NOTA BENE !
Jinoyat qonuni tuzilishi
qonun chiqaruvchi irodasining JKda muayyan
tarzda tartibga solingan shaklidir.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi, o‘z navbatida, bo‘lim va
boblarga bo‘linadigan Umumiy va Maxsus qismlardan iborat. Boblar qism
va bandlarga bo‘linadigan moddalardan iborat. Qismlar satr boshi bilan,
bandlar harflar bilan ajratilgan.
NOTA BENE !
Maxsus qism normalarini qo‘llash Umumiy qism normalariga
asoslanadi. o‘z navbatida Umumiy qism normalari Maxsus qism
normalarisiz ma’nosiz va predmetsiz bo‘lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |