5.
Qo‘lni himoyalovchi vositalar.
Ishchilarning qo‘llarini himoyalash katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda har
xil turdagi qo‘lqoplar, yengchalar va barmoqqa kiygichlar ishlatiladi (9.5-rasm).
Masalan: elektromontaj ishlarida yuqori voltlarga chidamli rezinali qo‘lqoplar
ishlatiladi.
9.5-rasm. Qo‘lni himoyalovchi vositalar.
Yengchalar paxtali, junli, zig‘irpoyali (lyon) matolardan, charm bo‘laklari,
asbest va sun’iy charmdan tayyorlanadi.
Qo‘llanish sohasiga qarab qo‘lqoplar va barmoqqa kiygichlar kauchuk
asosidagi rezina, sintetik va tabiiy latekslardan tayyorlanadi. Polimerlardan yasalgan
qo‘lni himoyalash vositalarida tayyorlangan sanasi va ishlatilish muddati
ko‘rsatiladi. Qo‘lqoplarni astar bilan ishlatish tavsiya etiladi. Astar sifatida turli
trikotaj qo‘lqoplar ishlatilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |