7 - Mavzu : Geoinformatsion tizimlar.
(Г.И.С.russ tilida.)
Reja :
1.
Geoinformatsion tizimlar sinflanishi, modellarning xususiyatlari va
qo’llash uslubiyati .
2.
Micro Main, Main Trance, Premium dasturlarida modellashtirish va
loyixalash.
3.
Geologiya, Surpoc, Arc GIS dasturlarida modellashtirish va
loyixalash.
Tayanch so’z va iboralar:
Geoinformatsion tizimlar, GPS, GIS, Geologiya,
Surpos, Arc GIS, kartograflar, teodolit, taxeometr, lenta, ERGEODEZKADASTR,
Fotogrammetrik ishlov berish.
1.
Geoinformatsion tizimlar sinflanishi, modellarning xususiyatlari
va qo’llash uslubiyati .
Oxirgi bir necha o‘n yillardan buѐn insoniyat axborot suronini boshidan
kechirmoqda. U yildan-yilga kuchayib, inson faoliyatining ko‘plab sohalariga kirib
bormoqda. Bugungi kunda kartograflar ko‘plab manbalardan olinadigan
axborotlardan foydalanish mobaynida topografik, turli mavzuli geografik kartalar
va atlaslarni tuzish, aero- va kosmik tasvirlarni deshifrovka qilish, dalada o‘lchash
natijalarini qayta ishlash va kompyuter tizimlarida ma’lumotlarni to‘plash bo‘yicha
boy tajribaga egalar.
Ma’lumotlarning ko‘plab turlarini vaqt o‘tishi bilan tez-tez o‘zgarib turishi,
oddiy usulda tuziladigan qog‘ozli kartadan foydalanishni ancha qiyinlashtirib
yubormoqda. Bugungi kunda tezkor axborotlarni qabul qilish, ularning
dolzarbligini ko‘rsatish faqatgina avtomatlashtirilgan tizim kafolatlashi mumkin.
SHu o‘rinda zamonaviy GIS – bu ko‘p miqdordagi grafikli va mavzuli ma’lumotlar
bazasiga ega bo‘lgan, baza asosida ish bajarish imkoniyatiga ega bo‘lgan modelli
va hisobli funksiyalar bilan birlashgan, fazoviy ma’lumotlarni kartografik shaklga
aylantirish, turli xulosalar chiqarish va monitoring ishlarini amalga oshiradigan
avtomatlashgan tizim, deb qaraladi. Bugungi kunda kompyuter savodxonligi omma
orasida ancha oshgan. GISda tuzilgan karta oddiy qog‘ozli kartadan yaxshi
bezalgani, kompyuterli shakldaligi, qo‘lda bajarib bo‘lmas darajadagi aniqligi va
boshqa bir qator afzalliklari bilan farq qiladi. Kartaga istagancha o‘zgartirish
kiritish, yangi mazmun va bo‘ѐq berish, diagramma va boshqa ma’lumotlarni
kiritish, o‘chirish va h.k. ishlarni bajarsa bo‘ladi. Buning uchun muallifning
shaxsan o‘zi karta tuzishning kompyuterli texnologiyalari bilan mukammalroq
tanishishi va ular asosida karta tuzib ko‘rishi kerak.
Ta’lim muassasalarining «Geodeziya, kartografiya va kadastr», «Er tuzish va
er kadastri», «Ekologiya va atrof muxit muhofazasi», «Suv resurslari va ulardan
foydalanish», «Geografiya va gidrometeorologiya» yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim
olaѐtgan talabalarga mo‘ljallangan bo‘lib, unda Geografik axborot tizimlarida
manbalarni to‘plash, ma’lumotlar bazasini hosil qilish, mavzuli kartalarni tuzish
yo‘llari batafsil baѐn etilgan. Darslikdan oliy ta’lim talabalari, magistrlar,
aspirantlar, o‘qituvchilar va geografik axborot tizimlari bo‘yicha tadqiqot ishlarini
olib boraѐtgan ilmiy xodimlar ham foydalinishlari mumkin.
Innovatsion texnologiyalar tabiiy ofatlar bilan kurashishda va hosildorlikni
oshirishda yordam beradi. Qozog‘istonda birinchi marta geoinformatsion tizimlar
markazi ochildi, deb xabar qiladi khabar.kz sayti.
Geoaxborot tizimlari (GAT, keyinchalik umumiy qabul qilingan atamasi -
GIS ishlatiladi) XX asrning 60-yillaridan boshlab rivojlana boshlagan, lekin bu
tizimning keng rivojlanishi 90-yillarga to‘g‘ri keladi. Bunga sabab shu keyingi 20
yil ichida kompyuter texnologiyasining ancha rivojlanishi bo‘ldi. Kartalar
yaratishning "Qog‘ozli" deb atalgan odatdagi texnologiyasi bilan bir qatorda
geografik axborot tizimidan foydalangan holda kartalar yaratishning kompyuterli
texnologiyasi jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Oddiy qilib aytganda, GISga
tabiat va jamiyat ob’ektlari va hodisalari haqidagi topografik, geodezik, er, suv
resurslari va boshqa kartografik axborotni yig‘ish, ularga ishlov berish, EHM
xotirasida saqlash, yangilash, taxlil qilish, yana qayta ishlashni ta’minlovchi
avtomatlashtirilgan apparatlashgan dasturli kompleks, deb ta’rif bersa bo‘ladi.
Barcha GISlarda ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash, xotirada saqlash, yangilash,
taxlil qilish va ma’lumotlarni kompyuterda ѐki etarli darajada tasvir xususiyatini
qayta ishlay oladigan maxsus dasturda texnik vositalar orqali ushbu jaraѐnlarni
bajarish usullari e’tiborga olingan. Demak, GIS — turli usullar bilan to‘plangan
tabiiy tarmoqlar haqidagi keng mazmunli ma’lumotlar bazasiga tayangan
mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi. Hozirgi paytda foydalanish sohalarining
kengligi jixatidan GISning tengi yo‘q — u navigatsiya, transport, qurilish,
geologiya, harbiy ishlar, iqtisodiѐt, ekologiya va boshqa sohalarda keng
qo‘llanilmoqda. Geografik axborot tizimlari er tuzishda, turli tizim kadastrlarida,
kartografiyada va geodeziyada keng qo‘llanilmoqda, chunki katta hajmdagi
statistik, fazoviy, matnli, grafikli va boshqa ko‘rinishdagi ma’lumotlarni qayta
ishlash va ularni tasvirlashni GIS tizimisiz mumkin emas. Bugungi kunda ilmiy
tadqiqotlar va amaliy faoliyatda ko‘plab GISlar ishlatiladi, lekin ular orasida
shaxsiy GISlar keng tarqalgan. Jumladan, ularga GeoDraw, GeoGraph (Rossiya
Geografiya instituti), AtlasGis, WinGis, Ar
cin
fo, MapInfo (AQSH) va boshqa
dasturlarni misol keltirish mumkin.
Umuman olganda kartalar yaratishning GIS-texnologiyasini quyidagicha
tasavvur qilsa bo‘ladi:
1. Tayѐrgarlik ishlari. Elektron taxeometrlar va GRS asboblaridan,
tasvirlarni qayta ishlash vositalaridan, izlanishlar raqamli ma’lumotlaridan, avtorlik
originallardan, mavjud fond kartalari va boshqalardan dastlabki ma’lumotlarni
to‘plash. Kartografik va fond materiallarini, rastrli tasvirlarni bir xil masshtabga
keltirish, so‘ngra ularni kompyuter xotirasiga joylash.
2. YAratilaѐtgan kartaning mavzuli qatlamlarini, ularga tegishli jadvallarni
ishlab chiqish va ularni taxlil qilish. Ma’lumotlar bazasini yaratish. Ob’ektlar
tasnifi mavjud jadvallar (atributlar) va matn ma’lumotlarni EHM xotirasiga
kiritish. SHartli belgilar tizimini ishlab chiqish.
3. Kartaning mavzuli qatlamlarini muvofiqlash, kartografik tasvirni hosil
qilish va ularni taxrir qilish. Kartaning komponovkasini ishlab chiqish va uni
nashrga tayѐrlash. Kartani nashr qilish.
Geodeziya, kartografiya va kadastr, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi,
Suv resurslari va ulardan foydalanish, Geografiya va Gidrometeorologiya
yo‘nalishlari uchun mutahassislar tayѐrlash uchun tuzilgan ―Geoaxborot tizimi va
texnologiyalari o‘quv dasturiga mos keladi.
Hozirgi vaqtda plan va kartalarni yaratish ikki usulda olib boriladi: Erda
geodezik ishlarni olib borish bo‘yicha va joyning masofadan turib olingan rasmini
deshifrovka qilish (o‘qish) natijasida. Bunday rasmlar Erning turli sun’iy
yo‘ldoshlaridan, ya’ni kosmik kemalar, samolѐtlar va vertolѐtlardan olingan yarim
tonalli (rangliga o‘xshash) ѐki oq-qora kosmik va aerofotosuratli tasvirlaridan
iborat.
Er resurslarini kompleks kartaga olish ishlarining texnologik jaraѐni 7.1
rasmda keltirilgan.