy geografiya bir-biridan keskin
ajralmagan holda o‘rganiladi. Gimnaziya dasturlari ko‘proq nazariy bilimlar berish
bilan ajralib turadi. Bunda geografiya fanining hozirgi davridagi taraqqiyoti uning
boshqa fanlar bilan munosabati, geografiyaning o‘quvchilar aqliy faoliyatini ochib
berishdagi ahamiyatiga ko‘proq e’tibor beriladi. Masalan:
1. Yer shari harakatdagi tizimdir. Tabiatdagi barcha narsalar bir-biri bilan
bog‘liq, inson harakatdagi tizimning bir qismi, ekanligi tarzidagi bilimlar ko‘proq
beriladi.
2. Inson va uni o‘rab turgan muhit insonning muhitga, muhitning insonga
ta’siri ostida o‘rganiladi. Gimnaziyaning birinchi yilida geografiya majburiy fan
sifatida o‘rganiladi. Boshqa fanlarda esa o‘quvchilar xohishiga ko‘ra maxsus kurs
sifatida o‘rganish mumkin. Finlyandiyada o‘quv rejalari tez-tez almashib turadi.
Vengriya maktablarida geografiya ta’limi 7 yil davom qiladi: 4 yil asosiy (5
– 8 sinf) va 3 yil (9 – 10 – 11 gimnaziyada) darslar haftada 2 soat. Geografiya
88
ta’limi jarayonida 65% vaqt yangi mavzuni bayon qilishga, 3% ekskursiyaga, 29%
amaliy mashg‘ulotlar, umumlashtiruvchi takrorlashga ajratiladi.
Rivojlanayotgan mamlakatlarda keyingi yillarda xalq ta’limiga katta e’tibor
berilmoqda. Masalan, Osiyoning ko‘pgina mamlakatlarida 1985-yilgacha xalq
ta’limi uchun ajratilgan mablag‘lar 20 barobardan ortiq o‘sdi. Ayniqsa, Malayziya,
Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Singapur, Janubiy Koreya, Tailand, Suriya,
Hindiston, Pokiston kabi mamlakatlarda xalq ta’limi rivojlanishi ancha yuqori
bo‘ldi. Osiyodagi ko‘pchilik mamlakatlarda bolalar 5 – 7 yoshdan boshlab
maktabga bora boshlaydilar. Bangladesh, Birma, Livan, Pokiston, Shri–Lankada
maktabga 5–yoshdan boradilar. Osiyodagi ko‘pchilik mamlakatlarda majburiy
ta’lim 5 yildan 10 yilgacha, o‘rta maktabda o‘qishni davom ettirish esa 4 yildan 8
yilgacha.
Geografiya o‘quv dasturlari ko‘pchilik davlatlarda bir xil bo‘lib,
mamlakatning tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o‘rganishga bag‘ishlangan.
Ko‘pchilik mamlakatlar mustamlaka bo‘lgan davrlarda o‘z geografiyasiga nisbatan
ko‘proq mustamlakachi davlat geografiyasini o‘rganar edilar. Hozirgi kunda
ko‘pchilik mamlakatlarda mustamlakachilik an’analari o‘qitish mazmuni va
metodlari saqlanib qolgan. Keyingi paytlarda rivojlanayotgan mamlakatlarda o‘quv
dasturlari, geografiya dasturlari mamlakat xo‘jaligi ehtiyojlarini e’tiborga olgan
holda tuziladi va yaratiladi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, xorijiy davlatlar geografiya ta’limida
o‘qitishda eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlar quyidagilar hisoblanadi:
Evristik metod – bunda e’tibor o‘quvchilarni ko‘proq mustaqil bilim olishga,
kichik tadqiqotlar qilishga o‘rgatishdan iborat. Kartinalar, turli xil hujjatlar,
vositalar asosida muammoli Blis so‘rov o‘quvchilar diqqatiga havola etiladi. Bir-
biriga bog‘langan Blis so‘rov asosida evristik suhbatlar o‘tkazish keng tarqalgan.
Ishlab chiqarish jarayonini, ekologik suhbatlar o‘tkazish keng tarqalgan. Ishlab
chiqarish jarayonini, ekologik muammolari turli o‘yinlar asosida o‘rganish. Bunda
o‘quvchilar o‘zlarini turli kompaniyalar prezidenti, biznesmenlar o‘rniga qo‘yib
«ish» bajaradilar. Bunday metod ko‘proq AQSh, Buyuk Britaniya, Yangi
Zelandiya, G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida keng tarqalgan. Tarqatma
kartochkalar metodida turli chizgi jadvallar, kartalar o‘qituvchilar diqqatiga
turlicha xatoliklarga yo‘l qo‘yib tuziladi va tarqatiladi, o‘quvchilar yo‘l qo‘yilgan
o‘sha xatoliklarni mustaqil topishlari talab qilinadi. Turli xil misol va masalalar
yechish ham o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishi tufayli ulardan
keng qo‘llaniladi.
O‘quvchilarda ishbilarmonlik, uddaburonlik xislatlarini shakllantirish
ko‘proq misol va masalalarni yechmasdan amalga oshmaydi.
89
Matnlar, ya’ni javoblar to‘g‘ri – noto‘g‘ri tarzda aralashtirib berilishi ulardan
to‘g‘rilarini raqamlar bilan belgilab ajratish keng tarqalgan metodlardan
hisoblanadi.
Statistik manbalar bilan ishlash. Kartagrafik qo‘llanmalardan foydalanish,
matematik modullashtirish keng tarqalgan o‘qitish metodlari hisoblanadi. Ayniqsa,
hozirgi kunda diskussiya, rivojlangan mamlakatlar geografiya ta’limida keng
tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |