Fotogrammetriya:
- er yuzasida joylashgan obektlarning o‘rnini,
o‘lchamini va shaklini aniqlash metodlarini fotografik tasvirlar orqali ishlab
chiqadi, bular esa aero- va kosmik fotosuratlarni qayta ishlash texnologik
jaraѐnining asosiy qismi bo‘lib hisoblanadi.
Informatika:
- avtomatik loyihalashda, ma’lumotlarni kiritish, tasvirlash va
uzatishda, u asosida esa uch o‘lchamli ob’ektlarni hosil qilishda alohida ahamiyat
kasb etadi;
- kompyuter grafikasida erishilgan yutuqlar grafikli ob’ektlarni qayta
ishlashda, namoyish etishda, ayniqsa nashr qilish vositalarida keng ishlatilmoqda;
- ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi (SUBD)
- ma’lumotlarni raqamli ko‘rsatishda, katta hajmli axborotlarni tizimini
o‘rganishda va qayta ishlashda, ularga murojaat qilishda, saqlashda va yangilashda
etarli darajada usullar bilan ta’minlamoqda;
Do'stlaringiz bilan baham: |