Harbiy-texnik instituti m. X. Rustambayev



Download 1,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/578
Sana03.01.2022
Hajmi1,99 Mb.
#315596
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   578
Bog'liq
Ozbekiston respublikasi milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti

Jinoyat kodeksi 

shaklida mavjud bo‘lishining lozimligini aks ettiradi. 

O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi respublikamizning 

jinoyat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini tashkil etuvchi barcha jinoyat-

huquqiy normalarning asosiy va yagona shaklidir. Tarkibida jinoyat-

huquqiy normalar bo‘lgan yangi qonunchilik hujjatlari qabul qilingan 

taqdirda ular majburiy tartibda Jinoyat kodeksiga kiritilishi lozim va 

mustaqil ravishda qo‘llanilishi mumkin emas. 



NOTA BENE ! 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi

  ichki uzviy birligi va 

o‘zaro bog‘liq jinoyat-huquqiy normalarning tizimli mustahkamlanishi 

bilan ajralib turgan, jinoiy javobgarlikning tamoyillari, asoslari va 

shartlarini, sodir etilishi jinoyat deb e’tirof etiladigan ijtimoiy xavfli 

qilmishlarni belgilab beruvchi, bunday qilmishlarni sodir etgan shaxslarga 

nisbatan huquqiy ta’sir choralari qo‘llanilishining turini va chegarasini 

belgilovchi qonunlashtirilgan qonun hujjatidir. 

 

Jinoyat kodeksiga jinoyat-huquqiy normalarni mustahkamlashning 



asosiy va yagona shakli maqomini berish qonunchilikning kuchaytirilishi 

jinoiy qonunchilikni yagonalashtirishga ko‘maklashadi, huquqni muhofaza 

qilish idoralarining xodimlari uchun normativ materiallardan foydalanishni 

50 


 


osonlashtiradi va aholining huquqiy xabardorligini oshiradi. Shu bilan 

birga, bu holat qonunchilik texnikasining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi, 

qonun chiqaruvchini Jinoyat kodeksi tizimiga tezda kirishib keta oladigan 

o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish tartibini mustahkamlaydi. 

Jinoyat qonunining Jinoyat kodeksida mustahkamlanishi, birinchi 

navbatda,  o‘z ifodasini shunda topadiki, u muhim bo‘lgan ijtimoiy 

munosabatlarning himoya qilish vositasi, jinoyatchilikka qarshi 

kurashishning huquqiy bazasi bo‘lib hisoblanadi. Jinoyat hisoblanadigan 

qilmishlarning  obyektiv va subyekt  belgilarini ifodalagan holda ularni 

sodir etganlik uchun aniq jazo turlarini belgilaydi. Bundan tashqari, u 

fuqarolarga nisbatan ogohlantiruvchi va tarbiyalovchi jihatlarga ega. 

Jinoyat-huquqiy ahamiyatdagi taqiq va majburiyatlarni o‘rnata turib, 

jinoyat qonuni odamlar o‘zlarining xulq-atvorini huquq normalariga 

solishtirgan holda idrok qilishi uchun ularning ongi va irodasiga ta’sir 

ko‘rsatadi. 

Jinoyat kodeksining jinoyat-huquqiy normalarni mustahkamlashning 

yagona  va   mutlaq  shakli   sifatida   ta’riflanishi  bilan   birga   


Download 1,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   578




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish