20.
Tasvirlovchi aniqlovchi
bilan kelgan geografik nomlar
a/an
artikllari bilan ishlatiladi: There was
a different Uzbekistan after the Independence. Mustaqillikdan keyin boshqacha bir O’zbekiston
shakllandi.
21
.
A certain
– (aniq bir) so’zi aniqlovchi bo’lib kelganda shaxs nomlari
a/an
artikllari bilan ishlatiladi:
I am asking about a certain Mr. Ahmedov. Men aniq bir Janob Ahmedov haqida so’rayapman.
22.
Dunyoning to’rt tomoni yolg’iz yoki of predlogi bilan kelganda the artikli bilan ishlatiladi: the
north - shimol, the south – janub, the east – sharq, the west – g’arb, the north of Uzbekistan –
O’zbekistonning shimoli.
Do'stlaringiz bilan baham: |