14. Raqam
bilan ifodalangan
yillar
oldidan artikl ishlatilmaydi: in 1999, in 2000, in 1878.
Lekin:
ko’plikda kelgan yillar oldidan “the” artikli ishlatiladi: in the 1970s – yetmishinchi
yillarda, in the 1940s – qirqinchi yillarda.
Artiklning Atoqli otlar oldidan ishlatilishi va ishlatilmasligi
1.
Katta shahar, qishloq, davlat nomlari va kishi ismlari umumiy holda artiklsiz ishlatiladi:
Britain, London, Samarkand, Tom, Murod,
2.
Kishi familiyasi yoki ismi oldidan kelgan unvon yoki mansabni ifodalovchi so’zlar artiklsiz
ishlatiladi: Professor Ikromov, Mr. Brown – Janob Braun, Comrade Petrov - O’rtoq Petrov, President
Clinton, Queen Elisabeth, Poetress Zulfiya – Shoira Zulfiya, General Rahimov.
Do'stlaringiz bilan baham: |