Ishlatilishi (Usage) 1. Bu zamon kelajakda sodir bo’ladigan ish-harakatlarni ifodalaydi: I shall enter the University
next year. Men kelasi yil Universitetga kiraman.
2 . Kelasi zamonda bir ish-harakatni bajarishni aynan hozir qaror qilsak shu zamon ishlatiladi:
I shall shut the door. Men eshikni yopaman. We shall drive that car. Biz hozir ana u mashinani
haydaymiz.
3 . Kelasi zamonda ketma-ket sodir bo’ladigan ish-harakatni ham shu zamon ifodalaydi. Bunda
gapdagi birinchi fe’l “shall/will” bilan keladi, qolgan fe’llar “shall/will” siz keladi. I shall go and open
the door. Men borib eshikni ochaman. I shall turn on the TV and watch it. Men TV ni qo’yaman va
uni tomosha qilaman.
4 . Biz biror ishni aynan hozir qaror qilishda quyidagi birikmalardan keyin kelasi zamonda
“shall/will” ni ishlatamiz: