BOSH HARFLAR IMLOSI
Quyidagi qoidalar gap boshi, o’rtasi va oxiri uchun birdek taalluqli.
1.
Kishi ismi, ota ismi, familiyasi va taxallusi bosh harf bilan yozladi:
Saidov Olim, Akbarovich, Navoiy, Fuzuliy.
2.
Mamlakat, shahar, qishloq, shaharchalar, daryo, dengiz, tog‘, tepa va adir nomlari bosh
harf bilan yoziladi:
Toshkent, Orol dengizi, Tinch okeani
3.
Yulduz, sayyoralar va boshqa xil osmon jismlarining atoqli oti bosh harf bilan yoziladi:
Quyosh, Yer, Hulkar, Qavs.
4.
Korxona, tashkilot, muassasa nomlari, adabiyot va san‘at asarlari, sanoat va oziq-ovqat
mahsulotlari, transport vositalarining nomlari qo‘shtirnoq ichida bosh harf bilan yoziladi:
“Malika” firmasi, “Navoiy” jamg‟armasi, “Amudaryo” jurnali, “Damas” avtomobili,
“Shaytanat” asari.
Eslatma!
Ko‟kdumaloq kompressor stansiyasi, Xorazm chanqov bosdi ichimliklar
zavodi, Qizilqum fosforid kombinati
kabi nomlar qo‘shtirnoqqa olinmaydi va birinchi
so‘zi bosh harf bilan yozildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |