Tajovuz mavjudligi
deb, obyektiv ravishda shu ondagi va boshqacha
oldini olib bo‘lmaydigan holda ijtimoiy xavf yetkazishi mumkin bo‘lgan
qilmish sifatida tavsiflaydigan belgilarning jamuljamligi tushuniladi.
Huquqqa qarshi qilmish mavjudligi quyidagi hollarda aniqlanadi:
– shu ondagi zarar yetkazishning haqiqiy xavfi mavjud bo‘lganda;
– zarar yetkazilayotgan paytda.
Huquqqa qarshi tajovuzning mavjudligi va uni amalga oshirishning
haqiqiy xavfi bo‘lganda shaxsning mudofaa qilinadigan manfaatga shu
ondagi va boshqacha oldini olib bo‘lmaydigan zarar yetkazilishining
haqiqiy xavfi yuzaga kelgan holdayoq tajovuzchi shaxsga zarar yetkazish
huquqini ko‘zda tutadi. Bu holda shaxs tajovuzning o‘zi yuzaga
kelishining oldini olishga qaratilgan zaruriy mudofaaning preventiv (oldini
oluvchi) choralarini amalga oshiradi. Shunday qilib, mudofaalanuvchi
huquqqa qarshi harakatning yoki harakatsizlikning amalda oshirila
boshlanishini, albatta, kutib o‘tirishi shart emas, chunki bu ba’zi holatlarda
qonun bilan himoya qilinadigan obyektga zarar yetkazilishi xavfi ostiga
qo‘yishi mumkin, fuqarolar tomonidan ushbu talabning bajarilishi esa
og‘ir va qaytarib bo‘lmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lar edi.
Huquqqa qarshi tajovuzning va uni amalga oshirishning haqiqiy xavfi
mavjudligi masalasi tergov va sud organlari tomonidan haqiqiy
ma’lumotlarga asoslangan holda mudofaalanuvchining subyekt
tasavvurlaridan kelib chiqib hal etilishi lozim. Boshqacha aytganda,
zaruriy mudofaani amalga oshiruvchi shaxsning huquqqa qarshi
tajovuzining va uni amalga oshirishining haqiqiy xavfi mavjudligi
to‘g‘risidagi subyekt tasavvuri amaliy vaziyatga, tajovuz qiluvchining
haqiqiy harakatlariga asoslangan bo‘lishi lozim. Xususan, ular so‘zlar,
imo-ishoralar bilan muayyan tahdid qilish, qurolni namoyish etish va
boshqa qo‘rqitish usullari bo‘lishi mumkin.
388
Zarar yetkazishning haqiqiy xavfi tug‘ilmagan, ya’ni tajovuz mavjud
bo‘lmagan hollarda, shuningdek, zaruriy mudofaa holati ham yo‘qligini
ko‘zda tutish lozim. Shu sababli bunday holda taxmin etilgan tajovuzchiga
zarar yetkazish umumiy asoslarda jinoiy javobgarlikka tortilishi lozim.
Huquqqa qarshi tajovuzning uni amalga oshirish davrida (ya’ni, zarar
yetkazilayotgan vaqtda) mavjudligi so‘zsiz bo‘ladi, bu davr tajovuzning
amalda davom etish davridir. Shu munosabatda jinoiy qilmishning aslida
boshlanishi va tugashi masalalari alohida e’tiborga molik bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |